http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/10/01/newsbrief-02

Qirgʻiziston xavfsizlik kuchlari yengil qurollarning elektron hisobini yuritishni oʻrgandilar

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston xavfsizlik kuchlarining yetmish nafar xodimi oʻqotar qurol va yengil qurollarning elektron hisobini yuritish boʻyicha ikki haftalik oʻquv kursida qatnashdi, deb xabar beradi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dushanba (30-sentabr) kungi bayonotida.

Bishkek va Oʻsh shaharlarida boʻlib oʻtgan mashgʻulotlarda Qirgʻiziston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi, Mudofaa ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasi va Davlat chegara xizmati mutaxassislari ishtirok etdilar.

Xalqaro mutaxassis tomonidan olib borilgan mashgʻulotlar Qurolli kuchlarning qurollarni boshqarish, hisobga olish va kuzatish boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Ishtirokchilar maxsus dasturiy taʼminotga ega kompyuterli oʻquv xonalarida ishlab, elektron hisob yuritish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻldilar.

Trening YXHTning Bishkekdagi dasturlari idorasi, shuningdek, Qurolli kuchlar Bosh shtabi va Mudofaa ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha