Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning ID bilan qoʻrqitishi turkmanistonlik chegarachilarni gʻazablantirmoqda

Jumaguli Annayev

27-sentabr kuni Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilliginiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtdi. (Turkmaniston mudofaa vazirligi)

27-sentabr kuni Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilliginiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtdi. (Turkmaniston mudofaa vazirligi)

ASHXOBOD – Rossiya rasmiylarining Turkmaniston chegarasi xavfsizligi borasidagi “vahimalari mamlakat qoʻshni Afgʻoniston bilan chegaradagi xavfsizligini taʼminlashga qodir”, deb hisoblaydigan turkman rasmiylarining gʻazabini keltirmoqda.

Ikki davlat oʻrtasidagi umumiy chegaraning uzunligi 744 kilometrni tashkil qiladi.

Rossiyalik siyosat arboblari, tahlilchi va jurnalistlarning iddao qilishicha, Turkmaniston va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara zaif boʻgʻim boʻlib, u orqali Markaziy Osiyoga jangarilar kirib kelishi xavfi bor.

Turkmaniston Markaziy Osiyoga kirishga harakat qilayotgan “Islom davlati” (ID) jangarilari uchun yoʻlak boʻlib xizmat qilishi mumkin, deb aytgan Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev 18-dekabr kuni Tehronda Afgʻoniston va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda.

27-sentabr kuni Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtdi. (Turkmaniston mudofaa vazirligi)

27-sentabr kuni Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtdi. (Turkmaniston mudofaa vazirligi)

“ID jangarilari shimoliy Afgʻonistonda oʻz hozirliklarini kuchaytirishga zoʻr bermoqda, ayni damda u yerda Tolibonlar bilan kurashayotgan va Tojikiston hamda Turkmaniston orqali Markaziy Osiyoga kirishni rejalayotgan 2000 dan ortiq jangari bor”, deb aytgan Patrushev Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining turkman xizmatiga koʻra.

ID Afgʻoniston va Markaziy Osiyoni qoʻlga olishni rejalashtirmoqda va infratuzilma, huquqni muhofaza qilish idoralari, diplomatik missiyalar va xorijliklarga hujum uyushtirishga qodir, dedi u.

Qoʻrquvga solish

Patrushev va boshqa rossiyalik rasmiylar tilga olgan “manzara tasvirlanganidek qoʻrqinchli emas”, dedi oʻzini Oytugʻdi deb tanishtirgan Turkmaniston davlat chegara xizmati podpolkovnigi.

“Bizning razvedka va kontrrazvedka xizmatlarimiz Afgʻonistonning shimoliy hududidagi vaziyatdan xabardor. U yerdagi holat murakkab va barqaror emasligi haqiqat. Ammo, janob Patrushev aytganidek ID jangarilari Turkmaniston orqali Markaziy Osiyoga bostirib kirishni rejalashtirayotganiga urgʻu berish – noprofessionallikdir”, dedi Oytugʻdi.

Bunday bayonotlar Turkmaniston-Afgʻoniston chegarasining turkman qismi zaifligi va Turkmaniston ekstremistlarning xalqaro miqyosdagi ekspansiyasi bilan yakka oʻzi kurasha olmasligiga ishora qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

“Buning ustiga, rossiyalik rasmiylar va mutaxassislar muntazam ravishda shunday bayonot bilan chiqayotganiga eʼtibor berish kerak”, dedi u.

Oytugʻdining eslatishicha, 2015-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afgʻonistondagi maxsus vakili va Rossiya tashqi ishlar vazirligining 2-Osiyo boʻlimi rahbari Zamir Kabulov Turkmaniston bilan chegaradosh Afgʻonistonning Bodgʻis va Faryob viloyatlarida goʻyoki jangarilar toʻplanayotgani va chegaradan oʻtish ehtimoli haqidagi xabarlar bilan tahlika qoʻzgʻashga harakat qilgan.

Bunday daʼvolar birgina maqsadni koʻzlaydi, u ham boʻlsa – yanada koʻproq vahima uygʻotish orqali Turkmaniston rahbariyatini Rossiya qurollarini sotib olishga, harbiy hamkorlikni kuchaytirishga hamda Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) qoʻshilishga undashdir, dedi u.

“Ammo 1995-yilgi BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) rezolyutsiyasida Turkmanistonning neytral maqomi belgilangan boʻlib, unga har qanday harbiy bitimlarni imzolash taqiqlangan”, dedi Oytugʻdi.

Rossiyaparast lobbizm

Shunga qaramay, aftidan, Rossiya Turkmaniston rahbariyatining ayrim aʼzolari ustidan hukmronlik qilayotgan koʻrinadi.

Oʻtgan yil sentabr oyida KXSHT shtabi rahbari Anatoliy Sidorov ham Afgʻonistonda 4000 dan ortiq ID jangarilari borligi va Markaziy Osiyoga xavf solayotganini daʼvo qilgan.

Shu bilan birga, Tojikiston va Turkmanistonda terrorchi tashkilotlar bilan aloqador 400 ga yaqin maxfiy guruhlar faoliyat koʻrsatmoqda, deb aytgan Sidorov.

Ammo, Ashxoboddagi diplomatlar Sidorovning daʼvolari va Patrushevning Tehrondagi gap-soʻzlariga munosabat bildirmadilar.

“Tashqi ishlar vazirligining sukut saqlashi gʻalati”, dedi oʻzini Akmurat deb tanishtirgan Turkmaniston xavfsizlik agentligining yuqori lavozimli sobiq rasmiysi.

“Bu mamlakatimiz rahbariyatida Turkmanistonda Rossiya manfaatlarini ilgari suradigan shaxslar borligini yana bir bor bilvosita tasdiqlaydi”, dedi Aqmurat.

Ayrim siyosatchilarning Turkmanistonni kuchsiz va oʻz chegaralarini ID jangarilaridan himoya qilishga qodir emas deb koʻrsatishga urinishlari befoyda, deydi chegara hizmati vakili Oytugʻdi.

Turkmaniston armiyasi va chegara qoʻshinlari chegarani ishonchli himoya qilish uchun yetarli qudrat, qurol va maxsus texnikaga ega, dedi u.

KXSHT shtabi rahbari ham, Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi ham harbiy sifatida shuni yaxshi tushunishi lozim: jangari toʻdalar suveren mamlakatning yaxshi qurollangan armiyasiga qarshi tekis va quruq hududda jang qilishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugaydi, dedi u.

“Bu janoblar Turkmaniston Afgʻonistonni doim doʻst va qoʻshni deb bilgani, uni iqtisodiy hamkori sifatida koʻrib kelganini unutmasliklari kerak”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ularning prezidenti terminator kabi terrorchilarni yoʻq qiladi. U velosiped haydayotib, pichoqlar va toʻplar otishi mumkin.

Javob berish

Srashiya oʻz repertuarida, tezak ichida yashab, atrofini tezakka toʻldirib tashlashga urinyapti

Javob berish

Kremlning ahmoqona va primitiv targʻiboti! Markaziy Osiyo Rossiyadan uzoqlashayotganidan choʻchib, bizni afsonaviy ISHID bilan qoʻrqitishadi. Bizning birinchi raqamli dushmanimiz – bu Kreml.

Javob berish

Ha, hatto kichik qurolli toʻqnashuvlarda ham ishtirok etmagan super-armiya va Davlat chegara xizmati. Urush koʻrgan, qogʻozda yoki xoʻjakoʻrsinga emas, haqiqiy tajribaga ega “kichik jangarilar guruhi”ni uncha katta boʻlmagan armiya bilan taqqoslash mumkin. Afsus!

Javob berish

Afgʻonistonda hech qanaqangi ISHID yoʻq. Agar Rossiya tashlab qoʻymasa.

Javob berish