Karvonsaroy
Xavfsizlik

“Piar yurish”: Yangi raketa Putinning mashhurlik reytingi pasayishi bilan bogʻliq ekani aytilmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti 27-iyun kuni Leningrad viloyati yaqinida jurnalistning savoliga javob berishga urinmoqda. Putinning rossiyaliklar orasida yuqori boʻlib turgan mashhurligi oʻtgan yili sezilarli darajada pasaygan va endilikda u bir vaqtlar oʻziga sodiq boʻlgan siyosiy bazasining keskin va oʻsib borayotgan noroziligiga duch kelmoqda. (Kreml)

Rossiya prezidenti 27-iyun kuni Leningrad viloyati yaqinida jurnalistning savoliga javob berishga urinmoqda. Putinning rossiyaliklar orasida yuqori boʻlib turgan mashhurligi oʻtgan yili sezilarli darajada pasaygan va endilikda u bir vaqtlar oʻziga sodiq boʻlgan siyosiy bazasining keskin va oʻsib borayotgan noroziligiga duch kelmoqda. (Kreml)

MOSKVA – Rossiya sinov poligonidagi halokatli portlash prezident Vladimir Putinning yadroviy raketa yaratish niyatlariga eʼtiborni qaratgan.

Biroq, amalga oshirilishi dargumon boʻlgan bu ish, mamlakat ichkarisida Putin mashhurlik darajasining pasayishi va xalqaro maydondagi muammolarga qoʻshilar ekan, koʻplab kuzatuvchilar bularning bari “PR-yurish” degan xulosaga kelishgan.

Shu bilan bir vaqtda, rossiyalik harbiylar boshiga tushgan qator halokatli muvaffaqiyatsizliklar Rossiyaning bunday murakkab loyihani amalga oshira olmasligidan dalolat bermoqda.

Tahlilchilar 8-avgust kuni Nyonoksdagi poligonda yuz bergan va hududdagi radiatsiya darajasining koʻtarilishiga sabab boʻlgan halokatli portlashni Putin ilk bor 2018-yilda namoyish etgan 9M730 “Burevestnik” qanotli yadroviy raketasi bilan bogʻlamoqdalar.

Rossiyalik olimlar guyoki “Skyfall” yadroviy raketasi ustida ish olib bormoqdalar. Avgust oyi boshida Arxangelsk viloyatida ushbu raketani sinash chogʻida portlash yuz bergan, oqibatda kamida 5 olim halok boʻlib, havoga zararli radiatsiya tarqalgandi. (Fayl)

Rossiyalik olimlar guyoki “Skyfall” yadroviy raketasi ustida ish olib bormoqdalar. Avgust oyi boshida Arxangelsk viloyatida ushbu raketani sinash chogʻida portlash yuz bergan, oqibatda kamida 5 olim halok boʻlib, havoga zararli radiatsiya tarqalgandi. (Fayl)

Biroq, Kreml avariyaning “Burevestnik” loyihasi bilan bogʻliqligini tasdiqlamagach, qaysi raketaning portlagani nomaʼlum boʻlib qolmoqda.

Sovuq urush davriga oid oʻrta masofali yadroviy raketalarni taqiqlash haqidagi shartnoma barbod boʻlishi ortidan, yangi qurollanish poygasi boshlanishiga oid xavotirlar kuchaygan.

Shartnomaning barbod boʻlishiga Rossiya javobgar ”, deb bayonot bergan edi NATO avgust oyi boshida.

Raketani ishlab chiqishdan maqsad – unga nazariy jihatdan cheklanmagan parvoz masofasini berish, dedi Frantsiya xalqaro munosabatlar institutining (IFRI) xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha direktori Korentin Brustlyayn.

“Bu shuningdek, nazariy jihatdan siz tashiy oladigan yoqilgʻi miqdorini cheklashdan ham ozod qiladi”, dedi u AFP nashri bilan suhbatda.

Bryustlyaynning aytishicha, Rossiyada Amerikaning raketaga qarshi mudofaa tizimiga nisbatan Sovuq urush davriga oid vasvasa hali-hamon saqlanib qolgan.

Nazariy jihatdan yer yuzidagi istalgan nishonga zarba bera oladigan yadroviy raketa jozibali koʻrinsa-da, tahlilchilarning ogohlantirishicha, texnik qiyinchiliklar va xavflar har qanday strategik manfaatdan ogʻirroq kelishi mumkin.

Ehtimollar

Bu kabi raketani ishlab chiqishga oid texnik talablar juda qatʼiy boʻlib, bunda raketaning ichiga mitti reaktorni sigʻdirish talab etiladi.

Ayniqsa, dastlabki bosqichda ishlab chiqish jarayonining olimlar va operatorlar uchun xavfini inkor qilib boʻlmaydi.

Bunday xavfsizlik vajlari, odatda qurol ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi, dedi ismini ochiqlashni istamagan sobiq frantsuz razvedka xizmati boshligʻi AFP nashriga.

Ammo “Rossiya bunday xafvsizlik qoidalariga rioya qilmaydi, chunki ularni oʻta ogʻir deb biladi”, dedi u.

“Umuman olganda, bu arzigulik ishmi? Bizningcha, arzimaydi, boshqalar ham shu fikrda.”

“Shubhali manfaatlar” yoʻlida qoʻllanishi hisobga olinsa, yadroviy raketani ishlab chiqish jarayoni “oʻta murakkab”, dedi Brustlyayn.

“Reaktorni kerakli oʻlchamga va cheklovlargacha qisqartirish yoʻlida muammolar juda koʻp”, deb qoʻshimcha qildi u.

Brustlyaynning soʻzlariga koʻra, agar siz texnik muammolarni, tabiiy ofatlarni va operatsion maqsadlarni birlashtirar ekansiz, u holda oʻta salbiy natijaga erishasiz.

8-avgust kuni Nyonoksda roʻy bergan portlash ortidan qoʻshni Severodvinskda radiatsiya koʻrsatkichi meʼyordan 16 baravar oshgan, deb xabar berdi Rossiya meteoxizmati. Bu xabarni eshitgan mahalliy aholi yod xarid qilishga oshiqqan, bu modda qalqonsimon bez nurlanishining oldini oladi.

Markaziy Osiyoda Rossiyaning radiatsiya bilan notoʻgʻri muomalada boʻlishi juda yaxshi maʼlum.

Qozogʻistonning Semey (Semipalatinsk) shahri yaqinida yashovchi aholi hududda 1949-1989-yillar mobaynida oʻtkazilgan 460 ga yaqin sovet yadroviy quroli sinovlaridan keyin avj olgan saraton kasalligi va tugʻma nuqsonlardan hamon aziyat chekib keladi.

Bu orada, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Sovet davridan qolgan uran chiqindixonalarini tozalash uchun Yevropa Ittifoqidan yordam olmoqda .

Yashirin maqsadlar

Raketa “ortiqcha va mutlaqo foydasizdir”, dedi Rossiya harbiy tahlilchisi Aleksandr Golts.

Moskvada 2012-yildan beri eng yirik noroziliklar boshlanib, Putinning reytingi pasayib borayotgan vaqtda Kremlning maqsadlari oddiy harbiy strategiya chegarasidan chiqishi mumkin.

2018-yilda nafaqa yoshining oshirilishi va 2019-yildan boshlab Moskva shahar kengashiga muxolifat nomzodlarining saylanishini taqiqlash bilan Kreml koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi va bu oʻz navbatida Putining mashhurligiga putur yetkazdi.

Moskva va mamlakatning boshqa hududlarida ommaviy noroziliklar va hibsga olishlar har hafta yuz bermoqda.

Rossiyalik fuqarolar besh yildan beri kamayib borayotgan daromad va zaiflashayotgan iqtisoddan tushkunlikka tushmoqdalar.

Harbiy ustunlikni namoyish etish, Putinning gʻarbdagi “qaror qabul qiluvchi markazlariga” qarata “koʻrinmas” qurollarni ishga solishini aytib, poʻpisa qilishi Kreml uchun kuchli qarta boʻlib kelmoqda.

“Bunda juda muhim sanaladigan millatchilik ruhidagi savlatga zoʻr berish alomatlari mavjud. Putin Rossiyaning AQShda yoʻq tizimlarni ishlab chiqarayotgani va texnologik musobaqada ishtirok etayotganini koʻz-koʻz qilmoqchi”, deydi Brustlyayn.

“Vladimir Putin uchun muhim siyosiy oʻlchov mavjud – u Rossiya hamon ulkan harbiy qudrat sohibi ekanligini koʻrsatib qoʻymoqchi”, deb qoʻshimcha qildi shaxsini ochiqlashni istamagan frantsiyalik sobiq razvedka boshligʻi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kuchli zaifni hurmat qilishi va boshqalardan ustunligini koʻrsatish uchun zoʻravonlik qilmasligi kerak. Faqat tinch muzokaragina barcha nizolarni hal qilishi mumkin, oddiy fuqarolarga qarshi vayronkor harbiy amaliyotlar emas.

Javob berish

Bari haqiqat...

Javob berish

Hammasi bemaʼni gap va provokatsiya.

Javob berish

Rossiyaliklar olti yildan beri qashshoqlikda yashab kelmoqdalar. Shu sababdan ham Putinning chirigan reytingini hech qanday raketa yaxshilay olmaydi.

Javob berish

Ha, Rossiya hali-hamon kuchli harbiy qudratga ega va shuning uchun ham dunyoning biron-bir davlati bo‘lsin, u bilan bu borada hazillasha olmaydi. Biroq shunisi ham bor-ki, faqat birgina sohaning rivoji bilan hali hech bir davlat dunyo bo‘yicha yetakchilik o‘rniga chiqa olmagan.

Javob berish

Rossiya shoxi yoʻq suzongʻich sigirga oʻxshaydi

Javob berish

Rejalar oʻq-dori zaxiralarining hajmiga mos emas. Qoʻrquvga soladigan yolgʻon har doimgidek eskirgan qurol-aslahalar yetishmovchiligining oʻrnini toʻldirdi.

Javob berish