Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Chegara shahar va savdo-sotiq markazi borasidagi rejalar Qozoq-Oʻzbek hamkorligi doirasidagi eng soʻnggi oʻzgarishlardan darak beradi

Muallif: Aydar Ashimov

Toshkentdagi turarjoy majmuasining qurilish jarayoni, 7-mart. Oʻzbekistonda 2020-2025-yillar oraligʻida bir qancha yoʻldosh shaharlarni barpo etish dasturi amalga oshirilmoqda. [Aydar Ashimov]

Toshkentdagi turarjoy majmuasining qurilish jarayoni, 7-mart. Oʻzbekistonda 2020-2025-yillar oraligʻida bir qancha yoʻldosh shaharlarni barpo etish dasturi amalga oshirilmoqda. [Aydar Ashimov]

NUR-SULTON -- Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida sanoat zonasiga ega chegara shahar barpo etilmoqda, bu vaqtda esa Oʻzbek va qozoq rasmiylari ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi qoʻshma savdo-sotiq markazi ustida birgalikda ish olib boryapti.

Mazkur harakatlar Markaziy Osiyodagi eng koʻp aholiga ega ikki davlatning oʻzaro aloqalari Oʻzbekistonning islohotchi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yili hokimiyat tepasiga kelganidan buyon yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi. Davlatlar hozirda savdo, xavfsizlik va boshqa sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatgan.

Oʻzbekiston chegarasidagi mazkur shaharda kelgusida 150 000 nafar aholi istiqomat qilishi kutilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga koʻra, shaharda tashkil etiladigan korxonalarda kamida 60 000 ta yangi ish oʻrini yaratiladi.

Shahar va iqtisodiy zona Qozogʻiston chegarasi yaqindagi 493 gektar hududda joylashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (oʻrtada) 29-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilayotgan turarjoy majmuasiga tashrif buyurdi. [Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, Twitter]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (oʻrtada) 29-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilayotgan turarjoy majmuasiga tashrif buyurdi. [Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, Twitter]

Qaror loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonning Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tez orada yaqinlashib kelayotgan qurilish ishlarining xarajatlar smetasini ishlab chiqadi hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasini ishlab chiqadi.

Yangi shahar bogʻlar, piyodalar hududlari, velosiped yoʻlaklariga hamda 5000 ish oʻrnini yaratuvchi savdo markazlariga ega boʻladi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Hozirda Oʻzbekistonda 2020-2025-yillarda bir qancha yoʻldosh shaharlarni rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda.

Mazkur dasturga muvofiq, shaharlar yaqinidagi 10 ta yirik aholi punktlariga yoʻldosh shahar maqomi berilib, ularning infratuzilmasi rivojlantiriladi.

Hamkorlik istiqbollari

Shu bilan bir vaqtda, nur-sultonlik iqtisodchi Musabek Utepovning aytishicha, Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida joylashuvchi Savdo va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha xalqaro markazning qurilish ishlari boshlanish arafasida.

“Markaz Ipak Yoʻli va Gʻisht Koʻprik chegara-bojxona postlari yaqinida quriladi...Hozirda ular [ikki davlat hukumatlari] investorlarni jalb etish va boʻlajak qurilishga doir texnik hujjatlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda”, — dedi u.

Shuningdek, u mazkur hududga investorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlariga ega erkin iqtisodiy zona maqomini berish borasida muzokaralar olib borilayotganini qayd etdi.

“Toshkent yaqinida [Oʻzbek] yoʻldosh shahri va sanoat zonasining bunyod etilishi hamda boʻlajak Xalqaro markaz tomonidan olib boriladigan ishlar Qozoq-Oʻzbek savdo va iqtisodiy aloqalariga sinergetik taʼsir oʻtkazishi mumkin” — dedi Utepov.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo hajmi 2018-yilda 2,5 milliard AQSH dollarini, 2019-yilda esa 2,8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Mazkur koʻrsatkich tez orada yiliga 5 milliard AQSH dollariga yetishi kutilmoqda.

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning 2019-yil aprel oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida ikki mamlakat rasmiylari bir qator iqtisodiy va harbiy bitimlarni imzolagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500