Karvonsaroy

Qozogʻiston va AQSH yuqori darajada toʻyintirilgan urandan foydalanishni minimallashtirishga oid bayonotni imzoladi

Karvonsaroy

VENA – AQSH va Qozogʻiston yuqori darajada toʻyintirilgan urandan foydalanishni imkon qadar kamaytirishga qaratilgan qoʻshma bayonotni imzoladilar, deb xabar beradi Kazinform chorshanba (18-sentabr) kuni.

Hujjat Venada Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh anjumanining 63-sessiyasi doirasida Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayev va AQSHning Yadro xavfsizligi boʻyicha kotibi oʻrinbosari Liza E. Gordon-Xagerti tomonidan imzolangan.

Anjuman dushanbadan jumaga qadar (16-20-sentabr kunlari) oʻtkazilishi belgilangan.

Qozogʻiston delegatsiyasiga koʻra, ayni paytda mamlakatda tadqiqot reaktorlarini konversiya qilish ustida ish olib borilmoqda.

“Bu ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad – tadqiqot reaktorlarini kam boyitilgan uran yoqilgʻisiga oʻtkazish orqali yadro materiallari tarqalishining oldini olishdir. Loyihalar AQSH tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ular ushbu murakkab vazifani bajarishda Qozogʻiston tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyati va imkoniyatlarini yuqori baholaganlar”, deyiladi Qozogʻiston energetika vazirligi bayonotida.

Qozogʻiston atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida yetakchi boʻlishga intilib kelmoqda. 1994-yilgi kelishuv doirasida u oʻz hududidagi Sovet davridan qolgan yadro qurollarini Rossiyaga topshirgan.

U, shuningdek dunyodagi birinchi kam boyitilgan uran bankini ham ishga tushirgan. Oʻskemen shahridagi inshoot yadro salohiyatiga ega qudratli davlatlarning uranni boyitishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barpo etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500