NYU YORK – Tojikistonning BMTdagi elchisi tashkilotni terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirishga chaqirdi, deb xabar beradi Azia-plus nashri, chorshanba (3-oktabr) kuni.
Mahmadamin Mahmadaminov dushanba, 1-oktyabr kuni Nyu-Yorkda BMT bosh assambleyasining 73-sessiyasida nutq so‘zladi.
Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash choralari “xalqaro terrorizmning harbiy infratuzilmasini yo‘q qilish, uni siyosiy, harbiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash manbalaridan mahrum qilish, radikal g‘oyalar, ekstremizm va zo‘ravonlikni targ‘ib qilish hamda terrorchilikka yollashda AKTdan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilishi kerak”, dedi u o‘z nutqida.
Mahmadaminov Yaqin Sharq va Afg‘oniston inqirozini hal etish masalasiga “keng qamrovli” yondoshishga chaqirgan.