Karvonsaroy
Biznes

Bayrutdagi halokatli portlash Rossiya ijaraga olgan muammoli kema bilan bogʻliq

Karvonsaroy va AFP

Bir necha kun avval Livan poytaxtidagi kuchli portlash tufayli vayronaga aylangan Bayrut bandargohining qoʻshni Mar-Mikoil tumanidan koʻrinishi, 6-avgust. [Patrik Baz/AFP]

Bir necha kun avval Livan poytaxtidagi kuchli portlash tufayli vayronaga aylangan Bayrut bandargohining qoʻshni Mar-Mikoil tumanidan koʻrinishi, 6-avgust. [Patrik Baz/AFP]

BAYRUT – 153 kishining oʻlimi va 4000 dan ortiq odamning jarohatlanishiga sabab boʻlgan, Bayrut tumanlarini vayronaga aylantirib, 300 ming kishini boshpanasiz qoldirgan joriy hafta boshidagi ulkan portlashdan keyin Livandagi karaxtlik oʻrnini gʻazab egalladi.

Yillar davomida shaharning qoq oʻrtasidagi omborxonada katta miqdordagi xavfli ammiak selitrasi oʻgʻiti saqlangani aksariyat livanliklar uchun siyosiy tizimdagi muammolardan darak boʻldi.

Ammo falokat bilan bogʻliq ayb mahalliy siyosat doirasidan tashqarida boʻlib, Rossiya tomonidan ijaraga olingan va 2013-yilda Bayrutda toʻxtashga majbur boʻlgan teshik kema bilan bogʻliq.

“Qarzga botgan kema ekipaji norozi dengizchilardan tashkil topgan, uning korpusidagi kichik tirqish sababli muntazam ravishda suvni tashqariga chiqarib turish kerak boʻlgan”, deb yozadi New York Times nashri chorshanba (5-avgust) kuni.

Livan poytaxtini larzaga keltirgan kuchli portlashdan uch kun oʻtib, Bayrut bandargohi vayronalari orasida yurgan livanlik askar, 7-avgust. [JOZEF EYD/AFP]

Livan poytaxtini larzaga keltirgan kuchli portlashdan uch kun oʻtib, Bayrut bandargohi vayronalari orasida yurgan livanlik askar, 7-avgust. [JOZEF EYD/AFP]

Mozambik tomon yoʻl olgan kema 2013-yil Gruziyaning Batumi shahridan oʻgʻit va bombalar uchun qoʻllaniladigan 2750 tonna portlovchi modda – ammiakli selitra bilan dengizga chiqqan.

“Rhosus” kemasini ijaraga olgan rossiyalik tadbirkor Igor Grechushkin moliyaviy va diplomatik kelishmovchiliklar sababli uni tashlab ketgan. Kemadagi yuk esa Bayrutdagi omborxonaga olib oʻtilgan.

Yirik miqdordagi oʻgʻit nima sababdan alanga olgani hozircha nomaʼlum, rasmiylarga koʻra, pirotexnika yaqinda taʼmirlash ishlari boshlangan omborxona yaqinida saqlangan.

Kipr politsiyasi rossiyalikni soʻroq qildi

Payshanba (6-avgust) kuni Kipr politsiyasi kema va uning yukiga aloqadorlik yuzasidan Grechushkinni soʻroq qilgani haqida xabar berdi.

“Livan hukumati bizdan bu odamni topib, undan baʼzi savollarga javob olishimizni soʻradi va biz shunday qildik”, dedi Kipr politsiyasi vakili AFPga. “Uning javoblari Livanga taqdim etildi.”

Grechushkin hibsga olinmagan, dedi politsiya vakili. Politsiya unga Livan Interpoli talabiga binoan, kemaning yukiga aloqador bir nechta savollar bergan.

Livan rasmiylari portlash yuzasidan mustaqil tergov oʻtkazilishini eʼlon qilganlar. 6-avgust kuni harbiy prokuror voqea yuzasidan 16 kishi hibsga olinganini aytdi.

Koʻrilgan choralar Bayrut koʻchalaridagi gʻazabni kamaytirmagan. Avgust oxirida bu yerda oʻnlab namoyishchilarning xavfsizlik kuchlari bilan toʻqnashuvi chogʻida koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishga solingan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

U barcha kulfatlar manbai

Javob berish

Rossiya eng zoʻri

Javob berish

Buning uchun Rossiyaga qoʻshimcha sanksiyalar joriy qilish kerak va Rossiya Bayrutni qayta qurishda yordam berishi kerak

Javob berish

Tentakmisan. Rossiyaning nima aloqasi bor bunga?

Javob berish

Dumbullar hamma narsada Rossiyani ayblaydi

Javob berish