Sunʼiy yoʻldoshlar orqali olingan fotosuratlardan Moskva Liviyada Vagner guruhiga jangovar samolyotlar, zirhli mashinalar, havo mudofaasi tizimlari, qurol-aslahalar yetkazishda davom etayotgani maʼlum boʻlmoqda, deyiladi AQSH Afrika qoʻmondonligining (AFRICOM) 24-iyul kungi bayonotida.
Vagner guruhi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari, Kreml manfaatlari va gibrid urushlarini haqiqatnamo inkor bilan amalga oshiruvchi harbiy tashkilotdir.
Suratlarda iyul oyi oʻrtalarida Rossiya harbiy yuk samolyotlari, jumladan IL-76 Vagner yollanma jangchilarini, Rossiya havo mudofaasi uskunalari, jumladan SA-22 tizimini Liviyaning olovli nuqtalariga yetkazib bergani aks etgan.
“Rossiya Vagner guruhiga qurol-aslaha va qurilmalar yetkazib berish bilan Liviyadagi nojoʻya harakatlarini davom ettirmoqda”, dedi AQSH dengiz piyoda kuchlari korpusi general-mayori Bredford Gering. “Suratlar ularning doimiy raddiyalarini fosh qilmoqda.”
Joriy oy boshlarida AFRICOM Liviyaning Tripoli shahri atrofida Vagner guruhi betartib holatda yer minalari va qoʻlbola portlovchi moslamalar oʻrnatib chiqayotgani aks etgan fotosuratlarni eʼlon qilgan edi.
Haftarning yollanma jangarilar bilan kelishmovchiliklari va Liviya milliy armiyasiga (LMA) qarshi jangdagi qator yoʻqotishlariga oid xabarlar fonida Moskvaning mamlakatni egallab olishga urinishi Putin uchun tobora noqulay tus olib bormoqda.
Chuni Rossiya terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlat
Javob berishFikrlar 1