Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Sunʼiy yoʻldosh antennalarining taqiqlanishi ortidan Turkmaniston aholisi Rossiya televideniyesi va mafkurasi taʼsiridan chetda qoldi

Jumaguli Annayev

Toshhovuzdagi koʻp qavatli binoda oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh antennalari, sentabr oyi. (Jumaguli Annayev)

Toshhovuzdagi koʻp qavatli binoda oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh antennalari, sentabr oyi. (Jumaguli Annayev)

ASHXOBOD – Raqamli uzatishga oʻtish bilan koʻplab turkmanlar Kreml mafkurasini targʻib qilishda qoʻllanilgan Rossiya telekanallarini tomosha qilish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqdalar.

Koʻp qavatli binolarda yashovchi aholi hokimiyat talabiga koʻra sunʼiy yoʻldosh antennalaridan foydalanmay qoʻygan. Mahalliy hukumatga koʻra, antennalar Turkmaniston shaharlarining koʻrkini buzadi, deydi “Turkmantelekom” kompaniyasining texnik qoʻllab-quvvatlash menejeri.

“Uylarning tomlari va devorlariga oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh antennalarining sanogʻi yoʻq”, deydi anonim qolishni istab oʻzini Azamat deb tanitgan menejer.

“Har bir odam ularni istaganicha oʻrnatgan, shu bois ular shaharning arxitektura koʻrinishini buzgan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Toshhovuzdagi hovlida oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh antennasi, 2018-yilning iyul oyi. (Jumaguli Annayev)

Toshhovuzdagi hovlida oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh antennasi, 2018-yilning iyul oyi. (Jumaguli Annayev)

Rossiya kanallari raqamli uzatishga oʻtar ekan, Turkmaniston fuqarolarining 50 foizidan koʻpini tashkil qiluvchi qishloq aholisi Rossiya telekanallarini tomosha qilish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda.

Ayrim turkmanistonliklarning soʻzlariga koʻra, Rossiya telekanallari retranslyatsiyasi oktyabr oyining oxirgi 10 kunligidan toʻxtatilgan.

Turkmaniston shimolidagi Koʻhna Urganch tumanida yashovchi Bayramgeldi Araznepesov bu hududda Rossiya telekanallarini umuman tomosha qilib boʻlmasligini tasdiqladi.

“Sunʼiy yoʻldoshlarimiz “1-Kanal” va “Rossiya 1” kanallari signalini qabul qilmayapti”, dedi u.

Azatning soʻzlariga koʻra, ayni damda sunʼiy yoʻldosh antennalari orqali faqat mahalliy turkman kanallari, baʼzi oʻzbek va turk kanallarini tomosha qilish mumkin.

Tashviqot koʻrinishlari

Baʼzi turkmanistonliklar sunʼiy yoʻldosh antennalari orqali Rossiya telekanallari va dasturlari uzatilmay qolganidan mamnun .

Janubdagi Bayramali shahrida yashovchi Sona Omarova Rossiya siyosiy tok-shoularining boshlovchilarini nazarda tutar ekan, ekranda “Kreml targʻibotchilarining aftini” koʻrmasligidan xursand ekanligi aytadi.

“Biz Ukraina va uning muammolariga bagʻishlangan dasturlar namoyishi vaqtidagi noxolislik va ochiq adovatdan charchaganmiz, goʻyoki Rossiyaning oʻzida muammolar yoʻqdek”, deydi u.

“Menimcha, har kuni ularning yuzini koʻrgandan va bitta narsani qayta-qayta eshitgandan koʻra, axborot vakuumida qolgan maʼqulroq”, deb qoʻshimcha qildi u.

Boshqalarga koʻra, haddan tashqari koʻp zoʻravonlik namoyish etilishi sabab, Rossiya telekanallari eʼtibordan chetda qolmaydi .

Shunday boʻlsa-da, ayrim turkman fuqarolari TV-kanallarning yoʻqolganidan afsusda.

Araznepesov endi ayrim televizion filmlarni, jumladan, Yevropa futbol chempionati saralash bosqichi oʻyinlarini tomosha qila olmasligidan xafa ekanligini aytadi. Shuningdek, u kanallar ishlamay qolgani tufayli Turkmanistondan tashqaridagi yangiliklarga kirish cheklanganidan xavotirda.

“Biz axborot olish imkoniyatidan deyarli mahrum boʻlib qoldik”, dedi u.

Kabel televideniyesiga oʻtish

“Turkmentelekom” menejeri Azat sunʼiy yoʻldosh likopchalarini yoʻq qilishga qaratilgan harakatlarni yuqori baholadi.

“Dunyoning hech bir joyida bizdagi kabi koʻp sunʼiy yoʻldosh likopchalari yoʻq”, deydi u.

90-yillarning oʻrtalarida mamlakatda xorijiy telekanallarni retranslyatsiya qilish toʻxtatilganidan soʻng aholi ommaviy ravishda qabul qiluvchi qurilmalarni sotib olish va oʻrnatishni boshlagan edi.

Mamlakatdagi aksariyat oilalarda kamida ikkita “likopchali” antenna bor – biri Rossiyaning “Yamal”, ikkinchisi esa Yevropaning “HotBird” sunʼiy yoʻldoshi signallarini ushlash uchun, dedi Azat.

Ular yordamida turkmanlar dunyo boʻylab yuzlab tele va radiokanallarni bepul koʻrar, jumladan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining turkman xizmati eshittirishlarni tinglar edilar.

Sunʼiy yoʻldosh antennalariga qarshi kurash 2007-yilda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyatga kelganidan keyin boshlangan. Ularni yoʻq qilish kampaniyasi poytaxtda boshlangan va bugungi kunda barcha viloyatlar markazlarida oʻz nihoyasiga yetkazilmoqda.

“Bizdagi “Turkmantelekom” bepul sunʼiy yoʻldosh televideniyesi oʻrniga aholiga pullik kabel telekanallarini taklif etmoqda, ular orasida oʻzbek va turk kanallari ham bor. Odamlar bajonidil pul toʻlab, kabelga ulanmoqdalar”, dedi Azat.

Kabel televideniyesiga ulanish 50 manat (14,25 AQSH dollari), oylik obuna esa 10 manatga (2,85 AQSH dollari) teng, deydi Bayramali shahrida yashovchi Omarova.

“Narxlar aholining katta qismi uchun juda hamyonbop”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500