Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xalqaro hamjamiyatning Suriya bo‘yicha yakdil qarori Rossiyani yakkalab qo‘ydi

Karvonsaroy va AFP

AQSH Mudofaa vazirligi Suriya rejimining kimyoviy hujumni amalga oshirganiga javoban “Monterey” harbiy kemasidan Suriyaga qarata uchirilgan Tomagavk raketalari suratini chop etdi. (AQSH Mudofaa vazirligi/ AFP)

VASHINGTON – Jahon hamjamiyati 14-aprel, shanba kuni Suriya prezidenti Bashar Asad rejimining kimyoviy qurol qo‘llaganiga qarshi jazo choralari ko‘rishni bir ovozdan ma’qullashi Rossiya va uning tobora kamayib borayotgan ittifoqdoshlarini yakkalab qo‘ydi.

6-aprel kuni Damashq yaqinidagi isyonchilar makoni bo‘lgan Duma shahrida Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Suriya rejimi kimyoviy qurolni ishga solishda ayblanmoqda, hujum natijasida 40 kishi halok bo‘lgan yana 500 dan ortig‘i shifoxonaga yetkazilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Fransiya shanba kuni rejim xalqaro qonunchilikni “ochiqdan ochiq buzganiga” javoban erta tongdan Suriyaning kimyoviy qurol ishlab chiqaruvchi inshootlari deb gumon qilingan obyektlarga zarbalar bergan.

AQSh qo‘shma qo‘shinlari bosh shtabi rahbari general Jozef Danfordning ta’kidlashicha, aniq zarbalar uchta mo‘ljalga qaratilgan, ular: Damashq yaqinidagi ilmiy tadqiqot markazi, poytaxt yaqinidagi omborxona va qo‘mondonlik punkti hamda Homs yaqinidagi kimyoviy qurollarni saqlash inshooti.

F-18 bomba tashuvchisi “Teodor Ruzvelt” harbiy samolyot tashuvchi kemasiga qo‘nmoqda, 5-fevral. “Teodor Ruzvelt” va uning harbiy zarba guruhi Yaqin Sharqdagi AQSHning 5-flot operatsiya hududiga joylashtirilgan. (AQSH dengiz kuchlari fotosurati)

F-18 bomba tashuvchisi “Teodor Ruzvelt” harbiy samolyot tashuvchi kemasiga qo‘nmoqda, 5-fevral. “Teodor Ruzvelt” va uning harbiy zarba guruhi Yaqin Sharqdagi AQSHning 5-flot operatsiya hududiga joylashtirilgan. (AQSH dengiz kuchlari fotosurati)

Damashq shimolidagi Barze tumanida joylashgan Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar markazining bir qismi deb ta’riflangan bino xarobalari. Surat Suriya axborot vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan media-tur davomida tasvirga olingan. Suriyaning “SANA” davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, bir nechta raketalar ushbu markaz binosiga kelib urilgan va “ilmiy laboratoriya hamda o‘quv markazi joylashgan binoni yo‘q qilgan.” (Louayi Beshara / AFP)

Damashq shimolidagi Barze tumanida joylashgan Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar markazining bir qismi deb ta’riflangan bino xarobalari. Surat Suriya axborot vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan media-tur davomida tasvirga olingan. Suriyaning “SANA” davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, bir nechta raketalar ushbu markaz binosiga kelib urilgan va “ilmiy laboratoriya hamda o‘quv markazi joylashgan binoni yo‘q qilgan.” (Louayi Beshara / AFP)

Rossiya bosh shtabi general-polkovnigi Sergey Rudskoy shanba, 14-aprel kuni deyarli bo‘sh ko‘ringan matbuot zalida Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

Rossiya bosh shtabi general-polkovnigi Sergey Rudskoy shanba, 14-aprel kuni deyarli bo‘sh ko‘ringan matbuot zalida Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

Pentagonning yuqori lavozimli rasmiysi, general-leytenant Kenet MakKenzining so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Suriyaning kimyoviy qurollar dasturini “bir necha yillarga” ortga suradi.

Suriya davlat ommaviy axborot vositalari uch kishi jarohat olgani haqida xabar bergan bo‘lsa, Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya fuqarolari va harbiylari safida “qurbonlar yo‘q” ekanligini aytgan.

Fransiya O‘rtayer dengizidagi fregatlardan qanotli raketalarni uchirgan va hujum doirasida harbiy samolyotlarni jangovor holatga keltirgan. Britaniya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, to‘rtta Tornado harbiy samolyoti “Storm Shadow” raketalarini Homs shahridan 25 km uzoqlikdagi harbiy baza tomon yo‘naltirgan.

Shanba kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Iv Le Drian bergan xabarga ko‘ra, uchirilgan raketalar Damashqdagi kimyoviy qurol zahiralarining “katta qismini” yo‘q qilgan.

Rossiya maxluq tarafini olmoqda

Ehtimoliy gaz hujumini “maxluq jinoyatlari” deb nomlagan AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni o‘tgan Oq uy bayonotida Suriya hukumatiga qarshi harbiy harakatlar haqida e’lon qildi va Kreml tomonidan bo‘lgan ogohlantirishga qarshi chiqdi.

“Yovuz va daxshatli hujum onalar va otalar, go‘daklar va yosh bolalarni og‘riqdan azoblanib nafas ololmaydigan kuyga soldi”, dedi u. “Bu odamning ishi emas. Bu maxluqning jinoyatlari.”

“Mazkur jamoaviy chora xalqaro hamjamiyat bir chetda turib kimyoviy qurol qo‘llanilishiga toqat qilmasligini namoyon etadi”, dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shanba kuni.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg hujumlarni qo‘llab-quvvatlab, ular “rejimning Suriya xalqiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llash holatlarini kamaytiradi”, dedi.

“Biz Duma hujumi oldida insoniyatning vijdonini oz bo‘lsa-da yengillashtirgan ushbu amaliyotni olqishlaymiz”, dedi Turkiya tashqi ishar vazirligi o‘z bayonotida.

“Yetti yildan ortiq davr ichida oddiy yo‘llar yoki kimyivoy qurol bilan o‘z xalqini azoblab kelgan Suriya hukumati insoniyatga qarshi va urush jinoyatlari sodir etganiga oid tasdiqlangan dalillar bor”, dedi u.

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk Twitterdagi xabarida Yevropa Ittifoqi hujumlarni qo‘llab-quvvatlagan va “ittifoqchilarimiz bilan adolat tomonida bo‘lamiz”, deb yozgan.

“AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan hujumlar Suriya hukumati Rossiya va Eron bilan birgalikda insoniyat fojeasini davom ettira olmasligi, aks holda, bu javobsiz qolmasligini ko‘rsatdi”, dedi Tusk Twitter xabarida.

Germaniya kansleri Angela Merkel hujumlarni “zarur va kerakli harbiy aralashuv” deb atagan.

Chexiya respublikasi, Nederlandiya, Portugaliya, Ruminiya, Sloveniya va Ispaniya kimyoviy qurol qo‘llanganligi isboti mavjudligi sabab hujumlarni oqladi.

Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari ham qollab-quvvatlovchi bayonotlarni e’lon qildilar. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri hujumlar “rejim jinoyatlariga qarshi javobni ifoda etishi sababli” Saudia Arabistoni ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Kremlning “soxta yangiliklari”

Jazo hujumlarini amalga oshirish paytidaKreml chora-tadbirlarni bartaraf etish va tartibsizlik keltirib chiqarish maqsadida bir qator sun’iy iddaolarini e’lon qildi. Ammo bu harakatlar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Rossiya mudofaa vaziri Igor Konashenkovning juma kungi bayonotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya (Suriyaning isyonchilar nazoratida bo‘lgan hududlarida aholiga yordam ko‘rsatadigan) “Oq dubulg‘alilar”ga bosim o‘tkazgan va shu tariqa ular kimyoviy hujum haqida soxta xabarlar tarqatganlar.

Harbiylar “Sharqiy G‘utadagi ushbu fitna bevosita Buyuk Britaniya ishtirokida uyushtirilganini isbotlovchi” dalillarga ega, dedi Konashenkov.

Britaniyaning BMTdagi vakili Karen Pirs matbuot kotibining bu so‘zlarini “beo‘xshov” va “chidab bo‘lmaydigan yolg‘on” deb atadi.

“Bu Rossiya tashviqot mashinasining biz ko‘rgan eng yomon soxta xabarlaridan biri bo‘ldi, dedi BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida jurnalistlarga intervyu bergan Pirs.

Ushbu izohlar ortidan juma kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaga qarshi jazo tariqasida amalga oshirilajak hujumlar natijasida Yevropaga migrantlar oqimi ko‘payishi haqida ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora Yevropa aholisi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan.

Voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib kelganlarning foto, video va akkauntlarining guvohlik berishicha, o‘tgan hafta oxirida xlor gazi vositasida amalga oshirilgan hujum Dumadagi isyonchilar makonini vayron qilgan. AQSH va Fransiya ushbu hujum ortida Suriya rejimi turganini tasdiqlovchi “dalillarga ega” ekanligini ma’lum qildi.

Kimyoviy hujumni tergov qilish davom ettiriladi

Shanba kuni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) dunyo miqyosida kimyoviy qurollarni nazorat qiluvchi tashkilot ekspertlari Dumada ehtimoliy gaz hujumini tergov qilishda davom etayotganini ma’lum qildi.

“KQTT vaziyatni baholash va jamoaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida” BMTning xavfsizlik bo‘yicha ekspertlari bilan “yaqin hamkorlikda” ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

U Dumaga shanba kuni yetib keladigan faktlarni aniqlash bo‘yicha missiya “kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi da’volarga aniqlik kiritish uchun Suriya arab respublikasida ish boshlashini” ta’kidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH buyrug‘i bilan, Angliya yoki Shtatlarda yetishtirilgan “vatanparvar” yozgan buni.

Javob berish

Amerika tashviqoti

Javob berish

Agar xalqaro hamjamiyat AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu raketa hujumlarini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, unda bu Asad haqiqatan ham kimyoviy qurol ishlatganini bildiradi.

Javob berish

Bu maqolani qaysi ahmoq yozgan? Amerikaliklarga sotilganmi deyman?

Javob berish

O‘sha yerda tug‘ilgan u

Javob berish