Karvonsaroy

Markaziy Osiyo va AQSH rasmiylari Nyu-Yorkda “C5+1” uchrashuvini oʻtkazdilar

Karvonsaroy

NYU-YORK – Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH rasmiylari BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi oldidan Nyu-Yorkda “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvini oʻtkazdilar, deb xabar beradi Kazinform dushanba (23-sentabr) kuni.

Anjuman yakshanba (22-sentabr) kuni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtdi.

“C5+1 - bu umumiy dolzarb masalalarni muhokama qilish va ular ustida ishlashda Markaziy Osiyoning besh davlatini birlashtiradigan platformadir”, deyiladi AQSH Davlat departamentining bayonotida.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek Turkmanistonning Qoʻshma Shtatlardagi elchisi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo va boshqa Amerika rasmiylari bilan bir qator mavzularda muzokara olib bordilar.

Muzokaralar chogʻida savdo va sarmoyalarni kengaytirish hamda integratsiya jarayonlari tilga olindi.

Pompeo Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy xavfsizlikka oid muammolariga toʻxtalib oʻtdi.

“Biz terrorizmga qarshi kurashda, ayniqsa xorijdagi jangarilar va ularning oila aʼzolarini vataniga qaytarish, javobgarlikka tortish va jamiyatga moslash boʻyicha qiyin, ammo juda muhim vazifani amalga oshirishda birgalikda ishlashimiz lozim”, deb aytgan Pompeo AQSH Davlat departamenti bayonotiga koʻra.

“Biz terrorchilar yoki giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchilarning chegaradan toʻsiqsiz kesib oʻtishini istamaymiz”, deb qoʻshimcha qildi u. “Bu masalada Markaziy Osiyo va Afgʻoniston bilan yanada kengroq hamkorlik qilish mamlakatingiz va xalqlaringiz xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashadi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaga ishonch yo‘q

Javob berish

Ikkiyuzlamachilikku axir! Amerikoslarning oʻzi Markaziy Osiyodigi jangarilarga qurol yetkazib beryapti, chunki u yerdagi vaziyatni beqarorlashtirish ularga foyda olib keladi va u yerda tartib va demokratiyani tiklashga kelganlarida vijdonlari toza boʻladi! Qanday “aksilterrorchilik” haqida muzokara qilishyapti?! Markaziy Osiyo davlatlari ularga ishonmaydi deb umid qilaman!

Javob berish