Karvonsaroy
Diplomatiya

Tojikiston va AQSH rasmiylari Afgʻoniston boʻyicha hamkorlik va terrorizm muammolarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari, elchi Elis Uells Bohtardagi “American Space” markaziga tashrif buyurib, “English Access Microscholarship Program” dasturi doirasida bepul ingliz tili saboqlarini olayotgan talabalar bilan uchrashdi, 6-yanvar kuni Tvitterda eʼlon qilingan surat. AQSH elchixonasi Tojikiston boʻylab sakkizta Amerika markazi va 20 ta ingliz tili dasturini boshqarib kelmoqda. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin seshanba (7-yanvar) kuni Dushanbeda AQSH davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha muovini elchi Elis Uellsni qabul qilib, hamkorlikka oid muzokaralar oʻtkazdi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, muloqot chogʻida Tojikiston-AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Muhriddin va Uells mintaqaviy xavfsizlik, Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni, terrorizm, ekstremizm, radikalizm va narkotrafik muammolarini muhokama qildilar. Tojikiston va Afgʻoniston 1300 km dan ortiq umumiy chegaraga ega.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan bir qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uells “mintaqaviy xavfsizlikka oid hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy va energetik aloqalarini kengaytirish va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish” masalalarini muhokama qilish uchun 6-7 yanvar kunlari Tojikistonga tashrif buyurib, hukumat rasmiylari bilan uchrashishni rejalashtirayotgani haqida AQSH Davlat departamenti avvalroq xabar bergan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500