Karvonsaroy
Diplomatiya

Tolibonlarning hokimiyatga kelishi Eron bilan munosabatlarga putur yetkazmoqda

Karvonsaroy

Kobuldagi Zanbaq maydoni yaqinida qoʻriqchilik qilayotgan Tolibon jangarisi, 23-sentyabr. [Vakil Koxsar/AFP]

Kobuldagi Zanbaq maydoni yaqinida qoʻriqchilik qilayotgan Tolibon jangarisi, 23-sentyabr. [Vakil Koxsar/AFP]

Yillar davomida Tehron Tolibonni moliyaviy va boshqa tomondan qoʻllab-quvvatlab kelganiga qaramay, Eron yetakchilari jangarilar bilan munosabatida cheklanishga harakat qilayotganga oʻxshaydi.

Afgʻoniston bilan 900 km chegara hududiga ega Eron 1996-2001-yillarda Tolibon hukmronligini tan olmagan.

Ammo soʻnggi yillarda Tehron pragmatizm yoʻlida sunniy jangarilarga nisbatan oʻz pozitsiyasini yumshatgan, sobiq afgʻon hukumatiga putur yetkazish maqsadida ularni muntazam ravishda harbiy tomondan qoʻllab-quvvatlab kelgan.

Hatto iyun oyida Eron rejimi Tolibonga keng koʻlamli harbiy yordam koʻrsatgani, eronlik askarlar gʻarbiy Afgʻonistonda Tolibon saflarida janglarda ishtirok etgani kuzatilgan.

Tolibonning muzokara guruhi aʼzolari Tehrondagi axborot anjumanida, 1-fevral. [Fars News]

Tolibonning muzokara guruhi aʼzolari Tehrondagi axborot anjumanida, 1-fevral. [Fars News]

Sobiq afgʻon hukumati rasmiylari muntazam ravishda Eron rejimini Eronga suv oqimini taʼminlashi kerak boʻlgan Afgʻonistonning gʻarbiy hududidagi toʻgʻon qurilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Tolibonni qoʻllab-quvvatlashda ayblab kelgan.

Shuningdek, Tolibon va Tehron siyosiy tomondan ham yaqin munosabatda ekanligi aytiladi.

Bir necha oy avval bir guruh Tolibon yetakchilari Tehronda ziyofatda boʻlishgan, bunda oʻsha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ularni “birodarlar” deb atagan va ular uchun Eronda joy borligini aytib oʻtgan.

Ammo, avgust oyida Tolibon hukumatni qoʻlga olganidan keyin bu munosabat yomonlashganga oʻxshaydi.

Bir necha hafta davomida sukut saqlagan Eron tashqi ishlar vaziri sentyabr oyi boshida Tolibonning Panjsherga – soʻnggi qarshilik tayanchiga hujumini qoralagan.

Yana bir holatda, Eron kuchlari afgʻon harbiy texnikasini qoʻlga kiritgan va Eronga olib ketgan.

Eron Tolibon hukumatini hamon tan olmagan va ularning iqtidorda ekanligidan mamnun emas koʻrinadi.

Jangarilar faqat tolibonlardan va butunlay pushtun etnik guruhidan iborat hokimiyatni shakllantirganidan keyin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, “yagona etnik yoki siyosiy guruhdan iborat hukumat Afgʻoniston muammosini hal qila olmaydi”, deb aytgan 18-sentyabr kuni.

Raisiy barcha afgʻon guruhlaridan, jumladan Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) vakili ham kiradigan hukumat shakllantirishga chaqirgan.

Norozilik

Guruh oʻtgan oy Kobulni qoʻlga olganidan keyin Eron rejimi Tolibondan xavsirayotgandek, deydi ayrim tahlilchilar.

“Soʻnggi kunlarda Eron yetakchilari oʻtmishdan farqli oʻlaroq, guruhga qarshi fikr bildirmoqda”, deydi Nimroʻz viloyatidagi xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Muhammad Nadam Sarvariy.

“Bu oʻzgarish mamlakatning Tolibondan noroziligini koʻrsatadi”, deydi Sarvariy.

“Eron hukumati Tolibonni oʻz talablariga ijobiy javob berishga majbur qiladi. Toliblar Eron rejimi nazoratida boʻlishi yoki mustaqil harakat qilishi endi toliblarga bogʻliq”, deydi u.

Eron rejimining gʻazabi va Tolibondan uzoqlashuvi Afgʻonistondagi yangi aralashuvning yuzaga kelishiga olib keladi, deb bashorat qilmoqda ayrim afgʻonlar.

“Eron hukumati hech qachon Afgʻonistonga doʻst boʻlmagan, buning oʻrniga mamlakatni zaiflashtirishga harakat qilgan”, deydi Bodgʻis viloyati, Qaʼala-an-Navda yashovchi Niyoz Muhammad Niyoziy.

“Eron hukumatidan davlatimiz ishlariga aralashishni toʻxtatishni talab qilamiz”, deydi Niyoziy.

“Oʻtgan 20 yil ichida Eron yetakchilari mamlakatimiz rivojlanishi va barqarorligiga toʻsqinlik qilgani yetadi, yana urush va begunoh odamlar oʻlimiga sababchi boʻlmang”, deydi u.

Yangi nizo

“Soʻnggi yillarda Eron hukumati Tolibonni moliyaviy va harbiy qoʻllab-quvvatlab kelganiga qaramay, Tolibonning qarashlari va manfaatlari Eron rejimidan farq qiladi”, deydi Gʻor viloyatidagi fuqarolik jamiyati faoli Hasan Hakimiy Salaam Times nashriga.

“Eron rejimi va Tolibon oʻrtasidagi kelishmovchilik va noroziliklar kelajakda ular orasida yangi nizoga sabab boʻlishi mumkin”, deydi u.

“Soʻnggi yillarda Eron hukumati Afgʻonistonda toʻgʻon va infratuzilma qurilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Tolibon hamda boshqa qurollangan guruhlarga katta summada mablagʻ va boshqa koʻrinishda yordam berib kelgan”, deydi Nimroʻz viloyatining Zaranj shahridagi siyosiy tahlilchi Hamza Baluj.

“Agar Tolibon toʻgʻon qurishda davom etsa, Eron ularga qarshi boshqa guruhlarni qurollantiradi”, deydi Baluj.

Eron va Rossiya kabi mintaqaviy kuchlar oʻz manfaatlari yoʻlida vositachi guruhlarni moliyalashtirishga qaytishi mumkin, deydi Avstraliyadagi La Trobe universitetining afgʻonistonlik olimi Neʼmatulloh Ibrohimiy AFP nashriga.

Unga koʻra, bu “boshqalar tomonidan zoʻravonlik nizosi yoki qarshiligi uchun tayyor vaziyat”.

Inklyuziv hukumatning shakllantirilmagani “Tolibondan rozi boʻlmagagn mintaqaviy qudratli davlatlar tomonidan ekspluatatsiya uchun yoʻl ochadi”.

[Maqolani tayyorlashga Hirotdan Imron hissa qoʻshdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500