Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning yollanma jangchilari Liviyadagi magʻlubiyatdan soʻng frontni tark etmoqda

Karvonsaroy va AFP

Liviyaning BMT tomonidan tan olingan hukumatiga sodiq kuchlar Xalifa Haftar kuchlaridan tortib olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pansir” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi yuk mashinasi ustiga chiqib olishgan. Tripoli, 20-may. [Mahmud TURKIYA / AFP]

Liviyaning BMT tomonidan tan olingan hukumatiga sodiq kuchlar Xalifa Haftar kuchlaridan tortib olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pansir” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi yuk mashinasi ustiga chiqib olishgan. Tripoli, 20-may. [Mahmud TURKIYA / AFP]

TRIPOLI – BMT qoʻllovidagi hukumat tarafidan tor-mor etilgan “Vagner” guruhining yuzlab rossiyalik yollanma jangchilari dushanba (25-may) kuni Liviya poytaxti Tripoli yaqinidagi janglardan qochib ketishgan.

Vagner guruhi – bu prezident Vladimir Putinning rejalari uchun xizmat qiladigan Rossiya harbiylashtirilgan tashkilotidir.

Bir yil davomida poytaxtni BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumatidan (MKH) tortib olishga uringan feldmarshal Xalifa Haftarning qator muvaffaqiyatsizlari ortidan voqealar shunday tus oldi.

“Antonov-32” harbiy yuk samolyoti Tripoli janubidan qochgan “Vagner” guruhi yollanma askarlarini nomaʼlum manzilga evakuatsiya qilish uchun Bani Volid aeroportiga qoʻngan”, deyiladi MKH kuchlarining Twitter sahifasida.

MKHga sodiq kuchlarning 25-may kungi xabariga koʻra, “1500 -1600 tacha yollanma jangchi” Tripolidan 145 km janubi-sharqda joylashgan Bani Voliddagi frontni tark etgan.

Ularning aytishicha, voqeadan bir kun avval qurol-aslaha va oʻq-dori ortilgan yettita yuk samolyoti shahar aeroportiga qoʻnib, qochayotgan jangarilarni evakuatsiya qilgan.

Liviyaning “Al-Ahrar” telekanali orqali namoyish etilgan videolavhada qurollangan shaxslarning “Antonov-23” rusumli harbiy yuk samolyotiga chiqayotgani aks etgan. Orqa fonda Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pansir” zenit-raketa majmuasini koʻrish mumkin edi.

Haftar kuchlari jangarilar Tripolidan janub tarafdagi ayrim pozitsiyalardan chekinishi mumkinligini aytganidan bir necha kun oʻtib, 23-may kuni MKH tarafdorlari poytaxt janubidagi uchta kazarmani egallab olishgan.

Haftarning Tripolini egallab olishga urinishlari natijasida yuzlab odamlar, shu jumladan oʻnlab tinch aholi halok boʻldi va 200 mingdan ortiq odam oʻz uyini tark etdi.

Kelishmovchiliklar

Haftarning oxirgi muvaffaqiyatsizliklari uning Kreml qoʻllovidagi yollanma jangchilar bilan kelishmovchiligi kuchayib borayotgan paytga toʻgʻri keldi.

Kelishmovchilik Haftarning Vagner guruhidan 150 million dollarlik qarzi tufayli kelib chiqqan, deb xabar bergan Haftarga yaqin harbiy manba.

Haftar ruslarning shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganini roʻkach qilib, oʻtgan yili nihoyasiga yetgan shartnoma pulini toʻlashdan bosh tortgan.

Manbaning aytishicha, Vagner guruhi Liviyaga Suriya, Belorusiya va serbiyalik tajribasiz va samarasiz “yangi askarlarni” yuborgan.

Haftarning safdoshlari Liviyaga yuborilgan “Vagner” yollanma askarlari bilan doim nizolashib kelgan, dedi manba ularning uquvsizligi va samarasizligiga ishora qilib.

“Vagner” guruhining minglab pudratchilari Kremlning bir nechta xorijiy mojarolari, jumladan Suriya, Ukraina, Markaziy Afrika Respublikasi va Liviyadagi nizolarida qatnashayotgani aytiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nahotki Rossiya shu qadar tubanki, yaxshi niyatlar ortiga yashirinsa? Dahshat! Putin mamlakatni butkul vayron qiladiganga oʻxshaydi. Balki u rus emasdir?

Javob berish

Bu qassoblarning ketiga yaxshigina tepishdi. Balli, Erdogʻan!!

Javob berish

Qishloq itlarini qoʻyib yuborishibdi

Javob berish

Oʻzing qachongacha qishloqi boʻlib yurasan, bolam? :)))

Javob berish