Karvonsaroy
Xavfsizlik

Bomba hujumlari tufayli 800 mingga yaqin kishi qochqinga aylanishi ortidan Kreml Suriyadagi “qirgʻin”da ayblanmoqda

Karvonsaroy va AFP

11-fevral kuni Idlibdagi Rossiya aviazarbalaridan jarohatlangan suriyalik bolalarga yordam koʻrsatilmoqda. (Abdulaziz Ketaz/AFP)

11-fevral kuni Idlibdagi Rossiya aviazarbalaridan jarohatlangan suriyalik bolalarga yordam koʻrsatilmoqda. (Abdulaziz Ketaz/AFP)

ANQARA – Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon Suriya rejimini qoʻllab-quvvatlayotgan Rossiyani “qirgʻin” uyushtirayotganlikda aybladi. Dekabr oyidan beri avj olgan zoʻravonliklar va bomba hujumlari natijasida 800 mingdan ortiq kishi oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan.

Chorshanba (12-fevral) kuni Erdoʻgʻon agar Turkiya askarlari yana hujumga uchraydigan boʻlsa, Suriya rejimi kuchlariga qarshi “hamma joyda” zarba berish bilan tahdid qilar ekan, payshanba (13-fevral) kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaygʻuli statistikani yangilagan.

Soʻnggi kunlarda Turkiya Suriyadagi isyonchilarning soʻnggi istehkomi boʻlgan Idlibdagi mavqeini yanada mustahkamladi. AFP muxbirining xabar berishicha, oʻtgan haftaning juma kunidan beri Binnish shahriga artilleriya ortilgan yuzlab mashinalar va askarlar yetib kelgan.

Turkiya rasmiylariga koʻra, Suriya prezidenti Bashar al-Asadga sodiq kuchlarni chekintirishga urinish ortidan ular soʻnggi 9 kun ichida 14 askar yoʻqotib, Suriya rejimining oʻnlab harbiylarini oʻldirganlar.

Suriyalik isyonchi Idlib yaqinida Rossiya qoʻllovidagi koʻngilli askarga qarata oʻt ochmoqda, Suriya, 7-fevral. (Fayl)

Suriyalik isyonchi Idlib yaqinida Rossiya qoʻllovidagi koʻngilli askarga qarata oʻt ochmoqda, Suriya, 7-fevral. (Fayl)

2018-yilda Sochida Turkiya va Rossiya oʻrtasida imzolangan kelishuvga qaramay, dekabr oyida Rossiya aviatsiyasi qoʻllovidagi Suriya kuchlari Idlibni isyonchilardan tortib olish maqsadida jangovar yurishini davom ettirdi.

Hujum natijasida bir qator shaharlar va muhim avtomagistral bosib olingan, yuzlab tinch aholi oʻldirilgan va ogʻir qish sharoitlarda bir necha yuz ming inson boshpanasiz qolgan.

Erdogʻanning Rossiyani tanqid qilishi kamdan-kam uchraydigan holatdir.

“Rossiya harbiylari va Eron jangarilari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan rejim tinch aholiga tinimsiz hujum qilib, qirgʻinlar va qon toʻkilishiga sabab boʻlmoqda”, deb aytgan Erdoʻgʻon parlamentda oʻz hukmron partiyasi majlisida.

800 ming kishi qochqinga aylandi

Rossiya qoʻllovidagi rejimning Suriya shimoli-gʻarbidagi isyonchilarning soʻnggi istehkomiga hujumi natijasida dekabr oyidan beri 800 mingga yaqin kishi boshpanasiz qoldi, deb xabar bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) payshanba kuni.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (OCHA) xabariga koʻra, 2019-yilning 1-dekabridan 2020-yilning 12 fevraliga qadar Suriya shimoli-gʻarbidan evakuatsiya qilingan 800 mingdan ortiq kishining taxminan 60 foizini yosh bolalar tashkil qiladi.

Rossiya va rejim tarafidan Suriyadagi isyonchilarning soʻnggi qoʻrgʻoniga uyushtirilgan bomba hujumlari natijasida bir kunda 29 fuqaro halok boʻlgan, deb xabar bergan kuzatuvchilar dushanba kuni. Rejimning shimol tarafga yurishi Turkiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda.

Dushanba kuni Halab viloyatidagi Abin Seman qishlogʻiga uyushtirilgan hujumda halok boʻlgan toʻqqiz kishi orasida olti nafar yosh bola ham bor edi. Bu hududda Rossiya qoʻllovidagi rejim kuchlari muhim avtomagistralni qoʻlga olish maqsadida shiddatli janglar olib bormoqda, deb xabar bergan Suriya inson huquqlari observatoriyasi.

Observatoriya maʼlumotlariga koʻra, voqeadan bir kun avval Rossiya va rejim tomonidan amalga oshirilgan bomba hujumlari natijasida Idlib va Halab viloyatlarida kamida 20 nafar tinch aholi vakili nobud boʻlgan.

Dekabr oyidan beri Moskva qoʻllovidagi Suriya hukumat kuchlari Idlib viloyatiga shiddatli hujum uyushtirib, shaharlarni birin-ketin egallab olgan.

Shuningdek, Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarba berish maqsadida mamlakatdagi kasalxonalarni qasddan bombalagani haqida yangi dalillar paydo boʻlgan.

Kremlning Suriyada oʻz ekspansiyasi qamrovini kengaytirishga qaratilgan halokatli operatsiyalari mahalliy aholining shiddatli va gʻazabnok qarshiligiga duch kelgan.

Noyabr oyi oʻrtalarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv mahalliy aholi orasida norozilik kuchayib borayotganini koʻrsatdi – suriyaliklar Kreml egallab olishga urinayotgan hududlarni nazorat qilayotgan Rossiya harbiy mashinalarga qarata yonuvchi aralashmalar va toshlarni uloqtirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Suriyaning tinch aholisi oʻlimida rossiyaliklar aybdor

Javob berish

Bu haromzoda Rossiya vayron qilinishi kerak

Javob berish

Kreml va Rossiya neofashistlardir.

Javob berish