Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tasdiqlangan fotosuratlar Vagner guruhining Liviyada betartib minalar oʻrnatganini koʻrsatmoqda

Karvonsaroy

Tripolining aholi yashaydigan tumanlarida “Vagner” guruhi tomonidan shlakoblok ichiga yashirib qoʻyilgan yirik qoʻlbola portlovchi moslama. [AFRICOM]

Tripolining aholi yashaydigan tumanlarida “Vagner” guruhi tomonidan shlakoblok ichiga yashirib qoʻyilgan yirik qoʻlbola portlovchi moslama. [AFRICOM]

Kreml oʻzining yollanma vositachi armiyasi – “Vagner” guruhi orqali Liviyaning Tripolisi va uning atroflarida quruqlik minalari va qoʻlbola portlovchi moslamalarni oʻrnatib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qurol embargosini buzdi va begunoh liviyaliklarning hayotini xavf ostiga qoʻydi, deb xabar bergan chorshanba (15-iyul) kuni AQSH Qurolli kuchlarining Afrikadagi qoʻmondonligi (AFRICOM).

Tasdiqlangan fotodalillar shuni koʻrsatmoqdaki, iyul oyi oʻrtalaridan beri Tripoli atroflarida Sirt shahriga qadar betartib holatda portlovchi moslamalar oʻrnatib chiqilgan boʻlib, ular Liviyaga Vagner guruhi tomonidan olib kirilgani aytilmoqda.

“Rossiya homiyligidagi Vagner guruhi liviyaliklar tinchligi va xavfsizligiga mutlaqo beparvo ekanini koʻrsatdi”, dedi AFRICOM amaliyotlari rahbari, general-mayor Bredford Gering. “Vagner guruhining bunday masʼuliyatsizligi tufayli mojaro choʻzilmoqda. U begunoh odamlarning oʻlimi va ularga yetgan nooʻrin aziyatlar uchun javob berishi kerak.”

“Vagner” guruhi feldmarshal Xalifa Haftarning xalqaro hamjamiyat tan olgan Liviyaning qonuniy hukumatini agʻdarish boʻyicha muvaffaqiyatsiz urinishlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

“Vagner” guruhi tomonidan Tripoli yaqinida oʻrnatilgan piyodalarga qarshi minaning tasdiqlangan fotosurati. [AFRICOM]

“Vagner” guruhi tomonidan Tripoli yaqinida oʻrnatilgan piyodalarga qarshi minaning tasdiqlangan fotosurati. [AFRICOM]

Tripolida “Vagner” guruhi qoldirib ketgan portlovchi moslama. [AFRICOM]

Tripolida “Vagner” guruhi qoldirib ketgan portlovchi moslama. [AFRICOM]

Haftarning yollanma jangarilar bilan kelishmovchiliklari va Liviya milliy armiyasiga (LMA) qarshi jangdagi qator yoʻqotishlariga oid xabarlar fonida Moskvaning mamlakatni egallab olishga boʻlgan urinishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tobora mushkul vaziyatda qoldirmoqda.

May oyi oxirida AQSH harbiylari Rossiyadan Suriyaga kamida 14 ta “MiG-29” samolyoti olib kelingani va qayerdan ekanligini yashirish uchun ulardagi Rossiya belgilari ustidan boʻyab chiqilgani haqida xabar bergan edi. BMT qurol-yarogʻ embargosiga zid ravishda ushbu samolyotlarda nomaʼlum uchuvchilar Liviyaga parvoz qilgan.

“Liviyaga Rossiya tomonidan piyodalarga qarshi minalar, tuzoq minalar, hujum samolyotlarining olib kirilishi va 2000 kishilik “Vagner” guruhining doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlanayotgani hozirgi nizoning xarakterini oʻzgartiradi va jangovar harakatlarda ishtirok etmayotganlarni xavf ostida qoldiradi”, deyiladi AFRICOM bayonotida.

Yil boshidagi shiddatli janglardan soʻng aholi punktlariga oʻrnatilgan minalar va qoʻlbola portlovchi moslamalar iyun oyining boshidan beri 100 dan ortiq liviyaliklarni oʻldirdi yoki jarohatladi, deya xabar beradi BMTning Liviyadagi missiyasi 28-iyun kuni.

Rossiya minalari tinch fuqarolar hayotiga zomin bilan boʻlgani yetmagandek, ilgari Haftar kuchlari nazoratida boʻlgan hududlarda ommaviy qabrlar ham topilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ruslar doim vasvos va sadist boʻlgan

Javob berish

Qandaydir fotosuratlarni qoʻyib, tagiga yozish bilan buni Vagner qilgan demoqchimisizlar? Bu fotosuratlar Xitoy hukumatining uygʻur ayirmachilariga qarshi kurashayotganini koʻrsatadi, deb yozib qoʻyarsizlar balki))) Feyk qilganga yarasha ishonarli qilinglarda. Rossiya maxsus xizmatlaridan oʻrgansangiz boʻlmaydimi))))))

Javob berish

Ular bilan tenglashib boʻlarmidi; ruslarga oʻxshab yolgʻon gapirish qoʻlimizdan kelmaydi))) Qanday qaramang axlat baribir sasiydi; Vagnerning sassigʻi hamma yerga tarqadi

Javob berish

Rossiya har doim begunoh insonlarni oʻldirish bilan shugʻullangan.

Javob berish

HA!!!!! HAR DOIM!!! Yulduzlar urush ssenariysini ham, karamli perashkani ham oʻylab topgan u!!

Javob berish