BISHKEK – Qirg‘izistonda o‘tgan yili go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq ko‘rsatkich 2016-yil bilan taqqoslaganda 8,4 foizga kamaydi, deb xabar berdi 24.kg nashri dushanba, 12-fevral kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
2017-yilda har 1000 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 15,2 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda bu raqam 16,6 tani tashkil etgandi.
Vazirlik ma’lumotlariga qaraganda, go‘daklar o‘limiga asosan uch omil – perinatal davrda yuzaga keluvchi xastaliklar, tug‘ma nuqsonlar va respiratorli kasalliklar sabab bo‘ladi.
2018-yilgi maʼlumotlar qani?
Javob berishFikrlar 1