Karvonsaroy

Qirgʻizistonlik chegarachilar YXHTning qalbaki hujjatlarni aniqlash boʻyicha treningida ishtirok etdilar

Karvonsaroy

OʻSH/NOVOPOKROVKA, Qirgʻiziston – Bishkekdagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dasturlari idorasi Qirgʻiziston Davlat chegara xizmatining 32 nafar xodimi uchun qalbaki hujjatlarni tekshirish va aniqlash boʻyicha besh kunlik oʻquv seminarini tashkil etdi. Bu haqda juma (21-iyun) kuni YXHT saytida eʼlon qilingan.

Trening 10-14-iyun kunlari Oʻshda va dushanbadan jumaga qadar (17-21 iyun kunlari) Novopokrovka shahrida oʻtkazildi, ularni hujjatlarni tekshirish uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Regula” Belarus kompaniyasining ikki mutaxassisi – Aleksandr Lazitskiy va Mixail Skachkov olib bordi.

Ular hujjatlar va banknotalarni soxtalashtirishning turli usullari, zamonaviy texnik qurilmalar yordamida hujjatlar va banknotalarning haqiqiyligini tekshirish boʻyicha saboq berdilar.

“Terrorizm kabi tashqi tahdidlar sharoitida bunday trening Qirgʻiziston uchun oʻta muhim va dolzarbdir”, dedi Lazitskiy.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500