Karvonsaroy
Jamiyat

Yangi xizmat koʻrsatish markazlari Qozogʻiston ichki ishlar tizimidagi islohotlarning ramzi sifatida koʻrilmoqda

Aydar Ashimov

Tarazda ochilgan zamonaviy politsiya xizmat koʻrsatish markazi fuqarolar tomonidan iliq qarshi olindi, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Tarazda ochilgan zamonaviy politsiya xizmat koʻrsatish markazi fuqarolar tomonidan iliq qarshi olindi, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Tarazdagi xizmat koʻrsatish markazi vakili mahalliy aholi bilan suhbatlashmoqda, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Tarazdagi xizmat koʻrsatish markazi vakili mahalliy aholi bilan suhbatlashmoqda, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Tarazdagi politsiya xizmatlari markazining kutish xonasi, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Tarazdagi politsiya xizmatlari markazining kutish xonasi, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Yangi xizmat koʻrsatish markazidagi politsiya xodimlari fuqarolarning muammolari va soʻrovlarini tezlik bilan hal etishga koʻmaklashmoqda, Taraz, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Yangi xizmat koʻrsatish markazidagi politsiya xodimlari fuqarolarning muammolari va soʻrovlarini tezlik bilan hal etishga koʻmaklashmoqda, Taraz, 30-noyabr, 2018-yil. (Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi)

Mahalliy aholi vakillari Tarazdagi politsiya xizmatlari markazi xodimlari bilan suhbatlashmoqda. 16-yanvar, 2019-yil. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholi vakillari Tarazdagi politsiya xizmatlari markazi xodimlari bilan suhbatlashmoqda. 16-yanvar, 2019-yil. (Aydar Ashimov)

Politsiya xodimi Tarazdagi xizmat koʻrsatish markaziga kelgan fuqaroga koʻmaklashmoqda, 16-yanvar, 2019-yil. (Aydar Ashimov)

Politsiya xodimi Tarazdagi xizmat koʻrsatish markaziga kelgan fuqaroga koʻmaklashmoqda, 16-yanvar, 2019-yil. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Qozogʻistonda aholiga yordam berishga qaratilgan yangi politsiya xizmat koʻrsatish markazlari fuqarolarda yaxshi taassurot qoldirmoqda.

Odamlarni uzun navbatlar va asabiy muhitda turishga majburlash o‘rniga, markazga tashrif buyurganlar qabulxonalarda iliq kutib olinmoqda.

Markazlar qulay kutish xonalari, nogironlar uchun rampalar, elektron navbatga raqam beruvchi uskunalar, to‘lov terminallari, televizorlar va kofe mashinalari bilan jihozlangan.

Migratsiya va ma’muriy politsiya birgalikda xizmat ko‘rsatadigan bunday markazlarda politsiya xodimlari shikoyatlarni qabul qilishadi. Bu yerga kelib tushgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar e’tiborga olinadi, deydi rasmiylar.

Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Kalmuhanbet Kasimov prezident Nursulton Nazarboyevga yangi politsiya uniformasini koʻrsatmoqda, Ostona, 19-noyabr, 2018-yil. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Kalmuhanbet Kasimov prezident Nursulton Nazarboyevga yangi politsiya uniformasini koʻrsatmoqda, Ostona, 19-noyabr, 2018-yil. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

Ichki ishlar vazirligining (IIV) xabariga ko‘ra, bu kabi markazlar Olmaota va Ostona shaharlarida, jumladan, Oqmola, Mangʻistov, Shimoliy Qozog‘iston va Qoʻstanay viloyatlarida ochilgan.

Vaqtni tejash, korrupsiyaning oldini olish

30-noyabr kuni Taraz shahrida ochilgan ana shunday xizmat koʻrsatish markazi faoliyatidan fuqarolar mamnunlik izhor etganlar.

16-yanvar kuni yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun Tarazdagi yangi politsiya markaziga borgan Abay Akmatov farq sezilarli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘tgan yili politsiyaga doimiy turarjoyda ro‘yxatdan o‘tish maqsadida kelgan edim, bu yerda navbat katta edi va hozirgidek qulay emas edi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“O‘zgarishlar ijobiy, politsiya xodimlarining muomalasi ham yaxshi”, dedi u. “Kerakli maslahatlarni oldim, menga ariza namunasining nusxasi bilan barcha tafsilotlarni tushuntirib berishdi.”

Yangi politsiya markazlari Qozogʻistonda bir necha yildan beri faoliyat yuritib kelgan va boshqa davlat idoralari vakolatiga ega boʻlgan “aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari tamoyillariga asoslangan”, deb maʼlum qildi Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Gulsara Muxtarkulova.

“Markazga keluvchilardan ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinmaydi va xushmuomala xodimlar tashrif buyurganlar bilan bevosita ishlaydilar”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bu so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddatini qisqartiradi va korrupsiya xavfini kamaytiradi.”

Politsiyadagi o‘zgarishlar

Yangi qabulxonalar Qozog‘istondagi politsiya sohasida olib borilayotgan islohotlardan biri xolos.

8-yanvar kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Janat Suleymenov hukumatning ichki ishlar tizimini zamonaviylashtirish va isloh qilishga oid rejalarini aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, 2019-yilning birinchi yarmida vazirlik politsiya xodimlarini rejali, shuningdek, oldindan ogohlantirishsiz tekshiruvdan oʻtkazishni boshlaydi. Qozogʻiston hukumatiga koʻra, maqsad ularning oʻz faoliyati talablariga qanchalik javob berishini aniqlashdir.

“Attestatsiya jismoniy tayyorgarlik va oʻqotar qurollardan foydalanish koʻnikmalarini baholash, kompyuter orqali qonunchilikka oid bilimlar va mantiqiy fikrlash qobiliyatini test qilish, shuningdek, suhbatdan oʻtishni oʻz ichiga oladi”, dedi Suleymenov.

Uning soʻzlariga koʻra, fuqarolarning jamoat xavfsizligi va politsiya faoliyatidan qay darajada qoniqish hosil qilganini baholash maqsadida soʻrov oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Qozogʻiston hukumati, shuningdek, mamlakat boʻylab politsiya xodimlari shtatini 10 foizga qisqartirishni ham rejalashtirmoqda. Tejalgan mablagʻ esa “politsiya xodimlarining maoshlarini oshirishga“ yoʻnaltiriladi.

Oʻtgan yilning avgust oyida prezident Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi politsiya xodimlari oʻrniga yuridik oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga olish masalasini ham koʻtargan edi.

Bu orada 19-noyabr kuni prezident politsiya xodimlarining yangi formasini tasdiqladi. U avvalgidek, sovet davridan qolgan “Militsiya“ yozuvli kulrang libos emas, balki toʻq koʻk rangdagi “Politsiya” yozuviga ega formadir.

Politsiyachilar formasining turli mavsumlar va ob-havo sharoitlariga moʻljallangan bir nechta variantlari mavjud.

“Yangi forma menga maʼqul boʻldi. Yangi namunadagi forma zamonaviyroq va qulayroq”, deydi Oqmola viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi Madiyar Ibrayev Karvonsaroy bilan suhbatda. “Biz kundalik faoliyatimizda koʻplab oʻzgarishlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Yangi forma ichki ishlar tizimidagi islohotlarning belgisi boʻlib xizmat qiladi.”

IIVga koʻra, yangi formaga oʻtish jarayoni avvalgi formaning eskirib borishi bilan, boshqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bir narsani qayta-qayta koʻrsatishdan ne hojat? Ostonada bolalar oʻlgan. Nogironlarga qarshi emasman, ular uchun kurashish kerak, ammo koʻp farzandli onalar qani? U onalarga hukumat yordam berganida, qozoqlarning soni ikki barobar oshgan boʻlardi. Dunyoning boshqa joylaridan qozoqlarni taklif qilish uchun milliardlab tenge sarflashga, shu yillar davomida ular hayotlarini oyoqqa turishi uchun sarf-xarajat qilishga hojat qolmas edi. Bu vaqt va mablagʻ koʻp farzandli oilalarga yordam berish orqali oʻz qozoqlarimizga sarflangan boʻlardi. Agar koʻp farzandli onalarga 25 yil davomida yordam berilganida, Qozogʻistondagi aholi soni 40 foizga oʻsardi, shu bilan birga byudjet ham oshardi. Nursulton Nazarboyev aytganidek, Qozogʻiston mustaqil boʻlganidan keyinoq tugʻilganlar esa shu vaqtga kelib, oʻzlari farzandli boʻlar edi. Uning oʻzi ham oddiy kambagʻal oiladan. Balki Qozogʻiston kelajagi koʻp farzandli onalar qoʻlidadir.

Javob berish