Karvonsaroy
Xavfsizlik

Toʻlib-toshgan kameralar: Suriyadagi “Islom davlati” qamoqxonasiga nazar

AFP

IDga aloqadorlikda gumon qilingan mahbus, 26-oktabr, Suriyaning al-Hasaka qamoqxonasi. [Fadel Senna/AFP]

IDga aloqadorlikda gumon qilingan mahbus, 26-oktabr, Suriyaning al-Hasaka qamoqxonasi. [Fadel Senna/AFP]

26-oktabr kuni al-Hasaka qamoqxonasida toʻplangan ID gumondorlari. Suriya shimolida kurdlarga tegishli qamoqxonalaridagi 12000 ga yaqin ID jangarilarining 5 mingtasi shu qamoqxonada saqlanadi. [Fadel Senna/AFP]

26-oktabr kuni al-Hasaka qamoqxonasida toʻplangan ID gumondorlari. Suriya shimolida kurdlarga tegishli qamoqxonalaridagi 12000 ga yaqin ID jangarilarining 5 mingtasi shu qamoqxonada saqlanadi. [Fadel Senna/AFP]

Suriya demokratik kuchlari soqchisi Suriya shimoli-sharqida IDga aloqador gumondorlar saqlanadigan qamoqxonani qoʻriqlamoqda. [Fadel Senna/AFP]

Suriya demokratik kuchlari soqchisi Suriya shimoli-sharqida IDga aloqador gumondorlar saqlanadigan qamoqxonani qoʻriqlamoqda. [Fadel Senna/AFP]

Kurd rasmiylariga koʻra, ular boshqaruvidagi qamoqxonalarda 50 dan ortiq millatga mansub 12 mingdan ortiq ID jangari gumondorlari saqlanadi. [Fadel Senna/AFP]

Kurd rasmiylariga koʻra, ular boshqaruvidagi qamoqxonalarda 50 dan ortiq millatga mansub 12 mingdan ortiq ID jangari gumondorlari saqlanadi. [Fadel Senna/AFP]

Temir eshik ortidagi kameraning har bir qarichi ozgʻin, darmonsiz, bosh-oyoqlari choʻzilib yotgan norinj kiyimdagi mahbuslar bilan toʻla.

AFP jamoasi shimoli-sharqiy Suriyaning al-Hasaka viloyatidagi eng gavjum hibsxonalaridan biriga kirishga muvaffaq boʻldi. U yerda “Islom davlati” (ID) jangarisi deb gumonlangan shaxslar saqlanadi.

Ekstremistik guruh bir vaqtlar oʻzi hukmronlik qilgan Iroq va Suriya hududlarida keng miqyosli vahshiyliklar, jumladan, ommaviy qatllar, jinsiy zoʻrlash, qullik va qiynoq amaliyotlarini olib borishda ayblangan. Bu holatlarning aksariyati tashviqot maqsadlari uchun videotasvirga olingan.

Orasida oʻsmirlar ham boʻlgan 5000 ta mahbusni oʻz ichiga oluvchi qamoqxonada besh yil avval ID tayyorlagan xalqaro ekstremistlar armiyasining qoldiqlari joylashtirilgan.

IDga aʼzolikda gumonlanganlar 26-oktabr kuni al-Hasakadagi qamoqxonada toʻplanmoqda. Kurd manbalarining aytishicha, Suriya shimolidagi kurdlar qamoqxonalarida IDning 12000 ga yaqin jangarisi, jumladan suriyaliklar, iroqliklar va 54 davlatdan kelgan chet elliklar saqlanmoqda. [Fadel Senna/AFP]

IDga aʼzolikda gumonlanganlar 26-oktabr kuni al-Hasakadagi qamoqxonada toʻplanmoqda. Kurd manbalarining aytishicha, Suriya shimolidagi kurdlar qamoqxonalarida IDning 12000 ga yaqin jangarisi, jumladan suriyaliklar, iroqliklar va 54 davlatdan kelgan chet elliklar saqlanmoqda. [Fadel Senna/AFP]

Xona boʻylab sovuq polda himoyalash kulrang toʻshak yoyib qoʻyilgan, burchakda esa oddiy plastikdan ishlangan yarim ochiq hojatxona oʻrnatilgan.

Yaqin orada joylashgan tibbiyot boʻlimidagi hidga chidab boʻlmaydi, tashrifchilarga kiraverishda jarrohlik niqoblari beriladi.

Mahbuslar yakshanba (27-oktabr) kuni AQSH prezidenti Donald Tramp shimoli-sharqiy Suriyada amerikaliklar olib borgan reyd davomida ID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy oʻldirilganini eʼlon qilganidan bexabar.

“Ular tashqi dunyodan butkul uzilib qolganlar”, deydi qamoqxona rahbari. Oʻzini Serhat deb tanishtirar ekan, u qamoqxonaning aniq joylashuvini oshkor qilmaslikni soʻradi.

Mahbuslarning pushaymonlari

Mahbuslarning koʻpchiligi juda ozib ketgan, baʼzilarining tana qismlari kesib tashlangani va bogʻlangan jarohatlarni koʻrish mumkin.

Qamoqxona klinikasi ham boshqa hibsxonalar kabi toʻlib-toshgan.

Ogʻir jarohatlar mart oyida IDning Suriya demokratik kuchlari (SDK) bilan magʻlubiyatli toʻqnashuvi qanchalik shiddatli boʻlganidan dalolat beradi.

Shuningdek, ular janubdan 200 km uzoqlikda joylashgan Bogʻuzdagi ID “xalifaligi” soʻnggi qavmining yashash sharoitlari qanchalik ogʻir boʻlganini ham yaqqol koʻrsatib turibdi.

Al-Hasakada va kurdlar nazorati ostidagi hududda joylashgan boshqa olti qamoqxonadagi erkaklarning aksariyati bir necha oy oldin ochlik va jarohatlardan oqsoqlanib taslim boʻlganlar edi.

“Qamoqxonadan chiqib, oilam bagʻriga qaytishni xohlayman”, deydi 22 yashar Asil Matan. U 17 yoshida Uelsdan sobiq ID qarorgohi joylashgan Iroqdagi akasi oldiga kelgan.

Akasi oʻldirilganidan keyin Suriya chegarasidan oʻtib, ayni damda tor-mor etilgan ekstremistlar davlatining asosiy nuqtalaridan boʻlgan al-Raqqaga yetib borgan.

“Britaniyaga qaytgim kelyapti”, dedi Matan 2014-yilda al-Bagʻdodiy chaqirigʻiga javob berganidan afsuslanib.

Qochuvdagi ekstremistlar

Kurd rasmiylariga koʻra, ularning nazoratidagi qamoqxonalarda 50 dan ortiq millatga mansub 12 mingdan ziyod ID gumondorlari saqlab kelinmoqda.

Ammo hududda joylashgan yashirin ID boʻlinmalari alohida hujumlar uyuushtirishda davom etmoqdalar.

Boshqaruvchi Serhatning soʻzlariga koʻra, baʼzi kunlarda qochqin ekstremistlar “hamon shu yerda ekanliklarini mahbuslarga bildirmoqchi boʻlgandek, qamoqxona oldiga kelib otishma boshlaydilar”.

Bir oy oldin bir nechta mahbus ovqat tarqatish vaqtida gʻalayon koʻtarishga uringan, ulardan biri betobligini bahona qilib, aldab soqchini chaqirib olgan va unga hujum qilgan.

AFP muxbirlarini qamoqxona yoʻlagi boʻylab boshlab borarkan, soqchi kamera eshigini ochishga ikkilandi.

“Mana bular juda xavfli”, dedi u.

Yoʻlak boʻylab joylashgan hibsxonalardan biri ID tashviqotining “xalifalik yoshlariga” ajratilgan, bunda bolalar jangarilar sifatida yollanib, tayyorgarlikdan oʻtgan.

Ayrim bolalar vatanlariga qaytarilgan, ammo koʻpchilik erkaklarning taqdiri nomaʼlum.

Xastalik va nadomat

Qamoqxona sohiblarining deyarli uchdan biri gepatit va OITS kabi kasalliklar hamda jarohatlarga duchor boʻlgan va davolanishga muhtoj.

Ulardan 300 tasigina tibbiy qismda bir kecha tunashi mumkin. Ulardan biri – 24 yashar belgiyalik Aballoh Nuʼmon kiyimini koʻtarib ochiq jarohatini koʻrsatdi.

“Ichki organlarim toʻkilib tushyapti”, deydi u. Ekstremist safdoshi qurolini tozalash vaqtida uni bexosdan otib qoʻygan.

42 yashar Daniya fuqarosi, misrlik Bassim Abdul Azim havo hujumida jarohat olgan va oʻng oyogʻini ishlamay qolgan.

U ayolini Turkiyada dam olishga olib ketishni bahona qilib, “xalifalikka” olib kelganini yodga oldi.

“Men unga rostini aytmaganman, qoʻrqitishni xohlamaganman”, deydi Abdul Azim. U hozir ayoli va besh nafar farzandi qayerda ekanini bilmaydi.

“Uni koʻrishni istayman. Keyin osishsa ham mayli. Urush boʻlayotgan joyga olib kelganimdan afsusda ekanligimni aytishni xohlayman, xolos.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hammasini otuvga hukm qilish kerak ularni saqlash quruq xarajat, shularni qoʻlida qancha begunoh insonlar halok boʻlgan

Javob berish

“42 yashar Daniya fuqarosi, misrlik Bassim Abdul Azim havo hujumida jarohat olgan va oʻng oyogʻini ishlatolmay qolgan. U ayolini Turkiyada dam olishga olib ketishni bahona qilib, “xalifalikka” olib kelganini yodga oldi.” ABLAH

Javob berish

Ular shunga munosib; odam emas, maxluq ular. Tinch aholiga bundan battar muomala qilishgan.

Javob berish

Mahbuslaring hammasi qatl qilinsin. Ularga yordam berilmasin; shafqat qilinmasin. Ablahlar insoniy muomala qilishga loyiq emas. Yosh bolalar va begunoh odamlarni oʻldirayotganda nimani oʻylagan edilar? Dunyoga tarqalib ketmasidan oldin ablahlarni joyida oʻldirish kerak. Bu urushga boshlab kelganlarni Xudo jazolasin.

Javob berish

Sen hayvonlar ham xuddi shunday boʻlasanlar Biiznilloh. Kutlaring, biz ham kutamiz.

Javob berish