Oʻtgan haftaning payshanba kuni Hormuz boʻgʻozida hujumga uchragan ikki tanker yakshanba (16-iyun) kuni Birlashgan Arab Amirliklari sohillariga yetib keldi.
Eronga tegishli patrul kemasi tankerlarning biridan “portlamay qolgan minani” olib chiqqani aks etgan videotasvir juma kuni AQSH harbiylari tomonidan eʼlon qilingan.
13-iyun kuni Ummon koʻrfazida Norvegiyaning “Front Altair” kemasi bilan birga hujumga uchragan Yaponlarga qarashli “Kokuka Kareyjes” oson alangalanuvchi metanol tashiyotgan edi. Bu mazkur strategik dengiz yoʻlida shu oyda amalga oshirilgan ikkinchi hujum boʻldi.
Eron shuningdek, 12-may kuni BAA hududiy suvlaridagi 4 ta neft tankeriga uyushtirilgan hujumlarda ham ayblangan.
AQSH boʻgʻozning harakatlanish uchun ochiq qolishini taʼminlaydi, deb bayonot bergan AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo yakshanba kuni.
“Biz butun boʻgʻoz boʻylab kemalarning erkin harakatlanishini kafolatmoqchimiz”, dedi u. “Biz Eronni bundan harakatlardan tiyadigan choralar qoʻllashni davom ettiramiz. Eronliklar buni aniq tushunib olishlari kerak.”
“Bu yerda nima yuz bergani ochiq-ravshan”, deya davom etdi u. “Bu Eron islom respublikasining tijoriy kemalarga, kemalarning erkin harakatiga qaratilgan hujumi edi va boʻgʻoz boʻylab yuk tashishni izdan chiqarishga qaratilgani aniq.”
AQSH prezidenti Donald Tramp mazkur operatsiyada Eronga xos belgilar yaqqol ekanini aytgan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant hujum uchun masʼuliyat Eron zimmasida, degan xulosaga kelganini maʼlum qilgan.
“Soʻnggi hujumlar Eronning vaziyatni beqarorlashtirish boʻyicha xatti-harakatlariga mos keladi va mintaqa uchun jiddiy tahdiddir, deyiladi Xantning bayonotida.
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida payshanba kungi hujumlar bilan bogʻliq masʼuliyat Eron islom inqilobi qoʻriqchilari zimmasiga yuklangan.
Boshqa hech qaysi davlat yoki nodavlat tuzilma bu kabi hujum uchun javobgar boʻla olmas edi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
“Eronning Xizbullox orqali Livandagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan faoliyatini, yoki Yamandan Saudiya Arabistoni va Fors koʻrfaziga raketalar uchirayotganini qanday toʻxtatishini koʻraylik. Bu uzoq muddatli chora”, dedi Xant.
Eron rejimi, shuningdek Afgʻoniston va Pokistonda ham oʻzining gʻarazli faoliyatini olib bormoqda.
Ishonchli dalillar
Ayrim ittifoqchilar xulosa chiqarishdan oldin koʻproq dalillarga ehtiyoji borligini aytgan.
“Bular shunchaki unut boʻlishini istaydigan mamlakatlar borligi tan olaman”, deb aytgan Pompeo.
U “AQSH dalillarni taqdim etish asnosida barcha davlatlar asosiy faktlarni qabul qilibgina qolmay, bu ish butun dunyo uchun muhim ekanligini tushunib yetishiga” ishonch bildirdi.
Eronning ushbu voqeaga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar juda kuchli va ishonchli”, deb aytgan AQSH Vakillar palatasining razvedka qoʻmitasi raisi va Trampning asosiy tanqidchilaridan boʻlgan Adam Shiff.
“Eronning kema bortiga mina joylashga urinishi oʻta omadsiz boʻldi, degan fikrdaman”, dedi u.
“U portlamadi, uni borib qaytarib olishga toʻgʻri keldi. Mana shu muvaffaqiyatsiz operatsiyani deb bir nechta eronlik kallalar ketganini tasavvur qilaman”, dedi u.
BMT bosh kotibi Antanio Guterrish mustaqil tergov oʻtkazilishiga chaqirdi.
“Haqiqatni va javobgarliklarga oydinlik kiritilganini bilish juda muhim”, dedi u jurnalistlarga BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida.
Eron hukumati bu ayblovlarni “asossiz” hamda “faktga asoslanmagan va noaniq dalillar” deya rad etgan.
Dushanba (17-iyun) kuni Tehron dunyo davlatlari bilan erishilgan yadroviy shartnomaga zid ravishda uran zaxiralari limitini oshirishini eʼlon qilgan.
Neft nazorat punkti
Oʻtgan haftadagi hujum Hormuz boʻgʻozining janubi-sharqida sodir etilgan edi. Bu hudud qazilmalarga boy Yaqin Sharqni dunyo bozori bilan bogʻlaydi. Dunyo neft oqimining deyarli 15 foizi mana shu nazorat nuqtasidan oʻtadi.
Oʻtmishda Eron Qoʻshma Shtatlar tomonidan olib boriladigan har qanday hujumga yuqori aksilchora sifatida nisbatan kuchsiz texnologiya bilan bu boʻgʻozni yopib qoʻyishi haqida takror ogohlantirgan edi.
Bu Hind okeani va dunyo eksport yoʻllariga oʻtuvchi Fors va Ummon koʻrfazi oʻrtasidagi neft tashuvchi tankerlar harakatini toʻxtatishi mumkin.
“Agar dushman adovati kuchaysa, biz shunday qila olamiz”, deb aytgan edi Eron qurolli kuchlar shtab boshligʻi Muhammad Bageriy aprel oyida ISNA agentligiga.
Yoʻllarning yopilishi dunyo neft taʼminotiga jiddiy taʼsir qiladi va geosiyosiy nizo natijasida neft narxi oshadi.
Harakatga tayyor
“Qoʻshma Shtatlar va uning mintaqadagi hamkorlari oʻzi va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni koʻradi”, deyilgan edi AQSH Markaziy qoʻmondonlikning (CENTCOM) 13-iyun bayonotida.
Eron tomonidan deya gumon qilingan hujumlar “xalqaro harakatlanish va savdo erkinligiga ochiq tahdiddir”, dedi u.
“Qoʻshma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat oʻz manfaatlari, jumladan kemalarning erkin harakatlanishini ham himoya qilishga tayyor”, deb qoʻshimcha qilgan CENTCOM.
Oʻtgan oyda AQSH armiyasi bu hududga transport vositalari, ayrimlari ham suvda, ham quruqlikda harakat qiladigan mashinalar va “Patriot” raketa batareyasi yuklangan harbiy jangovar kemani yubordi. Bundan sal avvalroq Eron tomonidan “muqarrar” tahdid mavjudligi sababli aviatashuvchi jangovar kemani yoʻnaltirgan edi.
Oʻtgan oy oxirida AQSH Amerika qoʻshinlariga nisbatan “doimiy xavf” mavjudligini aytib, Yaqin Sharqda qoʻshimcha 1500 nafar askar joylashtirilishi haqida eʼlon qilar ekan, Pentagon Eronning “oliy darajali” rahbariyatini tilga olgan.
AQSHning harbiy hozirligi razvedka uchoqlari va 12 ta qiruvchi samolyotdan iborat eskadra tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Eron hududiga bostirib kirish uchun oʻylab topilgan uydirma
Javob berishFikrlar 3
Katta ehtimol bilan, Eron ortida Rossiya turibdi
Javob berishAmerikoslar Rossiyaga qarshi, har doimgidek
Javob berishFikrlar 3