Karvonsaroy
Siyosat

Markaziy Osiyoliklar Putinning Gʻalaba paradini boshqa kunga koʻchirganini rejali fitna deb hisoblamoqda

Kanat Altinbayev va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-iyun kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan harbiy paradda qatnashdi. [Kreml]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-iyun kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan harbiy paradda qatnashdi. [Kreml]

OLMAOTA – Markaziy Osiyolik tahlilchilarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning har yilgi Gʻalaba kuni paradini boshqa kunga koʻchirishi – unga umrbod hokimiyat tepasida qolishga imkon beruvchi konstitutsiyaviy oʻzgarishlarni kuchaytirishga qaratilgan rejali chora boʻlgan.

Kreml koronavirus pandemiyasi sababli har yili 9-may kuni oʻtkaziladigan Gʻalaba kuni bayramini 24-iyunga belgiladi va ovoz berishning soʻnggini kunini 22-apreldan 1-iyulga koʻchirdi.

Bu yil natsistlar ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi nishonlanadigan paradda 13 postsovet mamlakatidan 14000 harbiy xizmatchi, shuningdek, tarixiy texnika va Rossiyaning eng zamonaviy harbiy texnikalari ishtirok etdi, deya xabar beradi AFP.

Parad oʻtgan kunning ertasida Konstitutsiyaga kiritilajak bahsli oʻzgartishlar yuzasidan muddatidan avval ovoz berish uchun saylov uchastkalari bir necha kunga ochildi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 24-iyun kuni Moskvadagi Qizil maydonda oʻtkazilgan harbiy parad. [Kreml]

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 24-iyun kuni Moskvadagi Qizil maydonda oʻtkazilgan harbiy parad. [Kreml]

Konstitutsiyaviy islohotlar boshqa oʻzgarishlar qatorida Putinning prezidentlik muddatlarini nolga tenglashtirishni koʻzda tutadi, bu esa unga yana ikki muddatga saylanish va 2036-yilgacha Kremlda qolish imkoniyatini beradi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Putinning vakolat muddati 2024-yilda tugashi kerak. U ilk marta 2000-yilda prezident boʻlgan, shuningdek, 1999-yildan 2000-yilgacha va 2008-yildan 2012-yilgacha bosh vazir boʻlgan. 2012-yilda ikkinchi bor prezidentlik kursinini egallagan.

Ekzit-poll natijalariga koʻra, soʻralganlarning 76 foizi oʻzgarishlarni yoqlab ovoz bergan, deb xabar bergan dushanba (29-iyun) kuni Butunrossiya jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (VTsIOM).

Markaziy Osiyodagi surbetlik

Xalqaro aloqalar boʻyicha Nur-sultonlik mutaxassis Ruslan Nazarovga koʻra, Putin parad kunini referendumdan bir hafta oldinga surib, puxta hisob-kitob qilgan.

“Putin (boshqa sanaga koʻchirilgan) Gʻalaba kuni bayramini oʻtkazish bilan ruslarni endorfin va birdamlik tuygʻusi bilan toʻyintirdi va shu zahotiyoq oʻziga kerak boʻlgan konstitutsiyaviy islohotlar uchun ovoz berish jarayonini boshlab yubordi. Natijada, vatanparvarlik tuygʻusi bilan ruhlangan koʻp odamlar bu oʻzgartirishlarni qoʻllab-quvvatlaydilar, deydi Nazarov.

“Gʻalaba kuni paradidan oʻz siyosiy maqsadlari yoʻlida foydalanish surbetlikdir”, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻtgan yigirma yillik hukmronligi davomida Putin vatanparvarlik kayfiyatini koʻtarish va oʻz hukumatini qoʻllab-quvvatlash uchun Sovet gʻalabasi merosidan foydalangan, deb xabar beradi AFP.

Referendum ham, parad ham Rossiyada COVID-19 tufayli 8000 dan ortiq oʻlim va 60000 dan ziyod kasallanish holati aniqlanganiga qaramay oʻtkazilgan.

Kreml parad arafasida xavfsizlik choralari koʻrilganini taʼkidlagan boʻlsa-da, AFP muxbirlarining xabar berishicha, parad kuzatish uchun toʻplangan olomon ijtimoiy masofalanishga rioya qilmagan, buning ustiga, tomoshabinlarning koʻpchiligi niqobsiz boʻlgan.

23-iyun kuni oʻzi bilan birga Moskvaga uchib kelgan ikki xodimda COVID-19 aniqlanishi ortidan Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov oʻz-oʻzini yakkalashga majbur boʻlar ekan, mazkur keng miqyosli tadbirning naqadar xavfli ekani oydinlashgan.

Ayrim qirgʻizistonliklar Jeyenbekov profilaktika choralarini kuchaytirishi kerakligini aytgan boʻlsa, boshqalar qirgʻiz rahbari pandemiya vaqtida bunday gavjum tadbirga bormasligi kerak edi, deb taʼkidlaganlar.

Bishkeklik faollardan biri Siymik Kolbayev Moskvadagi paradda qatnashishga majbur boʻlgan qirgʻizistonlik askarlarga achinganini aytadi.

“Nega bizning askarlar Putinning siyosiy manfaatlarini deb, oʻz sogʻligʻi va hayotini xavf ostiga qoʻyishi kerak?” dedi u.

Moskvadagi paradda, shuningdek texnik muammolar ham kuzatildi.

Parad kuni Tvitterga joylangan videoda “Bumerang” piyodalar jangovar mashinasi tutab, buzilib qolgan.

Mashinaning yon tarafiga yulduz va Georgiy tasmasi joylashtirilgan boʻlib, ular 1916-yilda Chor Rossiyasining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi qatagʻonlari bilan bogʻliqdir.

“Tushundim, nima uchun ular (Rossiya zirhli mashinalari) “Bumerang” deb nomlanganini; ular taʼmirlash uchun qaytib kelishi kerak”, deb hazillashgan Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Putin oʻylab topgan hududiy daʼvolar

Islohotlar Putinning vakolat muddatlari cheklovlarini olib tashlash bilan birga, konservativ qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, bu bilan Kreml saylovchilarning faolligi va saylovdagi ishtirokinining yuqori boʻlishiga umid qilmoqda.

Oʻzgarishlar qatorida uzoq yillar dunyoviy davlat boʻlib kelgan Rossiya fuqarolarining “Xudoga eʼtiqodi”, shuningdek bugungi kunda qonunan taqiqlangan bir jinsli nikohlarga qarshilik masalasi ham tilga olingan.

21-iyun kungi intervyusida Putin postsovet davlatlar “rus xalqining hadyalarini” qaytarib berishi kerakligini aytar ekan, ularga tegishli hududlarining bir qismiga ishora qilgan.

Uning bu bayonoti “Rossiya-1” davlat telekanalining “Rossiya. Kreml. Putin” dasturi orqali efirga uzatilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Sovet Ittifoqini taʼsis etishga oid (1922-yilgi) kelishuvda ittifoqdan chiqish huquqi eʼtirof etilgan boʻlsa-da, bu jarayon tartibi belgilanmagan.

“Savol tugʻiladi: agar u yoki bu respublika Sovet Ittifoqiga qoʻshilgan boʻlsa-yu, tarixan, azaldan Rossiyaga tegishli yerlarni qoʻlga kiritgan boʻlsa, keyinroq Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishga qaror qilgan boʻlsa-chi? U holda, nima bilan kelgan boʻlsa, shu bilan ketishi, rus xalqining hadyalarini qaytarishi kerak edi”, dedi u.

Intervyu efirga uzatilganidan bir kun oʻtib, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Putin bu gap-soʻzlari bilan “oʻtmishda Sovet Ittifoqi konstitutsiyasida yoʻl qoʻyilgan tizimli xatolarni” nazarda tutganini aytarkan, shu tariqa Rossiya konstitutsiyasini isloh qilish zaruriyatiga eʼtibor qaratgan.

Putinning bu bayonoti qozogʻistonliklarning keskin eʼtiroziga uchradi.

Putinning bu soʻzlari tajovuzkor millatchilikni ifodalaydi, dedi Nur-Sulton shahar kengashi deputati Miras Shekenov.

“U oʻz xalqi orasida aynan shunday mafkurani – Sovet Ittifoqidagi hayotni ideallashtirish, Germaniyaga qarshi urushdagi gʻalabani ulugʻlash kabilarni targʻib qiladi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qirgʻiz хalqi! Rossiyaliklar oʻz liberallari va sotqinlariga chidashga majburdir. Lekin siz oʻz haromilaringizning shoxini sindira olasizlarmi?

Javob berish

Rossiyaning tarixiy yerlari – Oltin Xalqa hududlaridir. [qadimgi rus shahar va qishloqlari, asosan, Moskva shimoliy-sharqida va poytaxt atrofidagi Rossiyaning Oltin halqasi deb atalgan hududda joylashgan.] Qolgan barcha yerlar turk, fin-ugor, Kavkaz, Sibir, Uzoq Sharq xalqlari va Olis Shimoldagi xalqlardan tortib olingan. https://ru.wikipedia.org/wiki/Золотое_кольцо_России

Javob berish

Rossiya haqiqatan surbet, qoʻrqoq va qasoskor ekan.

Javob berish

Odamzodning ikkiyuzlamachiligi chegara bilmas ekan...

Javob berish

Befoyda parad boʻldi. Katta sarf-xarajat va oʻgʻirlik, xolos. Ehtimol, uni aynan shu sabab bilan – imkon qadar koʻproq oʻgʻirlash uchun oʻtkazishgandir.

Javob berish