http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/09/30/newsbrief-01

Qirgʻiziston va BMT rasmiylari tinchlikni saqlash masalalarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

NYU-YORK – Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) tinchlikparvarlik operatsiyalari boʻyicha Bosh kotibi oʻrinbosari Jan-Pyer Lakrua tinchlikparvarlik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar beradi AKIpress dushanba (30-sentabr) kuni Qirgʻiziston TIVga asoslanib.

Uchrashuv Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan.

Tomonlar Qirgʻizistonning tinchlikparvarlik missiyalaridagi ishtiroki va mamlakatning tinchlikparvar kuchlari salohiyatini kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Rasmiylar, shuningdek, tinchlikparvar kuchlarni sinovdan oʻtkazish va turli kurslarni tashkil etish uchun Qirgʻizistonga BMT mutaxassislarini yuborishni muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha