Karvonsaroy
Saylovlar

Facebook Rossiyaning 2020-yilda AQSHda boʻladigan saylovlarga aralashuv boʻyicha yangi urinishlariga toʻsiq qoʻydi

Karvonsaroy va AFP

Bu haftada Facebook kompaniyasi davlat yetakchiligidagi taʼsir choralariga qarshi yangi saʼy-harakatlarni boshlab yuborgan. (Fayl)

Bu haftada Facebook kompaniyasi davlat yetakchiligidagi taʼsir choralariga qarshi yangi saʼy-harakatlarni boshlab yuborgan. (Fayl)

SAN-FRANSISKO – Dushanba (21-oktabr) kuni Facebook ijtimoiy tarmogʻi AQSHda 2020-yilda oʻtadigan prezident saylovlariga aralashishga harakat qilgan Rossiyaga aloqador bir qator akkauntlarni bloklaganini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoq “ishonchsiz” faoliyat olib borayotgan boshqa bir qancha akkauntlarni ham oʻchirishini aytib, amerikalik saylovchilarga taʼsir qilishga urinayotgan “davlat nazoratidagi” ommaviy axborot vositalari tekshiruvini kuchaytirishini taʼkidladi.

Facebook oʻzining soʻnggi choralarini ochiqlar ekan, “Grafika” tahliliy kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi faollikka oid hisobotida Rossiyadan ochilgan akkauntlar AQSHdagi siyosiy nomzodlar va muammolarni nishonga olgani qayd etilgan.

Bu akkauntlar 2016-yilgi prezident saylovida AQSHdagi auditoriyani nishonga olgan Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) xabarlaridan qayta foydalangan va “Facebook tahlillari ham IRAga aloqadorlikni aniqlagan”, deyiladi hisobotda.

Facebook tomonidan eʼlon qilingan yangi choralar kelasi oydan boshlab davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari xabarlariga yorliq qoʻyishni koʻzda tutadi.

“Biz bu sahifalardan yuqoriroq shaffoflik standartlariga javob berishni talab qilamiz, chunki ular davlatning strategik qoʻllab-quvvatlovi bilan OAVning omma fikriga taʼsirini oʻzida jamlagan”, deyiladi Facebook blogida chop etilgan xabarda.

Facebook “qalqib chiquvchi oynalar” orqali notoʻgʻri maʼlumot tarqalishining oldini olishni rejalashtirayotganini aytgan, bunday oynalar tashqi faktlar tekshiruvchilari rad etgan Instagram postlari foydalanuvchilar tomonidan ulashilgan vaqtda qalqib chiqadi.

Shu bilan birga, “saylovchilarga nisbatan bosim qoʻllash”ga qarshi kurash, jumladan saylovchilarni qachon va qayerda ovoz berish haqidagi soxta xabarlardan himoya qilish choralari ham nazarda tutilmoqda.

Texnik gigantning xabar berishicha, Rossiya va Eronga aloqador toʻrtta alohida akkaunt guruhlari “muvofiqlashgan xatti-harakatlari” uchun Facebook va Instagram tarmoqlaridan oʻchirib tashlangan.

Guruhlarning uchtasi Eron va bittasi Rossiyadan turib ochilgan va ular Qoʻshma Shtatlar, Shimoliy Afrika va Lotin Amerikasidagi foydalanuvchilarni nishonga olgan.

Rossiyalik akkauntlar bir-biriga zid siyosiy qarashdagi fikrlarni joylash orqali boʻlinishni keltirib chiqargan koʻrinadi, deyiladi “Grafika” tahlilida.

“Yangiliklar idorasi sifatida harakat qilgan” Eron akkauntlari esa irqiy munosabatlar, AQSH va Isroilning Eronga nisbatan siyosati kabi mavzularda xabarlar joylab borgan.

Moʻljalda: Markaziy Osiyo

Rossiya xorijdagi saylovlarga taʼsir qilish uchun internetdan foydalanadi, degan edi bishkeklik siyosiy tahlilchi Askat Dukenbayev 2018-yil sentabr oyida.

AQSH va Yevropada irqchilikni avj oldirish, aksil-amerika kayfiyatini yoyish va rusiyzabon mamlakatlarda Rossiya taʼsirini kuchaytirish shular jumlasidandir, dedi u.

Moskva mintaqada oʻz strategik maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilar ekan, Rossiyaning “internet-trollari” Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirmoqda, deb ogohlantiradi tahlilchilar.

Bunday operatsiyalar koʻpincha turli auditoriyalar oldida ikkiyuzlamachilik qilib, Rossiyaning ijobiy imidjini yaratishga urinadilar va Markaziy Osiyoda uning siyosatini ilgari surish bilan bir qatorda, Rossiya televideniyesi va boshqa OAVda Markaziy Osiyolik migrantlarni qoralaydilar.

Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda turli mintaqalar, jumladan Markaiy Osiyoga qaratilgan zararli taʼsir choralari davom etar ekan, Facebook Rossiyadan ochilgan sahifalar, guruhlar va akkauntlarning bir qanchasini oʻchirib tashlagan edi.

Facebook ijtimoiy tarmogʻi 2018 yil aprel oyida Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga aloqador yuzlab Facebook va Instagram akkauntlarini yopishini eʼlon qildi, ular dunyo boʻylab jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazishga urinishda ayblangan.

Oʻshanda kompaniya 70 ta Facebook akkaunti, 138 ta Facebook sahifasi va 65 ta Instagram akkaunti oʻchirilgani haqida bayonot bergandi. Ularning 95 foizi rus tilida yuritilgani aytilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500