Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiya qoʻllovidagi bomba hujumlari natijasida Suriyada maktabga ketayotgan bolalar halok boʻldi

Karvonsaroy va AFP

4-noyabr tongida Arixa shahrida hukumat kuchlarining hujumi natijasida halok boʻlgan yosh bolaning jasadini olib ketayotgan suriyalik erkak. (Muhammad AL-RIFAI/AFP)

4-noyabr tongida Arixa shahrida hukumat kuchlarining hujumi natijasida halok boʻlgan yosh bolaning jasadini olib ketayotgan suriyalik erkak. (Muhammad AL-RIFAI/AFP)

Chorshanba (4-noyabr) kuni Idlib viloyati shimoli-gʻarbida Suriya rejimining Rossiya qoʻllovidagi bomba hujumlarida halok boʻlgan 7 nafar tinch aholi orasida toʻrt nafar yosh bola ham boʻlgan. Bu haqda Suriyaning inson huquqlari observatoriyasi xabar qildi.

Bomba hujumlari Idlib, Arixa, Ixsim, Kafraya, Marayan, Balshun, Balyun, Shannon, al-Baro va Der Sunbul shaharlariga yoʻnaltirildi, deydi idliblik faol Musab Assaf.

Eng halokatli zarbalar Arixada amalga oshirilgan, deb xabar beradi оbservatoriya. “Tahrir ash-Shom” ekstremistik alyansi nazoratidagi Idlib viloyati boʻylab 20 kishining jarohatlangani aytilmoqda.

“Rejim kuchlari tongda Idlibning bir nechta hududiga uzluksiz artilleriya va raketa zarbalarini berdi. Natijada yetti nafar tinch aholi vakili, jumladan toʻrtta yosh bola halok boʻlgan”, deb xabar beradi tashkilot.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Idlib viloyati, Qah qishlogʻi yaqinidagi odamlar bilan toʻla qochqinlar lageriga maktabdan qaytayotgan suriyalik bolakay. 28-oktabr. (Ahmad al-ATRASh/ AFP)

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Idlib viloyati, Qah qishlogʻi yaqinidagi odamlar bilan toʻla qochqinlar lageriga maktabdan qaytayotgan suriyalik bolakay. 28-oktabr. (Ahmad al-ATRASh/ AFP)

Ertalabdan boshlangan bombalash amaliyotida Idlib shahri va uning ichki tumanlaridagi bir qator aholi yashovchi hududlar nishonga olingan, dedi Assaf.

Uning aytishicha, halok boʻlgan bolalar maktabga ketayotgan boʻlishgan.

Shuningdek, gumanitar tashkilotning ikki xodimi va oʻz uyida boʻlgan bir fuqaro ham halok boʻlgan, dedi u.

“Oq dubulgʻalilar” jamoasi ayollar va bolalardan iborat tibbiy yordamga muhtoj 20 ga yaqin odamni tibbiy markazlarga olib kelishgan, dedi Assaf.

Bu orada Suriya shimoli-gʻarbidagi Idlib va ​​uning atrofida davom etayotgan Rossiya havo hujumlari keng miqyosli vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan, qishloq xoʻjaligi sanoati va savdo-sotiq butunlay toʻxtagan, bolalar taʼlim olish imkoniyatidan mahrum boʻlganlar.

Rossiya samolyotlari bir necha yillardan beri bu hududdagi nishonlarni bombalashda davom etayotgan boʻlsa-da, soʻnggi oylarda zoʻravonlik amaliyotlari yanada kuchaygan.

Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan fuqarolik obyektlari, jumladan kasalxonalarning qasddan bombalanishi natijasida kamida 6500 nafar tinch aholi vakili hayotdan koʻz yumdi va bir millionga yaqin odam qochqinga aylandi, Rossiyaning sharqiy Suriyaga harbiy aralashuvi esa“Islom davlatiga” (ID) qarshi kurash choralarini yoʻqqa chiqarmoqda.

Havo hujumlari natijasida mahalliy aholi oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan, ayrim suriyaliklarning gumon qilishicha, Rossiya ularning qaytishiga yoʻl qoʻymay, mintaqada demografik oʻzgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Rossiyaning ortga qaytishidan darak yoʻq

Suriya rejimi Rossiyaning bevosita yordamisiz oʻzining muntazam harbiy harakatlarini olib bora olmas edi, deydi suriyalik jurnalist Muhammad al-Abdulloh.

Rejim tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlarga Rossiya harbiy kuchlari boshchilik qilmoqda, deya taʼkidladi u. Bu rejim urush maydonida olib borayotgan har qanday harbiy amaliyot Rossiya armiyasi tomonidan tasdiqlanishi va qoʻllab-quvvatlanishi kerak, deganidir.

Tinch aholining halok boʻlayotgani va Rossiyaning Suriya rejimini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan harbiy aralashuvi xalqaro miqyosda qoralanganiga qaramay, ruslarning ortga qaytishidan darak yoʻq, dedi u.

U Moskvaning subutsizligiga ishora qilar ekan, avvalroq hududdagi harbiy operatsiyalar yakunlangani va qoʻshinlarning amaliyotda ishtirok etmasligi haqida bayonot berganiga qaramay, bunga teskari ish qilayotganini aytib oʻtgan.

Bu orada Idlibning odamlarga liq toʻla qochqinlar jamloqlarida boʻlib turgan suriyaliklar va gumanitar xodimlar kasallanganlar sonining oshishi bilan yangi koronavirusning (COVID-19) kuchayib ketishidan xavotirda.

Sentyabr oyi oxirida Suriyaning Idlib viloyatiga yogʻdirilgan Rossiya aviazarbalari yaqinda oʻz uylariga qaytib kelgan oʻnlab oilalarni COVID-19 pandemiyasi avj olayotgan jamloqlarga qaytishga majbur qilgan edi.

“Shimoli-gʻarbiy hududda oʻtgan oy ichida tasdiqlangan kasallanishlar soni olti martaga koʻpaygan, shuningdek raqamlar qochqinlar jamloqlari va aholi punktlarida ham ortib bormoqda”, deb xabar bergan BMT bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mark Loukok oʻtgan hafta.

Suriya shimoli-gʻarbidagi shifokorlar shu choqqacha rasman 5075 ta kasallanish, jumladan 42 ta oʻlim holatini qayd etganlar.

Oʻtgan haftada olingan xabarga koʻra, shulardan 860 tasi shifokorlar ichida va 330 ga yaqini jamloqdagilar orasida qayd etilgan.

Idlib sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbari doktor Yahyo Nehmega koʻra, fuqarolardan ijtimoiy masofa saqlash soʻralgan, ammo mintaqadagi yuzlab aholi punktlarida bu “deyarli imkonsiz” ekanligi aytiladi.

Jamloqlarda sanoqli odam niqob taqadi. Koʻpchilik ularni sotib ololmaydi yoki muntazam alishtirib turishga qodir emas, antiseptik gellarni esa gapirmasa ham boʻladi.

Koʻpchilik uchun oziq-ovqat, suv, dori-darmon va maktab anjomlari muhimroqdir.

“Bu odamlarning boshpanasiz qolgani va ayni damda bunday achinarli sharoitda yashayotganiga rejim va Rossiya qurolli kuchlari aybdor”, deydi Nehme.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

qachongacha yosh bollar halok boladi mysulmonla qachon tugaydi bu lanati urush

Javob berish

Karvonsaroy Gʻarbga oʻxshab hamma ishlarda Rossiyaning qoʻli bor deb biladi. Nega xoʻjayinlaringiz haqida gapirmaysiz? 2011, 2015-yillarni eslang: Rossiya hali Suriyaga kirmagandi; Gʻarb koalitsiyasi va ularning malayi boʻlgan ISHID qariyalar va bolalarga qarshi jang qildi. Oʻshanda qancha tinch fuqaro oʻldirilganini hisoblab, gazetchangizda yozib chiqmaysizmi? Kim Suriyaga besh yildan oshibdiki insonparvarlik yordami koʻrsatayotgani va “barmaleylarni” yoʻq qilayotganini yoriting. Shu haqda maqolangizni bajonidil oʻqiymiz. Yoki bu sizning vakolatingizga kirmaydimi ???

Javob berish

Nega Rossiyani BMTdan haydab chiqarishmaydi?

Javob berish

Chunki usiz BMTning oʻzi keraksiz!

Javob berish

Bularni sizga Oq dubulgʻalilar aytdimi? Yoki Sem amakining razvedkasimi? Ularga faqat oʻzini hurmat qilmaganlar ishonadi!

Javob berish

Nimaga bu ahmoq, savodsizlar onlayn muhokamalarga tiqiladi? Oddiy fitnachilar... Kommentlarga kim qaraydi?

Javob berish

Ruslar bosqinchi va jinoyatchidir

Javob berish

Rossiyaning oʻlim otryadlari va Suriya xalqining qotillari oʻz jinoyatlari uchun javob beradilar.

Javob berish