Karvonsaroy

Qirgʻiziston xavfsizlik idoralari xodimlari terrorni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha treningda qatnashdilar

Karvonsaroy

ISSIQKOʻL, Qirgʻiziston – Shanba (31-avgust) kuni Issiqkoʻlda Qirgʻizistonning terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan besh kunlik YHXT seminari yakunlandi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti oʻz saytida maʼlum qildi.

Oʻquv mashgʻulotlarida Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi (IIV), Bosh prokuratura, Moliyaviy razvedka boʻlinmasi va Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining (GKNB) yigirma nafar mutaxassisi qatnashdi.

Mashgʻulotlar muayyan mamlakatlar va mintaqalar uchun moʻljallangan ssenariylarga asoslangan boʻlib, terrorizmning moliyaviy manbalariga qarshi kurashda idoralararo hamkorlikni yaxshilashga qaratildi.

Amaliy mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar turli moliyaviy surishtiruv va tahlil usullaridan foydalanishni oʻrgandilar.

YXHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC) tomonidan tashkil etilgan ushbu seminar Markaziy Osiyoda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash yoʻlidagi milliy saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturning bir qismi hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500