Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Facebook Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador yana koʻplab akkauntlarni oʻchirib tashladi

Karvonsaroy va AFP

“Bu tarmoq ortidagilar oʻz shaxsi va xatti-harakatlarini yashirishga uringan boʻlsa-da, tekshiruvlarimiz natijasida ularning Rossiya harbiy razvedka xizmatlariga aloqadorligi aniqlandi”, deb xabar bergan Facebook kompaniyasining xavfsizlik boʻyicha rahbari 12-fevral kuni soʻnggi voqealar haqida. (Fayl)

“Bu tarmoq ortidagilar oʻz shaxsi va xatti-harakatlarini yashirishga uringan boʻlsa-da, tekshiruvlarimiz natijasida ularning Rossiya harbiy razvedka xizmatlariga aloqadorligi aniqlandi”, deb xabar bergan Facebook kompaniyasining xavfsizlik boʻyicha rahbari 12-fevral kuni soʻnggi voqealar haqida. (Fayl)

Chorshanba (12-fevral) kuni Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi manipulyatsiya va dezinformatsiyaga barham berish choralari doirasida Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador oʻnlab akkauntlarni oʻchirganini maʼlum qildi.

78 ta Facebook va toʻrtta Instagram akkauntidan iborat Rossiyadagi tarmoq asosan Ukraina va qoʻshni davlatlarga qaratilgan boʻlib, Suriyadagi mojaro, Qrimdagi etnik ziddiyatlar va 2014-yilda Ukrainada Malayziya aviakompaniyasiga qarashli samolyot halokati haqidagi xabarlarni chop etgan.

Instagram tarmogʻi Facebook kompaniyasiga tegishli.

“Bu tarmoq ortida turganlar oʻz shaxsi va xatti-harakatlarini yashirishga uringan boʻlsa-da, tekshiruvlarimiz natijasida ularning Rossiya harbiy razvedka xizmatlariga aloqadorligi aniqlandi”, deb yozadi Facebook kompaniyasining xavfsizlik boʻyicha rahbari Nataniel Gleyxer oʻz blogida.

Bu ijtimoiy tarmoqlar tomonidan amalga oshirilgan soʻnggi choralardan biri boʻlib, xorijiy manipulyatsiya, shu jumladan, muayyan siyosiy xabarlar, koʻp hollarda dezinformatsion maʼlumotlarni sunʼiy ravishda targʻib qilishga qarshi kurashishni koʻzda tutadi.

Oʻtgan yil oktabr oyida Facebook Rossiyaga aloqador bir qator akkauntlarni oʻchirib tashlaganini maʼlum qilgan edi. Bu akkauntlar egalari 2020-yilda AQSHda boʻladigan saylovlarga aralashishga uringan.

Bu akkauntlar 2016-yilgi prezident saylovida AQSHdagi auditoriyani nishonga olgan Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) xabarlarini qaytadan chop etgan.

Moskva mintaqada oʻz strategik maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan bir vaqtda, Rossiyaning “trollar fabrikasi” Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirmoqda.

Bunday operatsiyalar koʻpincha turli auditoriyalar oldida ikkiyuzlamachilik qilib, Rossiyaning ijobiy imidjini yaratishga intiladi va Markaziy Osiyoda uning siyosatini ilgari surish bilan bir qatorda, Rossiya televideniyesi va boshqa OAVda Markaziy osiyolik migrantlarni yomonotliq qilishga urinadi.

Oʻtgan yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda turli mintaqalar, jumladan Markaziy Osiyoga qaratilgan zararli taʼsir choralari davom etar ekan, Facebook Rossiyadan turib ochilgan bir qancha sahifalar, guruhlar va akkauntlarni oʻchirib tashlagan edi.

Facebook ijtimoiy tarmogʻi 2018-yil aprel oyida Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga aloqador yuzlab Facebook va Instagram akkauntlari yopilganini eʼlon qildi, ular dunyo boʻylab jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazishga urinishda ayblangan.

Eronning Qoʻshma Shtatlardagi taʼsir choralari

Shu bilan birga, chorshanba kuni Facebook kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Eronga tegishli boshqa akkauntlarni “tashqi va siyosiy ishlarga aralashuv” sababli blokladi, dedi Gleyxer.

Facebook kompaniyasi Qoʻshma Shtatlarga eʼtibor qaratgan va AQSH-Eron aloqalariga oid “muvofiqlashtirilgan noqonuniy harakat” olib borgan hamda 2019-yil yanvar oyida Facebook tomonidan shunga oʻxshash tizimga aloqador boʻlgan Erondagi oltita Facebook va beshta Instagram akkauntini oʻchirib tashlagan.

“Ular siyosiy yangiliklar, geosiyosat, jumladan AQSHdagi saylovlar, nasroniylik, AQSH-Eron munosabatlari, AQSHning immigratsiya siyosati, Yaqin Sharqdagi AQSH siyosati va jamoat arboblari tanqidi, shu bilan birga akademiklar, jamoat arboblari va sharhlovchilarning Eron va AQSH saylovlariga oid video-intervyulari va xabarlarini tarqatgan”, dedi Gleyxer.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu odatiy fashizm, Sokolnikidagi hujjat tekshiruvlari va hibsga olishlar https://www.youtube.com/watch?v=h0hyNXnO13I

Javob berish

Toʻgʻri qilishadi. YouTube tarmogʻini ham ulardan tozalash kerak. Agar kerak boʻlsa Kreml boshqaradigan manbalarni taqdim etishim mumkin.

Javob berish