Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari uchun xizmat qiluvchi “Vagner guruhi” koʻngilli askarlari Liviyada jang qilmoqdalar, deb xabar bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti diplomatlari chorshanba (6-may) kuni.
Guruh harbiy qoʻmondon Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlayotganini BMT ilk bor tasdiqlagan.
Oʻtgan hafta Liviyaning BMT tomonidan tan olingan hukumati Moskva qoʻllovidan ruhlangan Xalifa Haftarni “xalq mandatiga” egalik daʼvosi bilan yangi toʻntarish rejalashtirayotganlikda ayblagan edi.
Suriyalik jangchilar ham Haftarni qoʻllab-quvvatlamoqda, deb qoʻshimcha qilinadi diplomatlar uchun asos boʻlgan BMT Xavfsizlik kengashi hisobotida. Tahlilchilar 24-aprel kuni kengashga oʻz tadqiqotlarini taqdim etganlar.
“Vagner guruhi” xavfsizlik sohasidagi maxfiy xususiy kompaniya boʻlib, uning minglab pudratchilari Suriya va Ukrainadan tortib, Markaziy Afrika Respublikasidagi xorijiy nizolarda qatnashgani aytiladi.
Guruh Liviyadagi “Kreml siyosatining qurolidir”, deb aytgan AQSH davlat departamenti rasmiysi AFP nashriga.
“Vagner” xodimlari Liviyada 2018-yildan beri faoliyat olib boradi, deyiladi hisobotda.
Hisobotga koʻra, “Vagner harbiy texnikani taʼmirlash boʻyicha texnik koʻmak berib kelgan, jangovar operatsiyalar va taʼsir choralarida ishtirok etgan”.
Shu bilan birga, ular “ilgʻor kuzatuv artilleriyasi zobitlari va yetakchi aviadispetcher kabi ixtisoslashgan harbiy vazifalarni bajaradilar, radioelektron qarshilik choralari boʻyicha ekspertlik bilimlarini taqdim etadilar va snayper guruhlari sifatida xizmat qiladilar”, deyiladi hujjatda.
Yollanma askarlar – “kuchaytirish” vositasi
“Ularning jalb etilishi Haftar uchun samarali kuchaytirgich vazifasini oʻtaydi”, deyilgan hisobotda.
Tahlilchilar Liviyada “Vagner” guruhining yollanma jangchilari sonini mustaqil ravishda aniqlay olmagan boʻlsa-da, 800 tadan 1200 tagacha askar yollangani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, hisobotda “Vagner” va Haftar oʻrtasida ham ziddiyat mavjudligi aytiladi.
Haftarga suriyalik askarlar ham yordam bermoqda, bu nizoni yanada murakkablashtiradi, deyiladi hujjatda.
Suriyadagi Bashar al-Asad rejimi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan siyosiy partiya yordamida “Vagner guruhi” suriyalik yoshlarni Liviyadagi jangarilik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha keng qamrovli choralar olib bormoqda .
Haftar Suriya prezidenti Bashar al-Asad rejimi Kreml tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Damashq shahrida konsullik ochgan.
Suriyalik yollanma jangchilar Haftar kuchlari safida jang qilmoqda, deyiladi BMT tadqiqotida.
Hisobotga koʻra, jangchilar Damashqdagi xususiy «Cham Wings» Suriya aviakompaniyasi tomonidan yil boshidan beri amalga oshirilgan kamida 33 ta reys bilan Liviyaga olib kelingan. Ularning umumiy soni 2000 ga yaqin.
Olgʻa, Rossiya! Gʻarbga va Rossiyaning barcha dushmanlari tarafga: yaxshisi oʻzlaringizda nimalar boʻlayotganiga qarang, bir tiyinga qimmat siyosatchilaringiz qanday rasvogarchilikka tushib qolayotganini koʻring!
Javob berishFikrlar 2
Men mustaqil Oʻzbekistonning Rossiyaga ham, AQSРga ham qaram boʻlishini xohlamayman. Ular undan faqat oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanadilar...
Javob berishFikrlar 2