OLMAOTA – Markaziy Osiyoliklar Belarusda oʻtgan bahsli prezident saylovlari yuzasidan namoyishchilar bilan birdamligini izhor qilayotgan bir paytda, kuzatuvchilar hukumatning namoyishlarni bostirish harakatlari ortida Kreml koʻlankasi turganini koʻrmoqdalar.
Belarusda yuz minglab namoyishchilar zoʻravonlik xavfiga qaramay koʻchalarni toʻldirishda davom etmoqda. Dunyoning koʻplab davlatlari esa Lukashenkoning gʻalabasi erkin va haqqoniy boʻlmagan deya, 9-avgust kungi saylovlar natijalarini tan olmayapti.
Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, saylovda Lukashenko 80%, muxolifatning asosiy nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa 10% ovoz olgan.
Saylovdan keyin oʻz hayotidan xavotirga tushgan Tixanovskaya Litvaga qochishga majbur boʻlgan.
![Belarusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlab, Belarus elchixonasi oldiga toʻplangan qirgʻizistonliklar, 17-avgust. [Adilet Imanaliyev]](/cnmi_ca/images/2020/08/21/25612-2-585_329.jpg)
Belarusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlab, Belarus elchixonasi oldiga toʻplangan qirgʻizistonliklar, 17-avgust. [Adilet Imanaliyev]
![Suriyada faoliyat olib borayotgan rossiyalik yollanma askarlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. [Fayl]](/cnmi_ca/images/2020/08/21/25636-mercssyria-585_329.jpg)
Suriyada faoliyat olib borayotgan rossiyalik yollanma askarlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. [Fayl]
Yevropa Ittifoqi (YI) 9-avgust kungi saylov natijalarini soxtalashtirishda gumonlangan va namoyishlarni bostirgan Belarus hukumatiga qarshi yangi sanksiyalar ustida ishlay boshladi, deb xabar beradi AFP.
“Belarus xalqi bundan yaxshisiga loyiq. Ularning oʻz rahbarini tanlash va kelajagini qurish uchun demokratik haqqi bor”, dedi YI kengashi prezidenti Sharl Mishel.
Kreml koʻlankasi
Namoyishlar boshlanganidan keyin Lukashenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali bir necha bor suhbatlashgan. Belarus rahbarining iddao qilishicha, Rossiya yetakchisi mamlakatdagi osoyishtalikni taʼminlashda yordam berishga tayyor ekanini aytgan.
Moskva zarurat yuzaga kelgan taqdirda olti postsovet davlatdan tarkib topgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXSHT) harbiy alyansi doirasida Belarusga kirishga tayyorligini bildirdi.
Namoyishlar Putinning reytingi keskin tushib ketgan noqulay bir vaqtga toʻgʻri keldi, zero u bir vaqtlar unga sodiq boʻlgan siyosiy tayanch kuchining qatʼiy va zoʻrayib borayotgan noroziligiga duch kelmoqda.
Ommaviy namoyishlar va hibslar Moskva hamda mamlakatning boshqa hududlarida odatiy holatga aylanib qolgan. Hozirda Rossiyaning sharqiy qismida misli koʻrilmagan noroziliklar kuzatilmoqda.
“Albatta, Rossiyaga nojoʻya taʼsir qilishi mumkin boʻlgan Belorusdagi xalq inqilobi Vladimir Putin koʻrishni istaydigan narsa emas”, deydi Yevropa siyosati tahlil markazining (CEPA) ilmiy xodimi Katya Glod AFP nashriga.
Koʻpchilik kuzatuvchilar juma (21-avgust) kunidan beri muhtamalan oʻlim toʻshagida yotgan rossiyalik yetakchi muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishini ham Kremlning ogohlantiruvchi hujumi sifatida koʻrmoqdalar. Rossiyada millionlab tarafdorlariga ega Navalniy Lukashenkoga qarshi chiqayotgan Belarus xalqini ochiqdan ochiq qoʻllab-quvvatlagan.
Rossiyaning strategik rejalari orasida Belarus markaziy oʻrinni egallaydi va ehtimol, Ukrainadan boshqa istalgan qoʻshni mamlakatga qaraganda koʻproq ahamiyatga ega. U Moskvaning “strategik teranligi” uchun gʻoyatda muhim.
Moskva oʻzining deyarli barcha neft va gazini Belarusga sotgani uchun ham bu mamlakatdan jiddiy manfaatdor.
“Nafaqat yetkazgan zarari, balki sahnani tark etganidan keyin yuzaga keladigan xaos sababli ham diktatorlar xavfli. Qoʻrquv va nafratdan qaqshagan diktator hamma narsaga qodir”, deydi Toshkentdagi Iqtisodiy rivojlanish markazi rahbari Yuliy Yusupov.
“Asossiz va shafqatsiz zoʻravonlik”
Belarusliklar koʻchalarga chiqar ekan, turli ommaviy axborot vositalari “OMON namoyishchilarga qarshi ortiqcha va asossiz kuch ishlatgani, jumladan qoʻlga olinganlardan ayrimlari qiynoqqa solingani” haqida xabar bergan.
Hozircha bu harakatlar namoyishlarni toʻxtatishda foyda bermadi, namoyishchilarning jasorati va qatʼiyligi esa Markaziy Osiyoliklarni qoyil qoldirgan.
Ilgari Lukashenko oʻzgacha fikrlashni shafqatsiz usullar bilan boʻgʻishga muvaffaq boʻlgan, deydi Qozogʻiston xalqaro inson huquqlari va qonun ustuvorligi xalqaro byurosi faollaridan biri Sergey Duvanov.
Lekin bu safar bunday boʻlmaydi, dedi u.
“Kuch ishlatar tuzilmalarning asoslanmagan va shafqatsiz zoʻravonligi belaruslarni qoʻrqita olmadi. Aksincha, bu ularni gʻazablantirdi va junbushga keltirdi”, dedi u.
Norozilikning qudratli toʻlqini Belarusdagi rejimning qulashiga olib kelishi mumkin, dedi u.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari saylovlarga nisbatan hali rasman munosabat bildirmagan boʻlsa-da, koʻplab fuqarolar belarusliklarning adolat va muhim demokratik oʻzgarishlarga erishishiga tilakdoshlar.
Qozogʻiston hukumatiga nisbatan tanqidiy qarashlari bilan tanilgan olmaotalik jurnalist Asem Japisheva oʻzining Facebook sahifasida Belarus xalqiga tasanno aytgan.
“Qardoshlarim, niyatingizga yeting! Siz eng yaxshisiz!” deb yozadi u.
Bishkekda yashovchi asli belaruslik mashhur qoʻshiqchi Yuliya Rutskaya namoyishchilarga qarshi zoʻravonlikni keskin qoraladi.
“Belarusliklar tinch va madaniy tarzda namoyish oʻtkazishmoqda. Mashinalarga oʻt qoʻyishmadi, doʻkonlarni buzishmadi”, deb aytgan Rutskaya. “Ular adolatli saylov va oʻz fikrlarini tinchlik bilan ifoda etishga munosiblar, kuch ishlatar idoralarning bunday vahshiy qiynoqlariga loyiq emaslar.”
“Barqarorlikni muayyan bir shaxsning shunchaki hukumatni qoʻldan boy berishni istamayotgani bilan adashtirmaslik kerak”, deb yozgan Urush va tinchlikni yoritish institutining Bishkekdagi muharriri Timur Toktonaliyev oʻzining Facebook sahifasida.
“Jamiyat doim hukumatni nazorat qilib borishi va uni muntazam oʻzgartirib turishi, hech kimning oʻz vakolatini kengaytirishi va mustahkamlashiga yoʻl qoʻymasligi kerak”, deb yozdi u.
Rossiyaning yollanma armiyasi
Agar Putin Belarusda kuch ishlatishga qaror qilsa, unda bir nechta taktik variantlar boʻladi. Rossiya qoʻshinlari Qrimni Ukrainadan tortib olib, mamlakat sharqidagi ayirmachilarni qoʻllab-quvvatlagan 2014-yilgi ssenariy shular jumlasidandir.
Dunyo boʻylab haqiqatnamo inkor bilan Putinning rejalarini amalga oshiruvchi “Vagner” xususiy yollanma armiyasining oʻnlab aʼzolari Belarusda saylovlar boshlanishi arafasida hibsga olingan edi.
Politsiya ularni prezident saylovlari arafasida mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda ayblab hibsga olgan boʻlsa-da, ularning Belarusdagi asl maqsadlari nomaʼlumligicha qolgan.
Belarus hukumati saylovlardan keyin gumondorlardan 33 nafarini ozod qilgan.
“Vagner guruhi” bir qator davlatlar, jumladan Suriya, Sudan, Venesuela, Madagaskar kabi mamlakatlarda faol boʻlgan yoki hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
“Bu haqiqiy xaos”, deydi Nur-Sultondagi “Xozyayushka” xoʻjalik mollari doʻkonining egasi Nurlan Kojaxmetov. “Nima boʻlayotgani tushunarli. Bitta diktator ikkinchisiga oʻz rejimini himoya qilishga yordam bermoqda”.
Rossiyalik harbiylar Moskvaning manfaatlari jamlangan boshqa mamlakatlarda ham fitna qoʻzgʻashga urinishi mumkin, dedi Kojaxmetov.
“Qozogʻiston ham xavf guruhida, chunki u Kremlning manfaatlari doirasiga kiradi. Bizning diyorimizda ham Rossiya jangarilarining paydo boʻlishidan Xudo saqlasin”, dedi Kojaxmetov.
Gʻarb allaqachon Rossiyani Belarusning ichki ishlariga aralashish mumkin emasligi haqida ogohlantirdi.
Javob berishFikrlar 21
AQSHda yana bir qora tanlini otib tashlashdi; bu sizga Belarus OMONimas
Javob berishFikrlar 21
Ruslarni haydanglar. Boʻlmasa ular Rossiyada nima qilgan boʻlsa shuni qiladi, u yerda Putinning oligarxlari hamma narsani oʻmarib davlatni sotib boʻlishdi.
Javob berishFikrlar 21
Safsata!!! Maqola gʻirt yolgʻon. Bunday yolgʻon yozish uyat!
Javob berishIkkiyuzlamachilik uyat boʻlmay qolibdi, shekilli. Umid bor boʻlsa, ikkiyuzlamachilik eʼtiborni jalb qilishi, hatto moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin.
Javob berishFikrlar 21
Belarus Yevropa demakdir. Rossiya esa xalqlar qamoqxonasi.
Javob berishSobiq prezidentning xatti-harakatlaridan aytish mumkinki, Ukraina Yevropaga ancha yaqinroq.
Javob berishFikrlar 21
Moskallar tuproq yesin!
Javob berishFikrlar 21
Maqola muallifi Rossiyaga nisbatan nafrat qoʻzgʻamoqda. Suratlarda Latviya bayrogʻini koʻtarib olganlarni koʻrish mumkin. Bular igʻvogar. Ular Belarusga yaxshilik tilamaydi.
Javob berishFikrlar 21
Bugun juda koʻp odam chiqdi. Minskning oʻzida aholisi bir million boʻlishiga qaramay, 100 mingdan ortiq namoyishchi boʻlgan. Hech qayerda odamlar SSSRda boʻlganidek yashagisi kelmaydi.
Javob berishFikrlar 21
Kechirasiz, butun Markaziy Osiyo namoyishlar tarafdori ekanligiga ISHONISHINGIZGA NIMA SABABCHI?... BU iqtisodning beqarorlashishiga va xaqlning qashshoqlashishiga olib keluvchi XAOS NAMOYISHI. Rangli inqiloblardan oʻtgan barcha mamlakatlarda HAMMASI yaqqol koʻrinib turibdi!!! Shu sabab, bizga YEVROPA va Amerika BILAN BOʻLADIGAN AJOYIB KELAJAK HAQIDA gapirmay qoʻya qoling... AFSONA bu
Javob berishBizdan farqli oʻlaroq xalqi gullab-yashnayotgan Qirgʻizistonchi?! Bu yerda zoʻrgʻa kunimizni koʻryapmiz.
Javob berishFikrlar 21
Belaruslarga nima kerakligi va Yevropa siyosati oʻrtasida haqiqiy solishtirish qiling. AQSH va YI oʻziga-oʻzi chaqirib oldi. Sen siyosiy axmoqlar, odamlarni bir-biriga qarshi qilmalaring. Tixanovskaya esa podiumda modellik qilishdan boshqasiga yaramaydi.
Javob berishFikrlar 21
Rossiya bir uyum axlat!
Javob berishIltimos AVVAL TOʻGʻRI YOZISHNI OʻRGANING
Javob berishXutin Puy
Javob berishRossiya bir uyum axlat!
Javob berishBilib qoʻying belaruschada shunaqa boʻladi.
Fikrlar 21
Eski Sovet matbuot qolipidan foydalanishyapti: “zoʻravonlik va soxtalashtirish saylovlarga taʼsir qildi”. Birinchi marta emas bunday boʻlishi. Ammo SSSR bunday ayblovlarni “begona” zolimlarga qarshi qoʻllagan - “ittifoqchilar” bundan mustasno.
Javob berishFikrlar 21
Aslida belaruslar juda tinch xalq. Rossiyaning OMONi belarusliklarga nisbatan vahshiylik qilayotgani aniq. Bu jallod guruh Rossiyaga haydalishi kerak.
Javob berishOʻZINGIZ u yerda boʻlganmisiz??? Rossiyaning OMONini oʻzingiz koʻrdingizmi❓❓❓ XAYOLINGIZDAGINI HAQIQAT deb koʻrsatmang!!! Ochiqdan-ochiq yolgʻon gapirishdan uyalish kerak
Javob berishBoʻlayotgan shafqatsizlik va asossiz zoʻravonliklarni hisobga olsak, aniq Rossiyaning OMONi.
Javob berishFikrlar 21