Karvonsaroy
Xavfsizlik

Moskva Liviyaga niqoblangan qiruvchi samolyotlar yuborgani fosh boʻldi

Karvonsaroy

Liviyaning Al-Jufra bazasidagi “MiG-29” Rossiya qiruvchi samolyoti, 19-may. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

Liviyaning Al-Jufra bazasidagi “MiG-29” Rossiya qiruvchi samolyoti, 19-may. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

Moskva liviyalik feldmarshal Xalifa Haftar va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xizmat qiluvchi harbiylashgan tashkilot – “Vagner” guruhini qoʻllab-quvvatlash uchun Liviyaga oʻz qiruvchi samolyotlarni yuborgani fosh boʻldi. Seshanba (26-may) kuni AQSH harbiylari buni tasdiqlovchi keng koʻlamli va aniq-ravshan dalillarni taqdim etishgan.

“Rossiya aviabazasidan havoga koʻtarilgan qiruvchi samolyotlar Suriyaga olib kelingan, ularning Rossiyada ishlab chiqarilganini yashirish maqsadida boʻyalgan va Liviyaga keltirilgan”, deyiladi AQSH Qurolli kuchlarining Afrika qoʻmondonligi (AFRICOM) bayonotida.

“Rossiya Liviyada tarozu pallasini oʻz tarafiga ogʻdirishga urinayotgani aniq”, dedi AFRICOM qoʻmondoni, general Stiven Taunsend. “Xuddi Suriyada boʻlayotgani kabi, ular “Vagner” singari hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan yollanma guruhlardan foydalanib, Afrikadagi harbiy hozirligi kengaytirmoqda.”

“Rossiya Liviya mojarosiga aloqadorligini rad etib kelayotganiga ancha boʻldi”, dedi u. “Endi esa buni inkor qilib boʻlmaydi. Biz Rossiyaga Liviyaga toʻrtinchi avlod reaktiv qiruvchi samolyotlari bilan uchib kelayotganiga har qadamda guvoh boʻldik.”

Liviya aviabazasidagi Rossiya qiruvchi samolyotlari. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

Liviya aviabazasidagi Rossiya qiruvchi samolyotlari. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

Liviyadagi qiruvchi samolyotlardan biri. Uning dumida ruscha yozuv va belgilarni koʻrish mumkin. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

Liviyadagi qiruvchi samolyotlardan biri. Uning dumida ruscha yozuv va belgilarni koʻrish mumkin. [AQSH armiyasining Afrika qoʻmondonligi]

“Liviya Milliy Armiyasi (LMA) ham, xususiy harbiy kompaniyalar ham bu jangarilarni davlat koʻmagisiz – Rossiyadan oladigan yordamciz qurollantirish, foydalanish va qoʻllab-quvvatlashga qodir emas.”

Vashingtonda soʻzlagan Pentagon vakili Jonatan Xoffmanning aytishicha, ruslar “taxminan 14 xildagi” turli jangovar samolyotlarni yuborishgan.

Liviyada BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumati (MKH) Haftarni qoʻllab-quvvatlagan yuzlab rossiyalik yollanma jangarilar poytaxt Tripoli janubidagi jangovar hududlardan koʻchirilganini eʼlon qilganidan bir kun oʻtib, shunday bayonot berilgan.

Kreml uchun haqiqatnamo inkor

Xususiy harbiy kompaniya koʻrinishida faoliyat yurituvchi “Vagner” guruhidan foydalanish Kremlga haqiqatnamo inkor ostida oʻz manfaatlarini ilgari surish va oʻzining gibrid urushlarini amalga oshirishga imkon beradi.

“Vagner” Kremlning strategik, geosiyosiy manfaatlari boʻlgan davlatlarda harbiy operatsiyalar oʻtkazadi, bu kabi manzaralar Moskva taʼsir qilmoqchi boʻlgan davlatlar, jumladan Markaziy Afrika Respublikasi, Ukraina, Sudan, Suriya, Venesuela kabi dunyoning boshqa koʻplab qaynoq nuqtalarida kuzatilmoqda.

6-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Vagner guruhi Liviyada Haftarni qoʻllab-quvvatlab jang qilayotganini tasdiqladi.

Vagner guruhi Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi qoʻllovidagi siyosiy partiya koʻmagida suriyalik yoshlarni Liviyaga yollanma askarlikka yollash boʻyicha keng qamrovli choralarni muvofiqlashtirmoqda.

MKH “Vagner” guruhini oʻtgan oy kichik miqyosli zarin gazi hujumida ayblar ekan, guruhning Suriyada yollash faoliyatini olib borayotgani hamda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) bilan aloqasi sababli Liviyada COVID-19 koronavirusi tarqayotgani haqida dalillar paydo boʻlgan.

“Janob Haftar yangi havo hujumini rejalayotgani haqida eʼlon qilganini butun dunyo eshitdi. Ular Rossiya tomonidan yetkazib berilgan, rossiyalik yollanma uchuvchilar boshqaradigan samolyotlarda liviyaliklarni bombardimon qilishadi”, dedi Taunsend.

Haftarning Moskva yordamida Tripolini qoʻlga olishga urinishi natijasida yuzlab odam, jumladan oʻnlab tinch aholi halok boʻlgan va 200 mingdan ortiq odam boshpanasiz qolgan.

Yevropa uchun xavotir

Kremlni Liviya xalqining manfaatlari qiziqtirmaydi, u mintaqada oʻzining strategik maqsadlariga erishish uchun harakat qilmoqda, deb xabar bergan AFRICOM rasmiylari.

“Agar Rossiya Liviya sohilidagi bazani qoʻlga kiritsa, keyingi mantiqiy harakat –doimiy uzoq masofaga hujum qila oladigan imkoniyatlarni joylashtirish boʻladi”, deb aytgan AQSHning Yevropa-Afrikadagi havo kuchlari qoʻmondoni, general Jeff Xaridjian. “Bu voqea yuz bergan taqdirda, Yevropaning janubiy qanotida xavfsizlik bilan bogʻliq real muammolarni keltirib chiqaradi.”

Voqea oʻz tasdigʻini topadigan boʻlsa, Rossiya jangovar samolyotlarining joylashtirilishi 2011-yilda qabul qilingan BMTning qurollar embargosining yana bir bor buzilishini anglatadi.

Yanvar oyida dunyo yetakchilari embargoni qoʻllab-quvvatlash va nizoga aralashishni toʻxtatishga kelishib olganlar, ammo BMT ikkala tomon ham qurol-yarogʻ va jangarilarni qabul qilib olayotganliklari haqida ogohlantirgan.

Bundan tashqari, AQSH dengiz kuchlari Rossiyaning SU-35 jangovar samoletlari seshanba kuni AQSHning Oʻrtayer dengizi ustidan uchayotgan P8-A kuzatuvchi samolyotlariga juda yaqin parvoz qilgan. Bu oʻtgan ikki oy ichida uchinchi “xavfli va noprofessional” harakat boʻlgan.

Rossiyaning xatti-harakatlari nizoning choʻzilishi va “ikki tomondan ham qurbonlar va qiynoqlarning” avj olishi xavfini kuchaytiradi, deb xabar bergan AFRICOM.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qurol bilan oʻzganing yeriga kirishga hech kimning haqqi yoʻq. Kim shunday qilsa, ular bosqinchi va terrorchilardir, ularni laʼnatlash va oʻldirish kerak! Agar yaxshi insonlar bu ishni qilmasa, Yaratganning oʻzi buni amalga oshiradi! Tajovuzkor mamlakat aholining kamayishini, kasalliklar, neft va gaz inqirozlari va boshqa musibatlarni koʻradi!

Javob berish

Moskvaning oʻzi terrochilardan ham battar

Javob berish

Feyk, saytdagi hamma maʼlumotlar feyk, Qora roʻyxatga tiqish kerak. Bu yerdagi bitta gapga ham ishonmang.

Javob berish

AQSH aralashguniga qadar Liviyada ishlar qanday edi

Javob berish

Amerika shuncha yil Rossiya armiyasining Ukrainada boʻlganini isbotlay olmadi. Endi esa uchta eski MiG Rossiya harbiy-havo kuchlariga tegishli ekanligini bir zumda isbotlabdi. Bu maqola emas, safsata bu.

Javob berish

Rossiya – terrorchilarni qoʻllaydigan davlat

Javob berish

Haqsan

Javob berish

Liviya xalqini kim oʻylaydi?!

Javob berish