https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/08/13/newsbrief-02

Qozogʻiston Tojikistonga benzin eksport qilishni boshladi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Iyul oyidan Qozogʻiston Tojikistonga benzin yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslanib, AKIpress axborot agentligi xabar bermoqda.

“Tojikistonga eksportni boshladik. Har oy taxminan 20 tonnadan”, dedi u seshanba (12-avgust) kuni Nur-Sultonda Vlast.kz xabariga koʻra.

Avvalroq Qozogʻiston agar ikki mamlakat oʻzaro kelishuvga erisha olsa, iyul oyida Tojikistonga 30 ming tonnagacha benzin eksport qilishi mumkinligini aytgan edi. Hozirgi vaqtda Qirgʻiziston va Belarus bilan ham bitimlar tayyorlanmoqda.

Qozogʻiston mintaqaning nochor davlatlaridagi vaziyatni oʻnglash choralarini muntazam amalga oshirib kelgan. 2019-yil avvalida Afgʻonistonda neft qazib olish imkoniyatlari boʻyicha muzokaralar olib borilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

Qirgʻizistonga ham benzin yetkazib berilar ekan, u yerda hozir Rossiyaning qimmat va sifatsiz benzini sotilmoqda. Qozoqlarga rahmat!

Javob berish