Karvonsaroy
Salomatlik

Dunyo boʻylab vahima kuchayib borayotgan bir paytda Rossiya koronavirus haqida yolgʻon xabarlar tarqatmoqda

Karvonsaroy va AFP

Venetsiyaning San-Marko maydonidagi himoya niqoblari taqqan sayyohlar, 24-fevral, Italiya. Oxirgi ikki kun ichida koronavirus tarqalishi sababli karnaval bayramlari bekor qilingan. [Andrea Pattaro/AFP]

Venetsiyaning San-Marko maydonidagi himoya niqoblari taqqan sayyohlar, 24-fevral, Italiya. Oxirgi ikki kun ichida koronavirus tarqalishi sababli karnaval bayramlari bekor qilingan. [Andrea Pattaro/AFP]

MOSKVA – Dushanba (24-fevral) kuni Eronda oʻlim bilan bogʻliq holatlarning koʻpaygani, Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropada boshqa kasalliklarning avj olishi ortidan global pandemiya xavfi kuchaygan bir paytda, ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiyaga aloqador minglab akkauntlar yangi koronavirus haqidagi fitna nazariyalarini tarqatish boʻyicha uyushgan harakatlarni boshladi .

Dezinformatsiya kampaniyasi COVID-19 virusi tarqalishi ortida AQSH turgani haqidagi asossiz fitna nazariyalarini ilgari surmoqda, bundan koʻzlangan maqsad – sogʻliqni saqlash muammolariga eʼtibor qaratib, AQSHning dunyodagi obroʻsiga putur yetkazish.

Rossiya tezislarini turli tillarda ilgari surish uchun Twitter, Facebook va Instagram tarmoqlaridagi soxta akkauntlar ishga solingan, dedi Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurash uchun masʼul AQSH rasmiysi AFP nashriga.

“Rossiyaning maqsadi AQSH tashkilotlari va ittifoqlariga ichkaridan, shu jumladan, zararli taʼsirga asoslangan kampaniyalar orqali zarba berish”, dedi Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Filipp Riker.

Koreya zararkunandalarga qarshi kurash uyushmasining himoya kiyimidagi xodimi yangi COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish uchun dezinfektsiyalash vositasini purkamoqda, 24-fevral, Seul. [Jung Yeon-Je/AFP]

Koreya zararkunandalarga qarshi kurash uyushmasining himoya kiyimidagi xodimi yangi COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish uchun dezinfektsiyalash vositasini purkamoqda, 24-fevral, Seul. [Jung Yeon-Je/AFP]

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi minglab akkauntlardan foydalangan holda internetda yolgʻon maʼlumotlar tarqatib, vahima, qoʻrquv va mojaro keltirib chiqarishga urinmoqda. [Fayl]

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi minglab akkauntlardan foydalangan holda internetda yolgʻon maʼlumotlar tarqatib, vahima, qoʻrquv va mojaro keltirib chiqarishga urinmoqda. [Fayl]

“Rossiyaning yovuz niyatli kuchlari koronavirus haqidagi yolgʻon xabarlarni tarqatish bilan odamlar eʼtiborini global tibbiy-sanitar choralardan chalgʻitib, jamoat xavfsizligiga tahdid solmoqdalar”, dedi u.

Soʻnggi haftalarda internetda tarqatilayotgan daʼvolar – virus AQSHning “Xitoyga qarshi iqtisodiy urush” olib borishga urinishi, bu goʻyoki AQSH markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarilgan biologik qurol ekanligi yoki Gʻarb tomonidan “Xitoyga qarshi xabarlarni” ilgari surish yoʻlidagi harakatlarning bir qismidir, degan ayblovlardan iborat.

Yanvar oyi oʻrtalarida Xitoy rasmiylari kasallik oʻchogʻi boʻlgan Uxanda yangi koronovirus bilan bogʻliq uchinchi oʻlim holati haqida xabar berganlaridan soʻng, AQSH kuzatuvchilari dezinformatsiya kampaniyasi boshlanganini aniqladilar.

Oʻtgan yil oxirida virus kelib chiqqan Xitoyda oʻlganlarning rasmiy soni 2600ga yetdi.

Ammo oʻtgan hafta ichida dunyoning boshqa burchaklarida virusning tarqalishi kuchaydi, Eron, Janubiy Koreya va Italiya yangi qaynoq nuqtalarga aylandi.

Dushanba kuni Afgʻoniston, Bahrayn va Kuvaytda ham kasallikka chalinish bilan bogʻliq ilk holatlar aniqlandi. Bu bilan infeksiya tarqagan davlatlar soni 30 taga yetdi.

Xuddi shu akkauntlar Ukraina va Suriya haqida ham postlar yozib qoldirishgan.

Yangi koronavirus haqidagi dezinformatsiya va nazariyalar jiddiy xavf hisoblanadi.

Bungacha Suriyadagi urush, Fransiyadagi sariq nimchalilar namoyishi, Chilidagi ommaviy noroziliklar haqida Rossiyani qoʻllab-quvvatlovchi xabarlarni joylashtirgan bir necha ming onlayn-akkauntlar epidemiya haqida “xuddi shu kabi” xabarlarni chop etmoqda, deyiladi AQSH davlat departamentining “Global Engagement” markazi uchun tayyorlangan va AFP nashri koʻrib chiqqan hisobotda.

Botlar emas, balki odamlar boshqargan akkauntlar bir vaqtning oʻzida ingliz, ispan, italyan, nemis va fransuz tilida xabarlar chop etgan, ular Rossiya proksilariga ulangan boʻlishi yoki Rossiya qoʻllovidagi RT va Sputnik kanallaridagiga oʻxshash maʼlumotlarni joylashtirishi mumkin, deyiladi hujjatda.

Davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi Rossiya ommaviy axborot vositalari 20 yanvardagi virusga oid gʻarbga qarshi ruhdagi maʼlumotlarni tarqatishni boshladi, ertasiga esa ijtimoiy tarmoq akkauntlari ularni dunyo boʻylab tarqatishga kirishdi, dedi AQSH rasmiysi.

“Bu vaziyatda biz dezinformatsiya ekotizimini, shu jumladan barchasi bir mavzuni olgʻa suruvchi telekanallar, proksi-saytlar va minglab soxta ijtimoiy tarmoq akkauntlarini toʻliq koʻrish imkoniga ega boʻlamiz”, dedi “Global Engagement” markazining rahbari, maxsus vakil Lea Gabriyel. Markazga tashviqot va dezinformatsiyani kuzatib borish vazifasi yuklangan.

Avvalgi voqealar yuz bergan vaqtda bu akkauntlar 72 soat ichida faol ravishda xabarlar joylagan. Ammo yangi koronavirusga oid xabarlar oʻtgan oy ichida har kuni joylashtirilib borilgan, AQSH rasmiylariga koʻra, bu Rossiyaning ushbu xabar sarlavhalardan yoʻqolib ketmasligi uchun qilgan harakatidan darak beradi.

“Rossiyaning axborotga qarshi turish doktrinasida bu oddiy hol”, dedi “Global Engagement” markazining boshqa bir rasmiysi.

Fevral oyi boshlarida ijtimoiy tarmoqdagi manipulyatsiya va dezinformatsiyaga barham berish choralari doirasida, Facebook kompaniyasi Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador oʻnlab akkauntlarni oʻchirganini maʼlum qildi .

78 ta Facebook va toʻrtta Instagram akkauntidan iborat Rossiyadagi tarmoq asosan Ukraina va qoʻshni davlatlarga qaratilgan boʻlib, Suriyadagi mojaro, Qrimdagi etnik ziddiyatlar va 2014-yilda Ukrainada Malayziya aviakompaniyasiga qarashli samolyot halokati haqidagi xabarlarni chop etgan.

Oʻtgan yil oktabr oyida Facebook Rossiyaga aloqador bir qator akkauntlarni oʻchirib tashlaganini maʼlum qilgan edi. Bu akkauntlar egalari AQSHda 2020-yilda boʻladigan saylovlarga aralashishga uringan .

Bu akkauntlar 2016-yilgi prezident saylovida AQSHdagi auditoriyani nishonga olgan Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) xabarlarini qaytadan chop etgan.

Rossiya inqirozni chuqurlashtirmoqda

Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasi epidemiyaga qarshi kurash choralarini qiyinlashtirmoqda, jamoatchilik esa Gʻarb davlatlarining munosabatidan shubhalana boshlagan, deydi Vashington.

Mamlakatlar virusga qarshi tezkorlik bilan harakat qilmas ekan, “epidemiya istalgan tomonga qarab tarqalishi mumkin”, deb ogohlantirdi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus.

Rossiya operativ xizmatchilariga dezinformatsiya tarqatish uchun “kart-blansh” berilgan koʻrinadi, deydi AQSH davlat departamentining shaxsini ochiqlamagan rasmiylaridan biri.

“U yoki bu mavzuning eng yuqori darajalarga yoʻnaltirilgan yoki yoʻqligi muhim emas. Eʼtiborlisi, ular bu hududda seysmik oqibatlarga olib keladigan va istagancha zarar yetkaza oladigan darajada mustaqil harakat qilish imkoniga ega”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 14

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rusofobiya, hattoki shunday sharoitlarda ham saqlanib qoladi. Yozilganlarning bari Rossiyaning muammoni mustaqil ravishda hal qila olmaydigan mamlakatlarga pul yuborish oʻrniga, ularni yakson qilish dasturini ifodalaydi. Ular oʻz manfaatlari uchun mablagʻ sarflashda davom etmoqdalar. Rossiyada kimnidir pandemiya keltirib chiqarishda ayblagan bironta ommaviy axborot vositasini koʻrmadim. Aksincha, ular yordam berishga harakat qilmoqdalar, agar kimdir buni xudbinlik deb oʻylasa, bu ularning muammosi. Ular buning uchun pul olishda davom etar ekanlar, obroʻga tajovuz qilishda davom etadilar.

Javob berish

Iflos maʼlumot. Global kasallanishlar tasdiqlandiku

Javob berish

AQSHdan farqli oʻlaroq, Rossiya hammasini toʻgʻri qilyapti va faqat haqiqatni gapirmoqda.

Javob berish

Rossiya. ROSSIYA – BU SIYOSIY “FOHISHA”, YOLGʻON, TUHMATLAR... BU OVQAT YEB BOʻLGANIDAN KEYIN OGʻZINI IFLOS, SASSIQ SOQOLI BILAN ARTADIGAN ODAMLAR...
FITNACHILAR..GʻALABA QILISHDI... BERLINDA ITTIFOQCHILAR – AQSH VA BUYUK BRITANI QOʻSHINLARI BOR EDI...REYXSTAG UZRA BAYROQNI DOGʻISTONLIK JANGCHI OʻRNATDI!!! OʻYLAB TOPILGAN YEGOROV VA KANTARIYA EMAS... ULAR BOR EDI, LEKIN BAYROQNI DOGʻISTONLIK ASKAR OʻRNATGAN

SHUNDAY EKAN, OVOZINGNI OʻCHIR, YOʻQOLIB KET MOSKAL...

Javob berish

Haqiqat shuku, ertami-kechmi xuddi Berlinga borganimiz kabi, siz tomon tank minib boramiz. Buni yaxshi bilasiz, shunday qilishimiz uchun qoʻlingizdan kelgan hamma ishni qilyapsiz.

Javob berish

Agar xohlamasangiz koronavirusdan emlashmaydi-ku, shundaymi?

Javob berish

Nimaga hamma narsada Rossiyani ayblaysiz?

Javob berish

Menimcha, Xitoy virusining boshqa kasalliklardan farqi yoʻq.

Javob berish

Rossiya ommaviy axborot vositalari faktlarni buzib koʻrsatish orqali haddan tashqari tajovuzkor informatsion kampaniya olib borishmoqda. Buni tushunib yetganimdan keyin, Rossiya axborot vositalarini oʻqimaslik yoki koʻrmaslikka harakat qilyapman.

Javob berish

Agar soʻnggi koronavirus vaziyatini oladigan boʻlsak, Rossiya OAVlari tarqatayotgan aniq “dezinformatsiya” qaysi biri?

Javob berish

Aldashni bas qillaring, marazlar. Rossiyani yomonotliq qilish uchun yollanganmisanlar? Kimga ishlaysanlar oʻzi?

Javob berish

Bu vebsaytga USCENTCOM homiylik qiladi. Bu mahlumot shu vebsaytning oʻzida koʻrsatilgan. Ayni shu narsani isbotlash talab qilingan edi. Ular hatto bu “tashkilot” kimga xizmat qilishini va kimning manfaatini koʻzlashini yashirib ham oʻtirishmagan.

Javob berish

Hurmatli Kreml botlari, Rossiyani qoʻllab-quvvatlaydigan har bitta sharh uchun sizga qancha toʻlashlarini bilsam boʻladimi? Bu shunchaki qiziqish emas, krizis, aqcha kerak ))))

Javob berish

Endi esa Xitoy bu dezinformatsiya uchun Rossiyaning taʼzirini beradi.

Javob berish