Karvonsaroy
Salomatlik

Pandemiya vaqtida xorijlik jangchilarning kirib kelayotgani Liviyani xavotirga solmoqda

Qohiradan Volid Abul Xayr

Liviyaning Tripoli shahri yaqinida jangovar harakatlar olib borayotgan suriyalik yollanma askarlar. [Liviyaning Al-Ahror telekanali taqdim etgan surat]

Liviyaning Tripoli shahri yaqinida jangovar harakatlar olib borayotgan suriyalik yollanma askarlar. [Liviyaning Al-Ahror telekanali taqdim etgan surat]

Liviyaning BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Milliy kelishuv hukumati Suriyaning xususiy aviakompaniyasi eronliklar bilan bevosita aloqada boʻlgan yollanma askarlarni Liviyaga jang qilish uchun olib kelayotgani yuzasidan xavotir bildirgan.

Eron koronavirus (COVID-19) pandemiyasidan eng koʻp jabrlangan mamlakatlardan biri boʻlib, payshanba kunining oʻzida kasallanish bilan bogʻliq 1030 ta yangi holat tasdiqlangan va mamlakatdagi jami bemorlar soni 87026 taga yetgan.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIPK) karantin joriy etmay, oʻz ixtiyoridagi Mahan Air aviakompaniyasiga virusning vatani boʻlgan Xitoyga qatnashga ruxsat berish bilan sogʻliqni saqlash tizimidagi inqirozni kuchaytirishda ayblangan edi.

Iroq bilan chegaradosh Suriya sharqida yashovchi aholi Eron qoʻllovidagi jangarilar mamlakatda virus tarqatayotgani, shuningdek, Suriya rejimi uning tarqalishini toʻxtatish uchun yetarli choralar koʻrmayotganidan xavotir bildirgan.

Liviyada davom etayotgan janglarda turli millatga mansub, jumladan, suriyalik yollanma jangchilar ishtirok etmoqda. [Liviyaning Al-Ahror telekanali taqdim etgan surat]

Liviyada davom etayotgan janglarda turli millatga mansub, jumladan, suriyalik yollanma jangchilar ishtirok etmoqda. [Liviyaning Al-Ahror telekanali taqdim etgan surat]

Ushbu xavotirlardan kelib chiqib, Liviya ichki ishlar vazirligi 18-mart kuni Damashqdagi “Cham Wings” xususiy aviakompaniyasi eronliklar bilan aloqada boʻlgan odamlarni Bengʻoziga tashiyotgani haqida ogohlantirgan.

Vazirlik Bengʻozi shahrida oʻz vakolatxonasini ochgan aviakompaniyani “shubhali savdo faoliyati” yuritishda va Suriyadan odam tashish bilan aholi salomatligini xavf ostida qoldirayotganlikda ayblagan.

Aviakompaniya yoʻlovchilari orasida Vagner guruhiga aloqador suriyaliklar, Suriyada jang qilayotgan rus yollanma askarlarning “maxfiy armiyasi”, shuningdek, Eron IIPK va Livanning “Hizbulloh” guruhi aʼzolari bor, deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya Vagner guruhidan Liviyadagi faoliyatini yashirish maqsadida foydalanadi.

Liviyaliklar xavf ostida

Ichki ishlar vazirligi Liviya sharqidagi aholini Cham Wings olib kelgan odamlar bilan yaqin aloqada boʻlmaslik haqida ogohlantirgan. Shuningdek, u tijorat banklarini aviakompaniya bilan ishlashdan tiyilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, u BMTning Liviyani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha missiyasi va BMT sanksiyalar qoʻmitasini ushbu qonunbuzarliklarni hujjatlashtirishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Vagner guruhi shafeligida olib kelingan suriyalik yollanma askarlar oqimi mahalliy aholi orasida xavotir uygʻotmoqda, deb xabar bergan liviyalik jurnalist Imron Muhammad Diyaruna nashriga.

Ular mamlakatga noqonuniy ravishda kirib, tibbiy koʻrikdan oʻtmay va karantinda oʻtirmay, Liviyada koronavirus tarqatishlari mumkin, dedi u Suriyadan kelgan yollanma askarlar boshqa xorijiy jangchilar bilan aralashayotganini taʼkidlab.

Muhammadning aytishicha, hozirgi oʻzgaruvchan iqlim sharoitida ayrim hududlar nazorati qoʻldan-qoʻlga oʻtar ekan, jangchilar bir joydan boshqa joyga koʻchib, liviyalik askarlar va tinch aholi vakillari bilan aralashib ketmoqda.

Bu esa kasallanish xavfini kuchaytirib, virusning Liviyadagi mahalliy aholiga yuqish ehtimolini oshiradi, deb qoʻshimcha qildi u.

Uning taʼkidlashicha, Liviyadagi tibbiy muassasalar “ogʻir ahvolda”, mamlakatning vayron boʻlayozgan sogʻliqni saqlash infratuzilmasi esa kasallik avj olgan taqdirda katta sondagi kasallanish holatlariga dosh bera olmaydi.

Bugungi kunga qadar Liviyada COVID-19 virusiga chalinish bilan bogʻliq 60 tagina holat qayd etilgan, bir kishi hayotdan koʻz yumgan.

Tibbiy koʻriklar oʻtkazilmagan

Qunaytra mintaqasidan Liviyaga yoʻl olgan 300 dan ortiq suriyalik yoshlar Vagner guruhi tasarrufidagi lagerlarda jangovar tayyorgarlikdan oʻtganlar, deb xabar bergan Diyaruna nashriga suvaydalik faollardan biri Nizar Buali.

Ular Liviyaga borishdan oldin ham, oʻquv-mashgʻulot lageriga kelganlarida ham tibbiy koʻrikdan oʻtishmagan, dedi u.

Bualiga koʻra, Vagner guruhiga yollanganlarning koʻpchiligi bu ishdan bosh tortgan va Liviyadagi janglarda ishtirok etishini bilganidan keyin mashgʻulotlar lagerini tark etgan.

Yollash vaqtida ularga faqat neft inshootlarida qoʻriqchilik qilishlari aytilgan edi, dedi u.

Jangchilarning yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi yuqori, chunki ular juda jips harakatlanishadi, deydi harbiy mutaxassis Yahyo Muhammad Ali.

Jangchilar orasida pandemiya tarqaydigan boʻlsa, Vagner guruhining suriyalik yoshlarni Liviyadagi janglar uchun yollash tashabbusi nafaqat yollanuvchilar, balki liviyaliklar uchun ham “oʻlim jazosiga teng boʻlishi mumkin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500