Karvonsaroy
Tahlil

Putin rejimi: xalqaro maydondagi koʻp yillik zararli ishtirokchi

Karvonsaroy

Rossiya prezidenti “Sentr-2019” harbiy mashgʻulotlarini kuzatmoqda, oʻtgan yilning sentabr oyi. Kremlning zararli faoliyatiga oid misollardan biri – bu Moskvaning oʻzi uchun strategik sanalgan mamlakatlar va mintaqalarga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvidir. (Kreml)

Rossiya prezidenti “Sentr-2019” harbiy mashgʻulotlarini kuzatmoqda, oʻtgan yilning sentabr oyi. Kremlning zararli faoliyatiga oid misollardan biri – bu Moskvaning oʻzi uchun strategik sanalgan mamlakatlar va mintaqalarga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvidir. (Kreml)

Moskva faoliyatining jahon sahnasidagi tahlili prezident Vladimir Putin rahbarligidagi rejimning halokatli tabiatinini fosh qilmoqda, zero davlat qoʻllovidagi subyektlar xorijdagi jamiyatlarga taʼsir qilishga, hukumatlarga putur yetkazishga, xalqaro bitimlarni buzishga, dezinformatsiya tarqatishga va inson huquqlarini poymol qilishga urinmoqda.

Qrimning noqonuniy anneksiyasidan tortib, rejim manfaatlari yoʻlida dezinformatsiya tarqatish va xakerlar faoliyati yordamida tartibsizliklar va ziddiyatlarni avj oldirish bilan Rossiya xalqaro maydonda bir necha yillardan beri zararli ishtirokchilarning avvalgi saflarida boʻlib kelgan.

Ammo endi uning zararli harakatlari dunyoning turli burchaklariga tarqalib, azob-uqubat, oʻlim va ayirmachilikka sabab boʻlmoqda, kuzatuvchilar esa voqealar rivojidan xavotirga tushgan.

Harbiy avantyurizm

Kremlning zararli faoliyatining aniq belgilaridan biri – Moskvaning oʻzi uchun strategik ahamiyatga ega davlatlar va hududlarga harbiy aralashuvidir.

Sharqiy Suriyada patrul nazorati olib borayotgan Rossiya armiyasi askari. Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan tinch aholi punktlari, jumladan kasalxonalarning qasddan bombalanishi kamida 6500 nafar fuqaroning hayotiga zomin boʻldi va bir millionga yaqin odamni boshpanasiz qoldirdi. Rossiya armiyasining sharqiy Suriyaga kirishi “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Sharqiy Suriyada patrul nazorati olib borayotgan Rossiya armiyasi askari. Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan tinch aholi punktlari, jumladan kasalxonalarning qasddan bombalanishi kamida 6500 nafar fuqaroning hayotiga zomin boʻldi va bir millionga yaqin odamni boshpanasiz qoldirdi. Rossiya armiyasining sharqiy Suriyaga kirishi “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Suriyadagi rossiyalik yollanma askarlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalarini haqiqatnamo inkor bilan amalga oshiruvchi taniqli “Vagner guruhi” bir qator davlatlar, jumladan Suriya, Sudan, Venesuela, Madagaskar kabi mamlakatlarda faol boʻlgan yoki hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. (Fayl)

Suriyadagi rossiyalik yollanma askarlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalarini haqiqatnamo inkor bilan amalga oshiruvchi taniqli “Vagner guruhi” bir qator davlatlar, jumladan Suriya, Sudan, Venesuela, Madagaskar kabi mamlakatlarda faol boʻlgan yoki hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. (Fayl)

Bunga yaqqol misol Liviyadir. Bu yerda Moskva “Vagner guruhining” proksi yollanma armiyasi orqali Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tan olgan hukumatga qarshi kurashayotgan general Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Haftar va yollanma askarlar orasidagi ziddiyatlar va uning harbiy kuchlari magʻlubiyatga uchragani haqida xabarlar tarqalar ekan, Kremlning mamlakatni qoʻlga olish rejasi amalga oshmagan, ammo xunrezliklar natijasida yuzlab odamlar oʻlgan, 200 mingdan ortiq odam boshpanasiz qolgan.

Shunday boʻlsa-da, Liviyaga keltirilgan Rossiyaning jangovar samolyotlarining fosh qilingani – amalga oshmay qolgan davlat toʻntarishiga qaramay, Kremlning u yerda uzoq muddatli rejalari borligiga ishora qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalarini haqiqatnamo inkor bilan amalga oshiruvchi taniqli “Vagner guruhi” bir qator davlatlar, jumladan Suriya, Sudan, Venesuela, Madagaskar kabi mamlakatlarda faol boʻlgan yoki hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Vagner Rossiya armiyasi bilan muvofiqlashgan holda sharqiy Ukrainadagi fuqarolik urushi ortida turgan va 2014-yil Moskvaning Qrimni noqonuniy anneksiya qilishida muhim rol oʻynagan.

Kremlning Suriya prezidenti Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashi oʻz ortidan qonli iz qoldirdi.

Rossiyaning harbiy samolyotlari tomonidan tinch aholi punktlari, jumladan shifoxonalarga qasddan hujum qilinishi tufayli 6500 dan ortiq kishi oʻldi va milliondan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasining sharqiy Suriya hududiga bostirib kirgani “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda.

Gruziya fuqarolari Rossiyaning ochiqdan-ochiq aralashuviga duch kelishgan. 2008-yilning 8-avgust kuni Rossiya armiyasi Gruziyaga bostirib kirgan va u yerdagi katta hududlarni egallagan. Moskva Janubiy Osetiya va yana bir ayirmachilar anklavi – Abxaziyani mustaqil davlat sifatida tan olib, u yerda oʻzining doimiy harbiy bazalarini joylashtirdi.

Rossiyaning Gruziyaga qarshi urushi va mamlakat hududining beshdan birini egallab olishi Markaziy Osiyoda xavotir bilan qarshi olindi. Mintaqa yetakchilari va fuqarolari Rossiyaning aralashuvidan jiddiy tashvishga tushganlar.

Qirgʻiziston Rossiyaning mamlakat hududida havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish rejasiga shubha bilan qaramoqda, Turkmaniston rasmiylari esa Rossiya rasmiylarining Turkmaniston chegarasi xavfsizligi borasida vahima qoʻzgʻashda davom etayotganidan gʻazabda. Tojikiston esa Kremlning terrorchilik tahdidi bilan “mamlakat Rossiya harbiy koʻmagiga muhtoj ekani” haqidagi gap-soʻzlarni kuchaytirayotganidan xavotir bildirgan.

Qozogʻistonda Moskvaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga urinishi Kremlning qoʻshnilar ustidan nazoratini kuchaytirishga qaratilgani bilan bogʻliq tashvishlar kuchaygan.

Kelishuvlarning buzilishi

Putin rejimi bir necha bor harbiy nizolarning oldini olishga qaratilgan xalqaro xavfsizlik kelishuvlarini buzgan.

Ulardan eng oxirgisi 1992-yilda imzolangan Ochiq osmon kelishuvi boʻlib, bu hujjat 35 mamlakatga, jumladan AQSH va Rossiyaga bir-birining hududi boʻylab qurolsiz kuzatuv parvozlarini amalga oshirishga ruxsat beradi.

Rossiyaning Kaliningrad va Gruziya-Rossiya chegara hududlari uzra parvozlarni taqiqlash bilan kelishuvni qayta-qayta buzishi ortidan Qoʻshma Shtatlar bu shartnomadan chiqdi.

Oʻtgan yili Putin Rossiyaning Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar bitimidagi (OʻQMR) ishtirokini rasman toʻxtatdi. Bu kelishuv uchish masofasi 500 dan 5500 kilometrgacha boʻlgan raketalar va ularni uchiruvchi moslamalarga egalik qilish, ularni ishlab chiqarish va sinovdan oʻtkazishni taqiqlar edi.

Bir necha yil davom etgan rasmiy shikoyatlar va muammoni diplomatik yoʻl bilan hal etish urinishlaridan soʻng, AQSH va uning NATO boʻyicha ittifoqchilari Rossiya Sovuq urush davrining muhim shartnomasini “ochiqdan-ochiq buzmoqda” degan xulosaga kelishgan.

INF bitimi Rossiya va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida qurollanishga oid ikkita eng muhim shartnomadan biridir. Ikkinchi muhim hujjat – Strategik hujum qurollarini qisqartirishga oid yangi shartnoma (yangi START) hisoblanadi va u ikki mamlakatning yadroviy qurollar zaxirasini sovuq urush davriga oid cheklovdan quyida ushlab turadi.

Ammo, bu bitim ham 2021-yilda tugaydi va uni uzaytirish uchun tomonlarda siyosiy xohish-iroda yetarli emasga oʻxshaydi.

Dezinformatsiya va xakerlik harakati

Kreml oʻzining turli trollar fabrikalari va xakerlik boʻlinmalari orqali internetda dezinformatsiya va fitna tarqatish kampaniyalarini olib borishi bilan yaxshi tanilgan.

Uning AQSH va Yevropadagi bir nechta saylovlarga aralashgani, Gʻarbda ixtiloflar qoʻzgʻagani fosh qilingan boʻlsa-da, yaqinda tarqagan COVID-19 pandemiyasi Moskvaga tartibsizliklarni avj oldirish uchun qoʻshimcha kuch bergan.

Global pandemiya xavfi kuchaygan bir paytda, ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiyaga aloqador minglab akkauntlar yangi koronavirus haqidagi fitna nazariyalarini tarqatish boʻyicha uyushgan harakatlarni boshlagan, olib borilgan tekshiruvlar esa bu Putinning Gʻarb mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimi va AQSH olimlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan uzoq muddatli kampaniyasiga bir misol ekanligini aniqladi.

Rossiyaning oʻzi ham epidemiyaga duch kelgan boʻlsa-da, Kremlning mamlakatdagi sogʻliqni saqlash tizimida shu kabi adashtirish va chalkashlik taktikasini qoʻllay boshlagani rossiyalik tibbiyot xodimlarining gʻazabini qoʻzgʻadi.

May oyida Facebook dunyo boʻylab saylovlar va jamiyatga putur yetkazish maqsadida Rossiyadan turib taʼsir oʻtkazish kampaniyalari olib borgan koʻplab ijtimoiy tarmoq akkauntlarini oʻchirib tashlagan. Bundan tashqari, Facebook kompaniyasi fevral oyida etnik ziddiyatlar keltirib chiqarishga uringan Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador oʻnlab akkauntlarni oʻchirgan.

Bu soʻnggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga tegishli zararli akkauntlar faoliyatiga chek qoʻyish bilan bogʻliq ikkitagina holatdir.

Rossiyalik xakerlar yillar davomida dunyo yetakchilari va guruhlarni nishonga olganlar. May oyida Germaniya razvedka xizmati Kremlni zararli faoliyatni toʻxtatishgan chaqirgan.

Erkinlikka daxl qilish

Kreml, shuningdek mamlakat ichida va xorijda oʻz manfaatlari yoʻlida inson va fuqarolik huquqlarini poymol qilib kelmoqda.

Rossiya internetini dunyodan uzib qoʻyishga imkon beruvchi qonunni asos qilayotgan Putin “yanada murakkabroq usullardan foydalangan holda internet ustidan nazoratni kuchaytirishga” faol harakat qilmoqda. Shu bilan birga, uning koronavirus inqirozidan oʻz hukmronligini uzaytirish yoʻlida foydalanayotgani haqida gap-soʻzlar tarqagan.

Rejim koronavirus avj olgani sababli Rossiyada ishsiz qolgan va zaxiralari tugab borayotgan Markaziy Osiyolik migrantlar politsiyaning noqonuniy taʼqiblari va keng koʻlamli firibgarliklardan aziyat chekayotgani borasida sukut saqlamoqda.

Rossiyaning hukumatparast ommaviy axborot vositalari odamlar orasida koronavirus tufayli kelib chiqqan vahimadan foydalanib, Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarini razil va jinoyatchi qilib koʻrsatishga urinmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlar duch kelayotgan tajovuzkor muhit, ayovsiz mehnat sharoitlari va ochiqdan-ochiq ksenofobiya mazlum va gʻazabnok ishchilarni yollash uchun ekstremistlarga ideal sharoit yaratmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 24

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kreml pakanasi boshqarayotgan Rossiya turkiyzabon xalqlarga nisbatan irqchilik, pravoslav, qasosli siyosatini izchil olib bormoqda.

Javob berish

Rossiya davlat emas, iflos choʻchqaxona.

Javob berish

Muallif haqida aytilgan juda toʻgʻri gap!!!

Javob berish

Haqiqatdan ham shunday. Afsuski, koʻpchilik oʻzining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib gapiradi va hech narsani tizimli ravishda tahlil qilmaydi. Ular PR tamoyillari haqida hech narsa bilmay turib, zombo-qutini tomosha qilishadi va potensial “toʻp yemiga” aylanishadi. Bu bir vaqtning oʻzida ham joʻn, ham misli koʻrilmagan holat - Rossiya hozirda mutloq yovuzlik demakdir.

Javob berish

Rossiya deb atalgan bir uyum tezak qanchalik tezroq tekislab yuborilsa shuncha yaxshi

Javob berish

Sendakalar ham Yer yuzidagi eng yomon mahluqlardir! Ichida minglab shaytonlar yashaydigan, doim yolgʻon soʻzlaydigan qonga tashna marazlar!!!!!

Javob berish

Rossiya inqirozi muqarrar. Koʻp qavatli uylar podyezdiga siyadigan sen ifloslarni musulmonlar yoʻq qilib, ustidan asfalt yotqizadi.

Javob berish

Badboʻy va isqirt Rossiyani yuvib tashlash vaqti kelmadimi?

Javob berish

Barcha sassiq oʻzbeklar, tojikistonliklar, qirgʻizlar va xoxollarni (ukrainaliklarni) yer yuzidan yuvib tashlash kerak, chunki ular yer yuzidagi eng jirkanch xalqlar!!!!!!

Javob berish

Rusbachchalar dunyodagi eng jirkanch xalq.

Javob berish

Rossiyani unitazdan yuvib tushirish vaqti keldi. Tugmani bosib yuboring!

Javob berish

Inson emas insonga hakam.
Notoʻgʻri fikr beribsiz, ukami yo akami bilmayman.Yaxshi, pok niyatli, 5 mahal tahorat bilan yuradigan musulmonlar bor Oʻzbekistonda.
Er kishi yer sotmaydi, yer sotsa er boʻlmaydi.
Vatanni unday demang birodar. Alloh koʻrib turibdi hammani.

Javob berish

Yuqorida past boʻlishi mumkin emas, baʼzan “past” yuqorini paydo qilishi mumkin! Toʻntarish bilan toʻntarishning farqi bor. U qanday amalga oshiriladi: Rossiyada hech qanday fuqarolar urushi boʻlmaydi. Yahud Kreml rejimida soqqa qilganlar oʻsha pulga oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyishdan koʻra ketlarini saqlab qolishni afzal koʻrishadi. Putinning yonidagilar, ularga choʻqilashga imkon berilgani va hamma narsani pulga aylantira olishgani uchun oʻsha yerdalar, ularda allaqachon zaxiradagi aerodromlar ham bor. Qaysar “oq gvardiyachi” oʻz pullarini chet elga oʻtkazmaydi, chunki unda oʻz vatani uchun kurashga yetarlicha mablagʻ boʻlishi kerak, lekin Putin atrofida bunday odamlar yoʻq. Putin kapitalistlari hatto oʻzlari uchun ham bombapanohgoh yoki boshqa “himoya inshootlarini” ham qurmaydilar. Chunki Putinning rejimi qulashi bilan ular darhol “quyon qilishga” urinadilar. Masalaning ildiziga eʼtibor qarating; uning changini yemang. Aks holda, sizning haqiqatingiz xastalingiz ichida qoladi! Yuriy

Javob berish

Hozirgi kunda Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlariga itlardan ham battarroq muomala qilishadi... Quldek ushlashadi. Markaziy Osiyo rahbarlari oʻz fuqarolarini bilaturib ruslarga qullikka sotayotgan boʻlsa, ularga yana qanday munosabatda boʻlish mumkin? Moskva yaqinida bu bechoralarni qafaslarda ushlashgani, pulsiz qoldirishgani va kaltaklashgani haqidagi voqealarni guvohlarning oʻzidan eshitganman...

Javob berish

Rossiya umuman Yer yuzida ortiqcha.

Javob berish

Afsuski, okean ortidan turib “barcha zamonlar va xalqlar”ning valiahd odamxoʻriga maftun boʻlgan Taxt ishqibozi bunday fikrda emas edi.

Javob berish

Men Putinga ishonaman. Bu yerda yozilgan narsalar – safsata. Men unga, maslakdoshlariga va ayniqsa ijrochilariga sihat-salomatlik tilayman!!!

Javob berish

Uning doimiy yolgʻonlarichi?
Rossiya fuqarolarining qashshoqligichi?
Putinning shundoqqina burni ostida xalqqa tegishli boʻlgan barcha mulkni choʻntagiga solayotgan, Putin esa ularni tegmay, aksincha har tarafdan ragʻbatlantirayotgan oligarxlarnichi?
Bularning barchasini nima qilish kerak???

Javob berish

Toʻgʻri odamlarni ayblashadi. Putin asosan toʻgʻri ish qiladi. Ruslar noliyvermay, aroq ichmay, uni tushunib, qoʻllab-quvvatlashi kerak boʻlgan vaqt keldi.

Javob berish

Putinning “moʻylovi tushib ketdi”. Yaʼni reytingi quladi. Odamlar qashshoqlikdan norozi.

Javob berish

Shoqolga ishongan baytaldan faqat yol qoldi...

Javob berish

Xabarovskliklar Putinga nisbatan qanday munosabatda ekanliklarini va undan qanchalik bezor boʻlganliklarini koʻrsatib qoʻyishdi.

Javob berish

Aytingchi, AQSH Davlat departamenti va Karvansaroyga homiylik qiladigan USCENTCOM Markaziy qoʻmondonligi oʻrtasida nima farq bor?

Javob berish

Putin rejimi nihoyalab bormoqda. Rossiyadagi qashshoqlik va inqiroz tufayli aholi noroziligi kuchaymoqda. Bu ham yetmagandek, Putin hokimiyatni zoʻrlik bilan egallab olishga qaror qildi va Konstitutsiyani oʻziga moʻljallab qaytadan yozmoqda. Bu ham koʻpchilik rossiyaliklarga yoqmayapti. Putin hukumatdan agʻdarilishi bilan Rossiyada fuqarolik urushi va inqiroz boshlanishi mumkin.

Javob berish