Karvonsaroy
Xavfsizlik

Moskvaning yollanma jangarilari liviyalik qoʻmondonni qoʻllashda davom etar ekan, tinch aholi orasida qurbonlar soni oshmoqda

Karvonsaroy va AFP

Liviya Milliy kelishuvi hukumatining (MKH) Ichki ishlar vazirligiga qarashli xavfsizlik kuchlari xodimi poytaxt Tripolidan 65 km janubi-sharqda joylashgan Tarxunadagi ommaviy qabr joylashgan joyga ishora qilmoqda, 11-iyun. [Mahmud TURKIYA/AFP]

Liviya Milliy kelishuvi hukumatining (MKH) Ichki ishlar vazirligiga qarashli xavfsizlik kuchlari xodimi poytaxt Tripolidan 65 km janubi-sharqda joylashgan Tarxunadagi ommaviy qabr joylashgan joyga ishora qilmoqda, 11-iyun. [Mahmud TURKIYA/AFP]

Kreml yollanma jangarilardan iborat “Vagner guruhi” vositachilik armiyasi orqali Xalifa Haftarning xalqaro miqyosda tan olingan Liviya hukumatini agʻdarishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlarini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Haftarning Liviya milliy armiyasi (LMA) bilan jangdagi yoʻqotishlari va uning yollanma jangarilar bilan kelishmovchiliklari haqidagi xabarlar fonida Moskvaning mamlakatni egallab olishga boʻlgan urinishi Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun sarosimaga aylandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi maʼlumotlariga koʻra, 800 dan 1200 nafargacha yollanma askarga ega Vagner guruhi xalqaro maydonda maxfiy tarzda Putinning rejalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

Vagner guruhi Liviya mojarosiga aralashuvdan tashqari, dunyoning bir qator mamlakatlari, jumladan, Suriya, Sudan, Venesuela, Madagaskar va boshqa mamlakatlarda faol harakat qilgan va qilmoqda.

Liviya poytaxti Tripoli janubida portlovchi moslama qoldiqlarini ushlab turgan sapyor, 2020-yilning 15-iyuni. Human Rights Watch tashkilotining shu oy boshida maʼlum qilishicha, Haftar tarafdori boʻlgan kuchlar Tripolining janubiy tumanlaridan chiqib ketayotgan paytda, ushbu hududlarga Rossiya va sovet minalarini qoʻyib ketgan. [Mahmud TURKIYA/AFP]

Liviya poytaxti Tripoli janubida portlovchi moslama qoldiqlarini ushlab turgan sapyor, 2020-yilning 15-iyuni. Human Rights Watch tashkilotining shu oy boshida maʼlum qilishicha, Haftar tarafdori boʻlgan kuchlar Tripolining janubiy tumanlaridan chiqib ketayotgan paytda, ushbu hududlarga Rossiya va sovet minalarini qoʻyib ketgan. [Mahmud TURKIYA/AFP]

BMT tomonidan tan olingan Liviya milliy kelishuv hukumatiga (MKH) sodiq jangchilar 2020-yil 4-iyun kuni Tripoli xalqaro aeroportida Moskva qoʻllovidagi kuchlar tomonidan urib tushirilgan samolyot qoldiqlariga qarab turibdi. [Mahmud TURKIYA/AFP]

BMT tomonidan tan olingan Liviya milliy kelishuv hukumatiga (MKH) sodiq jangchilar 2020-yil 4-iyun kuni Tripoli xalqaro aeroportida Moskva qoʻllovidagi kuchlar tomonidan urib tushirilgan samolyot qoldiqlariga qarab turibdi. [Mahmud TURKIYA/AFP]

Vagner Rossiya harbiy kuchlari bilan muvofiqlashgan holda Ukraina sharqidagi fuqarolar urushi ortida turgan va 2014-yilda Moskvaning Qrimni noqonuniy egallab olishida muhim rol oʻynagan.

Kremlning Suriya prezidenti Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashi oʻz ortidan fojiali xunrezlik izlarini qoldirgan.

Xalqaro Migratsiya tashkilotiga koʻra, Haftarning Tripolini egallab olishga bir necha yillik urinishi davomida Liviyadagi xunrezliklar sabab yuzlab insonlar oʻlgan, 200 mingdan koʻproq odam oʻz uyini tark etgan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan minalar

Yil boshidagi shiddatli janglardan soʻng aholi punktlariga qoʻyib ketilgan minalar va qoʻlbola portlovchi moslamalar tufayli iyun oyining boshidan beri 100 dan ortiq liviyalik oʻlgan yoki jarohatlangan, deb xabar beradi BMTning Liviyadagi qoʻllab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) yakshanba (28-iyun) kuni.

“Uylarga yoki ularning yoniga oʻrnatilgan minalar va qoʻlbola portlovchi moslamalar 100 dan ortiq qurbonlarga sabab boʻldi, ular orasida tinch fuqarolar bilan sapyorlar ham bor”, deyiladi UNSMIL bayonotida.

Unda oʻldirilganlar va jarohatlanganlar haqida aniq maʼlumot berilmagan.

Mazkur bayonot Liviyaning xalqaro miqyosda tan olingan Milliy kelishuv hukumati (MKH) va Human Rights Watch (HRW) Haftarga sodiq kuchlarni poytaxt janubi yaqinidagi turar-joy mavzelariga minalar qoʻyishda ayblangani ortidan eʼlon qilindi.

29-may kuni MKH Qurolli kuchlari Sovet Ittifoqida yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan va Tripolining aholi yashaydigan tumanlarida “Vagner yollanma jangarilari tomonidan oʻrnatilgani” aytilgan toʻrt turdagi piyodalarga qarshi minalarning fotosuratlarini Twitterga joylagan.

“May oyida Tripolida topilgan piyodalarga qarshi minalar Sovet Ittifoqi va Rossiyaga mansub boʻlib, ular orasida avval Liviyada aniqlanmagan minalar ham bor. Bu minalar mamlakatga soʻnggi yillarda olib kelingan boʻlishi mumkin”, deyiladi HRWning 3-iyun kungi bayonotida.

Oʻlim soʻqmogʻi

Rossiya ishlab chiqarilgan minalari tinch aholi hayotiga zomin boʻlgan yetmagandek, ilgari Xaftar kuchlari nazoratida boʻlgan hududlarda ommaviy qabrlar topilgan.

Haftar Tarxunani tark etganidan keyin, 28-iyun kuni u yerda yangi birodarlik qabristoni topilgan, deya xabar beradi AFP hukumatparast kuchlarga tayanib.

MKHga sodiq kuchlar 5-iyun kuni Xaftarning gʻarbdagi soʻnggi istehkomi boʻlgan Tarxunani qaytarib olishgan.

“Tarxunadagi ommaviy qabrlar borligi taxmin qilingan joyda yakshanba [28-iyun] kuni toʻqqiz jasad topilib, eksgumatsiya qilingan”, deyiladi MKHga sodiq kuchlarning Facebook orqali eʼlon qilingan bayonotida.

Hukumat “Haftar tarafdorlari boʻlgan Al-Kaniy jinoiy toʻdalari qoldirgan” boshqa ehtimoliy qabrlarni qidirishda davom etmoqda, deyiladi bayonotda.

Iyun oyi boshida hukumat kuchlari asosan Tarxuna va uning yaqinida yana sakkizta ommaviy qabr topilganini aytgan, deb xabar beradi AFP.

BMT ushbu mudhish xabarlar yuzasidan xavotir bildirgan.

22-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquqni himoya qilish boʻyicha oliy organi Liviyaga 2016-yildan beri sodir etilgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish uchun faktlarni aniqlash boʻyicha missiya yuborishga buyruq bergan, xalqaro jinoiy sud prokurori esa bu yerda topilgan ommaviy qabrlar harbiy jinoyatlarga dalil boʻlishi mumkinligini aytdi.

Kreml foyda koʻzlamoqda

LMA ortga chekinib, halokatli iz qoldirar ekan, Moskva Liviya neft sanoatida oʻz ulushiga ega boʻlish va katta daromad olish uchun yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanmoqda.

“Rossiya va boshqa xorijlik yollanma jangarilari” 25-iyun kuni Liviya janubidagi muhim neft konlari hududiga kirgan, deb bayonot bergan mamlakat milliy neft korporatsiyasi (MNK) oʻz saytida.

Yollanma askarlar avtomashinalar karvoni bilan Sharara neft koniga kirib, neft obyektlarining qoʻriqlash xizmati vakillari bilan uchrashgan, deya xabar beradi MNK.

MNK raisi Mustafo Sanalla Tripolidan 900 km janubdagi Oubari mintaqasida joylashgan Sharara neft koniga bostirib kirilganini qoraladi.

“Liviya nefti Liviya xalqi uchundir. Men xorijiy mamlakatlarning neft qazib olishni qayta tiklashga yoʻl qoʻymaslik urinishlarini qoralayman”, dedi u.

“Liviya neft konlarida Rossiya va boshqa xorijiy yollanma askarlar boʻlishiga muhtoj emasmiz, dedi Sanalla.

“MNKga oʻz vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish uchun chet ellik yollanma askarlarga katta miqdorda pul toʻlanayotgan bir paytda, Liviya aholisining qolgan qismi esa neft infratuzilmasining inqirozi va MNK xodimlarining zaruriy texnik xizmatni amalga oshira olmayotgani tufayli neftdan olinadigan daromadning toʻxtaganidan qiynalmoqda”, dedi u.

Sharara ishlab turgan vaqtida kuniga 315 ming barrel neft qazib olar edi – bu Liviyada qazib olinadigan kundalik neft hajmining qariyb uchdan biridir.

Neft eksporti davlatning asosiy daromad manbai boʻlib, Liviya Afrikadagi eng katta tasdiqlangan neft zaxiralariga ega.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH putinoidlarga qarshi kurashda Turkiyani qoʻllab-quvvatlashi kerak. Eng muhimi, Xitoy ekspansiyasi va fashizmiga qarshi dunyoni faqat AQSH birlashtirishi mumkin. Aks holda, barcha Markaziy Osiyo xalqlarini uygʻurlarning taqdiri kutmoqda.

Javob berish

Rossiyalik bosqinchi va terrorchilarni joyida yoʻq qilish kerak.

Javob berish