Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Facebook Rossiyaning zararli taʼsir choralari sababli unga tegishli yana bir qancha akkauntlarni oʻchirib tashladi

AFP

Amerikaning Facebook onlayn ijtimoiy tarmoq kompaniyasi logotiplari surati. [Loic Venance / AFP]

Amerikaning Facebook onlayn ijtimoiy tarmoq kompaniyasi logotiplari surati. [Loic Venance / AFP]

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Rossiyadan turib olib borilayotgan zararli taʼsir choralari davom etar ekan, Facebook Rossiya tarafidan ochilgan sahifalar, guruhlar va akkauntlardan yana bir qanchasini oʻchirib tashlagan.

Dushanba kuni Facebook maʼmuriyati Rossiya bilan bogʻliq yana bir qancha sahifalar, guruhlar va akkauntlarni oʻchirib tashladi, ularning ortida kim turgani va nimalar bilan mashgʻul ekani haqidagi maʼlumotlar chalkash boʻlgan.

Facebook va uning suratlar uchun moʻljallangan Instagram ijtimoiy tarmogʻi bu akkauntlarning maqsadi va ularning ortida kim turgani shubhali boʻlgani uchun shunday choralarga qoʻl urgan. Facebook bu choralarni “muvofiqlashtirilgan shubhali harakatlar”ga qarshi kurash chorasi oʻlaroq taʼriflagan. Bu chora-tadbirlar doirasida avval ham koʻplab soxta akkauntlar oʻchirib tashlangan edi.

“Biz ikkita alohida, bir-biriga bogʻliq boʻlmagan operatsiyalarni aniqladik. Ularning ikkovi ham Rossiyadan turib, bir-biriga oʻxshash taktikaga bilan amalga oshirilgan. Ular oʻzlarining kim ekanliklari va nima bilan shugʻullanishlari borasida odamlarni chalkashtirish uchun bir qancha akkauntlardan iborat tarmoq yaratganlar”, deb yozgan Facebook kompaniyasining kiber-xavfsizlik siyosati boʻyicha rahbari Nataniel Gleyxer 6-may kuni oʻz blogida.

Facebook tomonidan oʻchirib tashlangan post.

Facebook tomonidan oʻchirib tashlangan post.

Ijtimoiy tarmoq maʼmuriyati ular joylashtirgan kontentga emas, balki ushbu akkauntlar ortida turganlarning chalgʻituvchi xatti-harakatlariga asoslanib shunday chora koʻrgan, deb qoʻshimcha qildi u.

Kompaniya bundan avval – mart oyida ham Rossiya bilan bogʻliq 2600 sahifa, guruh va akkauntlarni oʻchirib tashlagan edi. Ular Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida muvofiqlashtirilgan zararli taʼsir choralari bilan shugʻullangan.

Mazkur operatsiyalar Rossiya, Eron, Shimoliy Makedoniya va Kosovo bilan bogʻliq boʻlgan, deb yozadi Facebook kompaniyasining kiberxavfsizlik siyosati boʻyicha rahbari Nataniel Gleyxer oʻz blogida.

Facebook maʼmuriyati bundan ikki oy avval Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikistonga qaratilgan zararli taʼsir amaliyotlarini olib borish uchun ochilgan 500dan ortiq sahifalar, guruhlar va akkauntlarni oʻchirib tashlagan edi.

2018-yilning aprel oyida esa kompaniya butun dunyo boʻylab jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazishga uringan Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga aloqador Facebook va Instagram akkauntlari oʻchirilganini eʼlon qilgan.

Gleyxerning soʻzlariga koʻra, bu haftada Facebook tomonidan oʻchirilgan 97 ta akkaunt, sahifa va guruh diqqat markazida boʻlgan.

Uning aytishicha, sahifa va guruhlarni boshqarish, kontent tarqatish va ularga qiziqishni orttirish, shuningdek, odamlarni tashqi saytga jalb qilish uchun soxta akkauntlardan foydalanilgan.

Akkauntlar asosan, Sharqiy Ukrainadagi harbiy nizolar, Suriyadagi fuqarolar urushi, Rossiyaning siyosati kabi mahalliy va siyosiy yangiliklarni chop etib borgan, deyiladi blogpostda.

Facebook akkauntlar ortida kimlar turganini ochiqlamadi.

Aloqador sahifalarning har birida deyarli 34 ming kuzatuvchi boʻlgan va bitta guruhning kamida 86 ming aʼzosi boʻlgan, dedi Gleyxer. Bir yil avval namoyish etilgan Facebook reklamasiga esa atigi bir dollar sarflangan.

“Biz bu akkauntlar va sahifalarning baʼzilarini Ukrainadagi saylovlardan oldin oʻchirilgan akkaunt va sahifalarni tergov qilish orqali aniqladik”, dedi u. “Tahlillarimizga oid maʼlumotlarni huquqni muhofaza qilish idoralari, qonun chiqaruvchilar va sohadagi hamkorlar bilan boʻlishdik.”

Bunga qoʻshimcha ravishda, oʻz eʼtiborini Avstriya, Boltiqboʻyi davlatlari, Germaniya, Ispaniya, Ukraina hamda Britaniyaga qaratgan 21 ta Facebook va Instagram akkauntlari ham oʻchirilgan, deyiladi kompaniya bayonotida.

Facebook xabariga koʻra, bu akkauntlar immigratsiya, din va NATO kabi siyosiy mavzularda kontent joylagan.

Gleyxerning soʻziga koʻra, ushbu kampaniya shaxsiyati yashirin boʻlgan soxta akkauntlardan foydalangan holda “maxsus xizmatlar nomidan faoliyat olib boruvchi jamoat arbobi haqidagi iddaolarga” alohida urgʻu bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaning iflos tashviqoti butunlay yoʻqotilishi kerak

Javob berish

Bu nima bemaʼnilik? MAʼNOSI YOʻQ bir talay gap... Behuda soʻzlar yigʻindisi... Oxirigacha zoʻrgʻa oʻqiy oldim... Maqola emas, borib turgan safsata..

Javob berish

Endi Feysbuk top-toza va najaslardan pok.

Javob berish

Omin

Javob berish