http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/08/22/newsbrief-01

Qirgʻizistonda qoʻlbola portlovchi moslamalarga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy YXHT seminari oʻtkazildi

Karvonsaroy

ISSIQKOʻL, Qirgʻiziston – Payshanba (22-avgust) kuni Issiqkoʻlda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) qoʻlbola portlovchi moslamalarga qarshi kurash boʻyicha besh kunlik mintaqaviy seminari oʻz ishini yakunladi.

11-bor oʻtkazilgan “Portlash xavfini kamaytirish va chora koʻrish: qoʻlbola portlovchi moslamalarga qarshi kurash” yillik seminarida Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina va Oʻzbekistondan 30 dan ortiq xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar qoʻlbola portlovchi moslamalarga qarshi milliy, mintaqaviy va global strategiyalardagi soʻnggi oʻzgarishlarni muhokama qilib, qoʻlbola portlovchi moslamalar xavfiga qarshi kurash boʻyicha tajriba almashdilar.

Tadbir YXHTning Bishkek va Dushanbedagi idoralari tomonidan Qirgʻiziston Qurolli kuchlari bosh shtabi hamkorligida tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha