Karvonsaroy
Xavfsizlik

Moskvaning “maxfiy armiyasi” suriyalik yoshlarni Liviya mojarosida jang qilishga yollamoqda

Karvonsaroy

Liviyalik general Xalifa Haftarga sodiq harbiy batalyon ertalabki yigʻilishga toʻplangan, Bengazi shahri, 2019-yil 18-dekabr. Kremlga aloqador deb topilgan yollanma jangchilar tashkiloti – “Wagner guruhi” Haftar uchun jang qilish maqsadida suriyalik yoshlarni yollamoqda. (Abdulla Doma/AFP)

Liviyalik general Xalifa Haftarga sodiq harbiy batalyon ertalabki yigʻilishga toʻplangan, Bengazi shahri, 2019-yil 18-dekabr. Kremlga aloqador deb topilgan yollanma jangchilar tashkiloti – “Wagner guruhi” Haftar uchun jang qilish maqsadida suriyalik yoshlarni yollamoqda. (Abdulla Doma/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirigʻi bilan harakat qiluvchi yollanma jangchilar – “Wagner guruhi” suriyalik yoshlarni Liviyadagi jangarilik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha keng qamrovli choralarni muvofiqlashtirmoqda. Bu haqda bir qator Arab davlatlari ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Bashar al-Asad boshchiligidagi Suriya rejimi qoʻllovidagi siyosiy partiya “Wagner guruhi” yordami bilan Suriya yoshlarini jangarilikka yollab, ularni Liviyaga jang qilishga yubormoqda, deb xabar bergan oʻtgan oy “Al-Suwayda 24” yangiliklar sayti.

Nashr Suriyaning al-Suvayda viloyatidagi Suriya milliy yoshlar partiyasi rasmiysi ishtirokidagi audioyozuvlar va matnlarga ega ekanligi haqida xabar bergan.

Bu audioyozuvlarda mansabdor shaxs yoshlarni “Wagner guruhi” nazoratidagi harbiy xizmatga yozilishga chaqirar ekan, Liviyadagi obʼektlarni qoʻriqlash uchun yollanganlarga 1000 AQSH dollari, guruhda safida jang qilganlarga esa 1500 AQSH dollari oylik maoshi taklif qilib, toʻqnashuvlarda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolganlarning oila aʼzolariga qoʻshimcha tovon puli toʻlanishi aytgan.

Perevalnoyedagi (Ukraina) harbiy bazasini qoʻriqlayotgan nomaʼlum erkaklar, Qrim, 2014-yil, 16-mart. Yollanma jangchilarning “Wagner guruhi” Ukrainada paydo boʻlgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning koʻrsatmasi bilan harakat qiladi. (Dimitar Dilkoff/AFP)

Perevalnoyedagi (Ukraina) harbiy bazasini qoʻriqlayotgan nomaʼlum erkaklar, Qrim, 2014-yil, 16-mart. Yollanma jangchilarning “Wagner guruhi” Ukrainada paydo boʻlgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning koʻrsatmasi bilan harakat qiladi. (Dimitar Dilkoff/AFP)

Suriyalik oddiy askarlarning oylik maoshi 30 AQSH dollarini tashkil etadi. Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan rejimga aloqador ayrim guruhlar tarkibidagi yollanma askarlarning oylik maoshi esa 50-100 AQSH dollari oraligʻida.

Jangarilar Moskva dastaklaydigan marshal Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlashga yuborilmoqda, deyiladi xabarda.

Suriya milliy yoshlar partiyasi 2014-yildan beri suriyaliklarni harbiy guruhlar safiga yollash bilan shugʻullanib kelgan.

Kreml “Wagner guruhini” bir nechta nizoli hududlarda Putinning iflos yumushlarini bajarish uchun yollagan.

Jangarilar guruhi niqoblangan yollanma askarlar yordamida beqarorlik keltirib chiqarib, Ukraina siyosatiga aralashgan va Qrimni noqonuniy anneksiya qilishga koʻmaklashgan, shuningdek Suriya rejimining harbiy jinoyatlarini dastaklagan.

“Rossiyaning doʻstlari”

Rossiya armiyasi Damashq yaqinidagi Duma shahrida yoshlarni yollay boshlagan. Bu haqida Londonda chop etiladigan arab tilidagi mashhur “Al-Sharq al-Awsat” nashri 14-fevral kuni xabar bergan.

Rossiya va Suriyaning razvedka idoralariga aloqador xodimlar “Rossiyaning doʻstlari” tashkiloti orqali bu yoshlarni Haftar uchun jang qilishga yollamoqda, ularga katta pul mablagʻlari bilan oʻziga jalb qilmoqda.

“Rossiyaning doʻstlari” guruhi aʼzolari Suriyadagi Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasidan harbiy identifikatsiya kartalarini olishgan, deyiladi xabarda.

Rossiya samoletlari “Wagner guruhi” aʼzolarini va harbiy jihozlarni Xmeymim bazasidan Bengaziga olib oʻtmoqda, deb xabar bergan bir qator kuzatuvchilar.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kampaniya davomida 60 mingdan ortiq rossiyalik harbiylari Suriyada boʻlishgan. Bir kunda 100 dan ortiq zarba amalga oshirilgan bomba hujumlarida askarlar, dengizchilar va pilotlar ham ishtirok etishgan.

Suriyada yuzlab rossiyalik harbiy pudratchilar, shu jumladan “Wagner guruhi” ham faoliyat olib borgan, ayrim xabarlarda ular hukumatparast askarlar bilan birga front chizigʻida xizmat qilgani aytiladi.

Siyosiy aralashuv tarixi

Wagner sobiq Rossiya harbiy razvedkasi zobiti Dmitriy Utkin tomonidan tashkil etilgan. U 2013-yilning kuzida Suriyaga yuborilgan birinchi harbiy karvon safida boʻlgan.

Ammo, ularning uncha yaxshi qurollanmagan missiyalari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Guruh bir nechta janglarda qatnashib, tezda Rossiyaga qaytdi, u yerda mazkur rejani qoʻllab-quvvatlagan ikki shaxs yollanma askarlik qilishda ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2014-yil iyun oyida Utkin “Wagner Group” asos solingan joy – sharqiy Ukrainada Rossiyaparast ayirmachi kuchlar safiga qoʻshilgan, deyiladi Ukrainadan olingan rasmiy xabarlarda.

Shu yilning oʻzida, Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi va minglab Rossiya askarlari joylashgan Qrimni oʻz hududiga qoʻshib oldi.

2015-yilning kuz oyida Rossiya askarlari Kreml ittifoqchisi Bashar Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida siyosatga aralashgan mahal Utkin yana yuzaga chiqqan.

U 2016-yil dekabrda Kremlda “Vatan qahramonlari” xotirasiga bagʻishlangan telemarosimda qatnashib, Putin bilan birga suratga tushgan.

2018-yilda AQSH harbiylari Suriyadagi ittifoqchilari bilan birga Dayr az-Zorda Suriya rejimiga sodiq yuzlab jangchilar bilan toʻqnash keldi. AQSH harbiy kuchlari “Wagner Group”ning 200 tacha aʼzosini oʻldirish bilan javob qaytargan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yollanma askarlar yetishmaydi endi; Vagner jangchilari va boshqa rus yollanma askarlari Mozambik va Janubiy Afrika Respublikasida taʼzirini yegan. Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalari bomjlarni yollay boshladi. Yovuzlik imperiyasining (SSSR) vorisi sifatida Rossiya butun dunyo boʻylab oʻzining tajovuzkor taʼsiridan mahrum boʻlganiga chiday olmaydi. Agar Putin oʻz jallodlariga alaviylar va zolim Asadning foydasiga Suriyadagi sunniy koʻpchilikni yoʻq qilish vazifasini topshirgan boʻlsa, fuqarolar urushining uzoq muddatga choʻzilishi muqarrar.

Javob berish

Bunaqa ittifoqchilarning borar joyi qayer boʻlishi kerakligini oʻzingiz aytib turibsiz. Negadir men Suriya va Liviyada Rossiya “ittifoqchilarini” koʻrmayapman ... Garchi KXSHT birinchi navbatda terror tahdidlariga qarshi turish uchun tuzilgan boʻlsa-da, rossiyalik jangchilar falokatlarga duch kelmasligingiz uchun jon berishmoqda. Rossiya qanday kuchlar yordamida jang qilayotgani bilan kimning nima ishi bor, u yerda qahramonlar jang qilmoqda; siz ularga teng kelolmaysiz!

Javob berish

Turklar Liviyadagi “ixtamnet”larni enasini koʻrsatyapti

Javob berish

Bunday maʼlumotlar qiziqish uygʻotmaydi. Dunyo boʻylab nizolarda xizmat qilayotgan xususiy harbiy kompaniyalar juda koʻp, ularning kelib chiqishi esa (Rossiya, AQSH, Fransiya va xokazo) muhim emas. Muhimi pul uchun odam oʻldirishga va oʻlishga tayyor odamlarning borligi. Bu fundamental muammo, qolgani esa muhim emas.

Javob berish

Rossiyaga qarshi koʻproq sanksiyalar qoʻllash kerak, u oʻlar holatda

Javob berish

Qiziq, bir vaqtlar Shimoliy Afrikaning eng gullab-yashnagan mamlakatlaridan biri boʻlgan Muammar Qaddofiyning qonuniy rejimini agʻdarishga kim homiylik qildi? Vashington emasmi mabodo? Amerikaga Suriya arab respublikasida pishirib qoʻyibdimi? Ularni hech kim chaqirgani yoʻq-ku! Rossiyani esa rasman chaqirishdi, eʼtibor qiling, Suriyaning qonuniy hukumati chaqirdi! Shunday ekan, bunaqa ertaklar toʻqimang, dunyoda ularga ishonadigan odamlar juda kam. AQSH kirganidan keyin odamlari yaxshiroq yashay boshlagan bittagina mamlakatni ayta olasizmi?

Javob berish

Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya va yana boshqa davlatlar... ruslarni nima qilish kerak? Ruslar bilan ittifoq qilganlarning ishi pachoq

Javob berish

Gʻarb dunyosi bular bilan taraddudlanishda davom etar ekan, bu ifloslar buzgʻunchilik qilaveradilar

Javob berish