https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/16/newsbrief-01
Astana Club majlisi ishtirokchilari Qozogʻistonni xalqaro vositachi sifatida eʼtirof etdilar

Xavfsizlik boʻyicha “C5+1” ishchi guruhi Dushanbeda muzokara oʻtkazdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 16-may kuni Tojikiston Xavfsizlik boʻyicha “C5+1”ishchi guruhining Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlardan tashrif buyurgan rasmiylari ishtirokida Dushanbeda oʻtgan kengashga mezbonlik qildi, deb xabar berdi Tojikistondagi AQSH elchixonasi oʻz bayonotida.

C5+1 “bu muloqot formati boʻlib, Qoʻshma Shtatlar va besh Markaziy Osiyo davlati duch keladigan umumiy muammolarni hal etishga qaratilgan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar platformasidir”, deyiladi bayonotda.

Qoʻshma Shtatlar delegatsiyasi tarkibidan AQSH davlat kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mark Mudi va Tojikistondagi AQSH elchisi Mark Pommershaym oʻrin olgan. Tojik delegatsiyasiga Tojikiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Husainzoda rahbarlik qildi.

Tadbirda terrorizmga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlik hamda Suriya va Iroqda yollanma jangarilar sifatida “Islom Davlati” (ID) safida kurashgan Markaziy Osiyoliklarning vataniga qaytishi munosabati bilan yuzaga keladigan tahdidlar kabi mavzular muhokama qilindi.

“Mintaqaning haqiqiy suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi Qoʻshma Shtatlar uchun oʻta muhim”, dedi Pommershaym.

Dushanbe anjumani ishtirokchilari zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy yondashuvlar, jumladan, jamoat tartibi masalalari, diniy bagʻrikenglik, yoshlar va ijtimoiy tarmoqlarni jalb qilish boʻyicha “C5+1” doirasida oʻtkazilgan va oʻtkazilajak seminarlarni muhokama qildilar.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha