Qozogʻistonda Yadroviy sinovlarga qarshi harakatlar xalqaro kuni nishonlandi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Payshanba (29-avgust) kuni Sovet davrida yadroviy qurollar sinalgan Semipalatinsk (hozirgi Semey) poligonining Qozogʻiston prezidenti qarori bilan yopilganiga 28 yil toʻldi, deb xabar berdi Kazinform nashri.

29-avgust, shuningdek, 2009-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan yadroviy sinovlarga qarshi kuni deb eʼlon qilingan.

Oʻsha vaqtda prezident boʻlgan Nursulton Nazarboyev tomonidan 1991-yilda qabul qilgan qarorda taʼkidlanishicha, 1949-1989-yillar davomida Semipalatinskda Kreml tomonidan 500 ga yaqin yadroviy sinovlar oʻtkazilgan.

Oʻshandan beri sobiq poligon yaqinidagi hududda saratonga chalinish va tugʻma nuqsonli bolalar sonining oshgani kuzatilgan.

2017-yilda Qozogʻiston dunyo mamlakatlari uran boyitishiga toʻsqinlik qiluvchi kam boyitilgan uran boʻyicha xalqaro zaxira bankini ochgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0
Siyosat * Majburiy 1500 ta belgi qoldi (1500 max)