Karvonsaroy

AQSH va Qozogʻiston harbiylari tinchlikparvarlik koʻnikmalarini takomillashtiradi

Karvonsaroy

ILE OʻQUV POLIGONI – Dushanba (17-iyun) kuni Qozogʻistondagi “Iliyskiy” oʻquv poligonida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH tomonidan “Dasht burguti - 19” harbiy oʻquv mashgʻulotlarining ochilishiga bagʻishlangan marosim oʻtkazildi, deyiladi AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) bayonotida.

AQSH armiyasi boshchiligida oʻtkaziladigan 12 kunlik mashqlar “ishtirokchi davlatlar oʻrtasida oʻzaro tushunish va hamjihatlikni yaxshilashga va jahonning ushbu muhim mintaqasidagi hududiy xavfsizlikni mustahkamlashga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, har yili oʻtkaziluvchi mashgʻulotlar Qozogʻistonning quruqlikdagi qoʻshinlari “doimiy takomillashuvda” ekanidan darak beradi.

“Dasht burguti - 19” mashgʻulotlarida AQSHdan tashqari, Buyuk Britaniya, Tojikiston va Qirgʻiziston harbiylari ham ishtirok etadi. Turkiya va Oʻzbekiston esa tadbirga kuzatuvchilarni yuborgan.

Oʻquv mashqlari vzvoddan tortib, otryadgacha boʻlgan darajalarda “Tinchlikparvarlik va tinchlikni saqlash operatsiyalari taktikasi, texnika va amaliyotlarini takomillashtirishga qaratilgan hamda AQSH va Qozogʻistonning quruqlikdagi qoʻshinlarini tayyorlashga xizmat qiladi”, deyiladi bayonotda.

Tadbirning yopilish marosimi 27-iyun kuni Iliyskiy oʻquv markazida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yaxshi. AQSH bilan harbiy sohadagi hamkorlik ishtirokchilarga manfaat keltiradi.

Javob berish

Ular mamlakatni shunchaki xomashyo taʼminotchisiga aylantirish ehtimolini chamalayaptilar

Javob berish