https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/05/09/feature-01
| Siyosat

Rossiyadan farqli ravishda Oʻzbekiston Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabani oʻz ramzlari bilan nishonlaydi

Maksim Yeniseyev

image

Sharaf tasmalarini taqib olib, Sayilgoh koʻchasi boʻylab ketayotgan Oʻzbekiston qurolli kuchlar akademiyasi kursantlari, Toshkent, 25-aprel. [Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi]

TOSHKENT – Oʻzbekiston hukumati Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabani nishonlashda Rossiya targʻib qilishga urinayotgan tasmalar oʻrniga oʻzining ramziy tasmasini ommalashtirish kampaniyasini boshladi.

Oʻtmishda Sovet ittifoqi tarkibida boʻlgan Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari Gʻalaba kunini payshanba (9-may) kuni nishonlaydi. Oʻzbekistonda bu sanaga Xotira va qadrlash kuni deb nom berilgan.

25-aprel kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faollari, Milliy gvardiya va shou-biznes vakillari ushbu sanani nishonlash oldidan butun mamlakat boʻylab Oʻzbekiston milliy bayrogʻi aks etgan sharaf tasmalarini tarqatishni boshlaganlar.

Tasmalar va yorliqlarni tarqatish aktsiyalarining birida Jasur Mirsagatov va boshqa xonandalar qatnashdi.

image

25-aprel kuni Toshkentdagi Sayilgoh koʻchasida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoli bolalarga “sharaf tasmalari”ni tarqatmoqda. [Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi]

Rossiya hukumati bunga muqobil ravishda mamlakat boʻylab georgiy tasmalarini tarqatadi, 2005-yildan sobiq Sovet ittifoqi respublikalarida ham ushbu sanani nishonlash uchun georgiy lentalari tarqatib kelinali.

Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi ham bu yil georgiy tasmalarini ommaviy tarzda tarqatishga kirishgan.

Gʻalabami yoki okkupatsiya?

Ayrim postsovet mamlakatlari, jumladan Gruziya va Ukrainada georgiy tasmasi Rossiya bosqinchiligining ramzi deb koʻriladi, baʼzi davlatlar bu borada oʻz milliy ramzlarini oʻz milliy ramzlarini yaratish va tarqatishni afzal koʻrmoqda.

2015-yilda Qozogʻiston oʻz milliy ramzi – moviy rangdagi naqshinkor tasmani joriy qilgan edi. Shuningdek, 2015-yilda Qirgʻizistonda ham qoʻsh sariq chiziqli, qizil “Gʻalaba tasmasi” oʻylab topilgan.

Ozod Yevropa / Ozodlik radiosi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda 2015-yilda Facebook ijtimoiy tarmogʻida “Biz Georgiy lentasiga qarshimiz” deb nomlangan guruh tuzilgan edi.

2015-yilda tasmaning taqiqlanishi uchun imzo yigʻishga uringan guruh hozirda mavjud emas yoki unga kirish imkonsiz.

“Georgiy tasmasi Oʻzbekistonda ilk bor paydo boʻlganida ancha ommalashgan. Biroq, 2014-yilda Rossiyaning Ukraina shimoli va Qrimdagi tajovuzlaridan soʻng, u jamiyat orasida turlicha qabul qilina boshlandi”, deydi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Koʻplab oʻzbekistonliklar uchun, Georgiy tasmasi Rossiya ekspansiyasining ramziga aylandi”, dedi u.

Bu yil Oʻzbekiston bosh vaziri hukumatning boshqa aʼzolari bilan oʻtkazilgan videoselektor chogʻida mamlakatda georgiy tasmasi tarqatilishini toʻxtatishga buyruq bergan, deb xabar bergan 25-aprel kuni ayrim Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Keyinroq, hukumat bu taqiq chorasi emas, balki milliy ramzlarni ommalashtirish ekanligi va ishtirokchilarga tanlov ixtiyori berilishini aytgan.

Xalqni birlashtirish

Oʻzbekiston rasmiylariga koʻra, yangi yondashuv Georgiy tasmasiga qarshi chiqish emas, balki aholi orasida ommalashuviga umid qilinayotgan milliy ramzni tinch yoʻl bilan targʻib qilishni koʻzda tutadi.

“Oʻz tasmamizni targʻib qilishimiz birinchi marta emas”, deb aytgan Oʻzbekiston hukumat idoralaridagi manba 25-aprel kuni Gazeta.uz nashriga.

“Bu oddiy jarayon”, deb aytgan manba. “Ikkita tasmani (Georgiy tasmasi va sharaf tasmasini) bir-biriga qarshi qoʻyish notoʻgʻri. Oʻzbekiston suveren mamlakat va oʻz bayram ramzlarini yaratishga haqqi bor.”

Sharaf tasmasi targʻiboti “odamlarni birlashtiruvchi samimiy aksiya boʻlishi kerak”, deb aytgan Aripov anjuman chogʻida 100 mingta tasma tarqatishga buyruq berib. “Oltin voha” Telegram kanali uning chaqirigʻini onlayn tarzda eʼlon qilgan.

“Odamlar milliy bayroq aks ettirilgan tasmalarni mamnuniyat bilan taqishadi. Avvallari ularni topish mushkul edi, sababi “tasmalarni ommaviy tarqatish harakatlari olib borilmagan”, dedi toshkentlik Hojiakbar Mamadaliyev Karvonsaroy nashriga.

“Bosh vazir tomonidan vaʼda qilingan 100 ming tasma ham 33 million aholisi bor davlat uchun kam boʻlsa kerak”, dedi u.

“Hamma Georgiy tasmasini boshqa ramz boʻlmagani uchungina taqib olgandek nazarimda”, dedi toshkentlik Aleksandra Terleyeva Karvonsaroy bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?
19
Yo‘q
Fikrlar 2
Siyosat
Captcha

Puxta oʻylab yozilgan maqola boʻlibdi

Javob berish

Kolorado qoʻngʻizi tasmasining ularga nima keragi bor?

Javob berish