MAʼARRAT AL-NUʼMON, Suriya – Dushanba (2-dekabr) kuni Rossiya va Suriyaning havo hujumlari natijasida muxolifatning soʻnggi yirik istehkomida kamida 19 nafar tinch fuqaro qurbon boʻlgan. Bu haqda Suriya inson huquqlari observatoriyasi xabar qildi.
Suriya rejimining Idlib viloyatidagi Maʼarrat al-Nuʼmon bozorini havodan oʻqqa tutishi oqibatida 13 kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda qarorgohi Britaniyada joylashgan urushni kuzatuvchi tashkilot xabar bergan.
AFP muxbiri qutqaruvchilar zambilda jarohatlangan kishini olib ketayotgani, yana bir jasad har tarafga sochilgan meva-sabzavotlar orasida harakatsiz yotganiga guvoh boʻlgan.
Bozordagi sotuvchilardan biri 35 yashar Mohir Muhammadning soʻzlariga koʻra, bu yillar davomida u koʻrgan eng dahshatli hujum boʻlgan.
“Bozorning yarmini bombardimon qilishdi”, dedi besh farzandning otasi AFP nashriga. “Doʻkon ichiga qochib kirib, yerga yotib oldik.”
Idlibning boshqa hududlariga qarata Rossiya va Suriya hukumati birgalikda amalga oshirgan hujumlarda yana olti kishi halok boʻlgan, bu yerlar asosan sobiq Al-Qoida shoʻbasi boshqaruvidagi guruh nazorati ostida, deydi observatoriya.
Urush avjiga chiqmoqda
Observatoriyaga koʻra, Rossiya talabi bilan avgust oyidan otashkesim kuchga kirgan, 30-noyabrdan beri Idlib viloyatining chekka hududlarida eng qonli janglar ketmoqda.
Shanbadan beri ellik toʻrt nafar hukumat askari, ularga qarshi kurashayotganlardan esa 47 kishi, jumladan 33 jangari oʻlgan.
Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat yakunda Turkiya bilan chegaradosh shimoli-gʻarbiy hududlarni oʻz nazoratiga olishini anchadan beri aytib kelar edi.
Bir necha oylar davomida Rossiya qoʻllab-quvvatlagan hukumat hujumlari natijasida 1000 ga yaqin tinch aholi vakilining oʻlishi va yuz minglab odamlar uy-joysiz qolishi ortidan avgust oyi oxirida otashkesim kuchga kirgan edi.
Ammo toʻqnashuvlar bot-bot yuz berib turdi, Rossiya va hukumatning jangarilar qalʼasini bombalashi natijasida 179 ta tinch fuqaro, jumladan 45 ta yosh bola halok boʻldi.
Anqara va kurd rasmiylari bilan alohida kelishuvlar asosida oktabr oyida boshlangan transchegaraviy operatsiyadan soʻng, Rossiya va hukumat kuchlari shimoli-sharqiy Suriyaning bir necha qismiga joylashgan.
Operatsiya boshlanganidan keyin ikki oy ichida Turkiya kurd jangchilarini chegara boʻylab joylashgan 120 km uzunlikdagi “xavfsiz hududdan” chiqarib yubordi. U yerga suriyalik qochqinlar joylashtirilishi aytilgan edi.
Qoʻshimcha hujumlar yuz berishi mumkinligi fonida Suriya demokratik kuchlari (SDK) qoʻmondoni, general Mazlum Abdiy Rossiya harbiylarining Amuda, Tal Tamr va Ayn-Issada joylashishiga rozi boʻlgan.
Dushanba kuni observatoriya Rossiya kuchlari Amudaga va shahardan bir kilometr gʻarbdagi hududga kirgani haqida xabar berdi.
Hujum belgilari
Gʻarb davlatlari Moskva va Damashqni tinch aholiga qarshi hujumlarni toʻxtatishga chaqirib kelmoqda.
8-noyabr kuni AQSH davlat departamenti ikki kun avval shimoli-gʻarbiy hudud uzra amalga oshirilgan hujum natijasida maktab va tugʻruqxonaga zarba berilgani va unda 12 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
“Yuz bergan soʻnggi hodisalar Rossiya va Suriya kuchlari tomonidan tinch aholi va infratuzilmaga qarshi puxta oʻylangan hujumlar rejasi borligidan darak beradi”, degan edi oʻshanda Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus.
“Biz Rossiya va Asad rejimini ushbu mojaroni BMT koʻmagidagi siyosiy jarayon orqali hal etishga va tinch hududlarda urushni toʻxtatishga chaqiramiz”, dedi u.
2015-yildan beri Rossiyaning harbiy operatsiyalari natijasida 6686 fuqaro halok boʻlgan, deyiladi Rossiyaning Suriya mojarosiga harbiy aralashuviga toʻrt yil toʻlishi munosabati bilan eʼlon qilingan Suriya inson huquqlari tarmogʻining 30-sentabr kungi hisobotida.
Suriyalik faollar tomonidan toʻplangan dalillarga koʻra, halok boʻlganlar orasida 1928 nafar yosh bola va 908 ta ayol bor.
Hisobotda, shuningdek, Rossiya harbiylarining xalqaro miqyosda taqiqlangan kassetali bombalardan foydalanishi bilan bogʻliq 236 ta, shuningdek, yondiruvchi qurol qoʻllash bilan bogʻliq 125 ta holat qayd etilgan.
Hisobotga koʻra, ushbu xulosalar Rossiya hukumati yoki uning nomidan berilgan yolgʻon bayonotlar va OAV xabarlaridagi “Rossiya faqat terrorchilarni yoʻq qilish va Suriya xalqiga yordam berish bilan shugʻullanmoqda”, degan maʼlumotlarga zid.
Bu orada may oyida Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarba berish maqsadida mamlakatdagi kasalxonalarni qasddan bombalagani haqida yangi dalillar paydo boʻlgan. Moskva fuqarolik inshootlarini qasddan bombalaganini rad etmoqda.
Kimyoviy qurollar tergovi
Suriyada tinch aholiga qaratilgan bir nechta hujumlarda kimyoviy qurol ishga solingan.
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining (KQTT) mart oyidagi hisobotida aytilishicha, 2018-yilning 7-aprelida isyonchilar qoʻlida boʻlgan Duma shahriga qarshi hujumlarda xlorin gazi qoʻllangani tasdiqlangan. Buning oqibatida, guvohlarga koʻra, 43 kishi halok boʻlgan.
Xalqaro hamjamiyatning aksar qismi bu hodisada Asad rejimini ayblab, javob tariqasida harbiy inshootlarni havodan oʻqqa tutgan edi.
Kimyoviy qurol qoʻllangani bilan bogʻliq holatni yashirishga uringan Kreml KQTT hisobotini rad etib, bu vahshiyliklar “Oq dubulgʻalilar” nomi bilan tanilgan suriyalik qutqaruvchi-koʻngillilar tomonidan “sahnalashtirilgani”ni iddao qilgan.
28-noyabr kuni Kreml Suriyadagi kimyoviy hujum aybdorlarini aniqlaydigan yangi tergov guruhi (IIT) budjetini bloklashga urindi, ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. KQTTga aʼzo davlatlar koʻpchilik ovoz bilan yangi budjetni tasdiqladilar.
Moskva va uning ittifoqchilari yangi tergov guruhi uchun mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan boʻlsa, tashkilotning kelgusi yilgi budjetiga veto qoʻyishga urindilar. Bu chora tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyishi mumkin edi.
Ammo, payshanba kuni tashkilotga aʼzo 106 davlat yangi budjetni yoqlab ovoz berdi va kimyoviy qurollarni nazorat qiluvchi xalqaro tashkilotni qoʻllab-quvvatlashini namoyon etdi. Unga faqat 19 mamlakat, jumladan Rossiya va Suriya qarshi ovoz bergan.
Oʻtgan yili 99 mamlakat budjetni yoqlab ovoz bergan, 27 tasi qarshi chiqqandi.
KQTTning 2020-yil uchun umumiy budjeti qariyb 71 million yevroni (76 million AQSH dollari) tashkil etadi. Bu 2019-yilga nisbatan 1,8 foizga koʻproq boʻlib, KQTT hujjatlariga muvofiq IITni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi.
Avvalroq, KQTTga aʼzo 193 davlat ishtirokida tashkilotning Haagadagi bosh qarorgohi yaqinida oʻtgan har yilgi uchrashuvida Amerika Qoʻshma Shtatlari Kremlni Damashq tomonidan kimyoviy qurol ishlatilgani bilan bogʻliq holatni yashirishda ayblagan edi.
“Suriyaning qilmishini yashirib boʻlmaydi, chunki xalqaro hamjamiyat oʻz qatʼiyatida sobitdir. Afsuski, Rossiya bu harakatlarni yashirishda asosiy rolni oʻynadi”, dedi AQSHning KQTTdagi elchisi Kennet Uord.
“Rossiya va Suriya safimizda boʻlishi mumkin edi, lekin ular bizdan butunlay ayro holatda turibdi”, dedi u. “Ular kimyoviy qurolni qoʻllashda davom etmoqdalar.”
Россия бориб турган фашист давлат
Javob berishFikrlar 15
Central Asia (Karvansaroy demoqchi) amerikaparast manba, qandaydir safsatalarni yozadi. Hammayoqni portlatadigan va dunyoni barbod qiladiganlar – amerikaliklar boʻladi. Ularning oyogʻi yetgan joy borki, oʻsha yerda urush va vayronagarchiliklar.
Javob berishFikrlar 15
Mutloq dezinformatsiya.
Javob berishFikrlar 15
Hammasiga besoqolboz Yankilar aybdor. Iroq, Liviya, Afgʻonistonni vayron qilishdi. Endi Suriyaga oʻtishdi. Ona Rossiya oʻz ittifoqchilarini yordamsiz tashlab qoʻymaydi!!!
Javob berishFikrlar 15
Qo‘shma Shtatlar va Angliya tezroq bu vata marazlarini yo‘q qilsin.
Javob berishFikrlar 15
To‘g‘ri qilishadi! Sen xayvonlarni, ayniqsa ruslardan nafratlanadiganlarni yo‘q qilish kerak.
Javob berishFikrlar 15
Sahnalashtirilgan deb o‘ylayman! Ruslar emas, amerikaliklar tinch aholini bombardimon qilyapti! Tashviqot!
Javob berishBu ruslar doim tinch aholiga qarshi kurashgan. Bu Qo‘shma Shtatlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ladi.
Javob berishFikrlar 15
O‘z yerida halok bo‘lganlar achinarli
Javob berishFikrlar 15
Rossiyaning jinoiy xatti-harakatlari javobsiz qolmaydi
Javob berishFikrlar 15
Ruslar hali hammasiga javob beradi, razillar.
Javob berishFikrlar 15
Ruslar dunyodagi barcha terrorchilarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Javob berishUlarning oʻzlari terrorchi
Javob berishFikrlar 15
Moskallar hayvondan battar
Javob berishFikrlar 15
Sahnalashtirilgan jirkanch voqea.
Javob berishFikrlar 15