Karvonsaroy
Siyosat

Tahlilchilar: Oʻzbekistonning YOIIga aʼzolikni rad etishi uning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi

Kanat Altinbayev

Toshkentning Alisher Navoiy bogʻidagi Oʻzbekiston parlamenti binosi. [Fayl]

Toshkentning Alisher Navoiy bogʻidagi Oʻzbekiston parlamenti binosi. [Fayl]

OLMAOTA – Yaqinda Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzolikni rad etgani mamlakatni Rossiyaga qaram boʻlib qolishdan saqlaydi va iqtisodiy blok bilan bogʻliq savdo-sotiq muammolarini chetlab oʻtishga yordam beradi, deydi Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha mutaxassislar.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni mamlakat Rossiya boshqaruvidagi YOIIga aʼzo boʻlmasligini bildirdi.

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmaymiz”, dedi Mirziyoyev yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng parlament yuqori palatasiga qilgan murojaatida.

“Bir narsani bilib qoʻyinglar”, dedi u. “Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida.”

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlmaymiz”, dedi 20-yanvar kuni mamlakat Senatida qilgan chiqishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini (YOII) nazarda tutib. [Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati]

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlmaymiz”, dedi 20-yanvar kuni mamlakat Senatida qilgan chiqishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini (YOII) nazarda tutib. [Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati]

Oʻzbekistonda yetishtiriladigan limonlar Qozogʻiston supermarketlarida xaridorgir boʻlib, ularning chet elda sotilishi uchun YOII yordami zarur emas. 24-yanvar kuni Olmaotadagi Magnum supermarketida olingan surat. [Kanat Oltinboyev]

Oʻzbekistonda yetishtiriladigan limonlar Qozogʻiston supermarketlarida xaridorgir boʻlib, ularning chet elda sotilishi uchun YOII yordami zarur emas. 24-yanvar kuni Olmaotadagi Magnum supermarketida olingan surat. [Kanat Oltinboyev]

Biz aʼzo boʻlmaymiz, Oʻzbekiston ham xuddi 2017-yildan beri Moldova kabi tashkilot kuzatuvchisi boʻlib qoladi, dedi Mirziyoyev.

“Bir narsaga amin boʻlinglar, hamma qilgan harakatlarimiz millatimiz manfaati uchun”, deb qoʻshimcha qildi Mirziyoyev.

Markaziy Osiyodagi mustaqillik

Oʻzbekistonning asosiy prinsipi oʻz mustaqilligini saqlab qolish, dedi Toshkentda joylashgan “Bilimlar karvoni” tahlil markazi rahbari Farhod Tolipov.

Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha aksar tahlil markazlari va yetakchi mutaxassislarning taʼkidlashicha, mintaqa mamlakatlari faol rivojlanish uchun mustaqilligini saqlab qolishi va uni kuchaytirishi zarur, dedi u.

“Tahlilchilar Rossiya oʻz nazorati va taʼsirini kuchaytirish maqsadida postsovet hududni qaytadan birlashtirishni rejalashtirayotganini, bu esa Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligiga rahna solishini taʼkidlamoqdalar”, dedi Tolipov YOIIni nazarda tutib.

Oʻzbekistonning YOIIga aʼzo boʻlishini “boshqa kichik respublikalar bilan boʻlganidek, Rossiyaga zamonaviy qaramlikning oʻziga xos koʻrinishi deb baholash mumkin”, dedi Tolipov.

Tolipovga koʻra, Oʻzbekistonning YOIIga qoʻshilishi tarafdorlari kelajakdagi iqtisodiy manfaatlar haqida gapirayotgan boʻlsa-da, shu vaqtga qadar hech kim bu qarorni qoʻllab-quvvatlovchi asosli dalil keltirmagan.

Markaziy Osiyo integratsiyasi Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor masala etib belgilangani sababli, Toshkent oʻz kuchini Marakaziy Osiyo hamkorlik tashkilotini (MOHT) tiklashga qaratishi kerak, dedi Tolipov.

Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirgan bu tashkilot 2002-yildan 2005-yilgacha faoliyat olib borgan va keyinchalik YOII vazifalarini qaytarmaslik sababli tugatilgan.

“Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatni jonlantirish YOIIga qoʻshilishdan muhimroq”, dedi Tolipov.

Qoʻshnilarning xatolari

Bishkeklik iqtisodchi Elmira Suranchiyevaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonning YOIIga qoʻshilmaslik qarori ajablanarli emas, chunki Mirziyoyev hukumati yillar davomida ittifoq ichidagi muammolarning guvohi boʻlib kelgan.

“YOII doirasida tovarlarning erkin harakatlanishi tamoyiliga qaramay, Rossiya Qozogʻiston va Belarus eksportchilari uchun muntazam ravishda sunʼiy toʻsiqlarni keltirib chiqargan va bu masalalar bir necha bor rasmiy uchrashuvlarda koʻtarilgan”, dedi Suranchiyeva.

2019-yilning sentyabrida YOIIga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qiluvchi tashkilot – Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YOIK) aʼzolari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Oʻzbekiston Rossiya boshqaruvidagi YOIIga aʼzo boʻlmasligini eʼlon qilgan edi.

2019-yil fevral oyida Qozogʻistonning yetakchi qandolat ishlab chiqaruvchisi – “Raxat” kompaniyasi rahbari Konstantin Fedorets jurnalistlarga Rossiya kompaniyalari “Raxat”ni toʻxtovsiz ravishda yuridik mojarolarga tortayotgani va tartibga soluvchi organlar kompaniya mahsulotlarini muntazam musodara qilishini aytgan edi.

Suranchiyevaning soʻzlariga koʻra, Rossiya hanuzgacha bu muammolarni hal qilmagan.

“Tabiiyki, Toshkent bu muammoli ittifoq tarkibiga kirishni istamaydi, chunki uning tashkil etilishidan koʻzlangan asosiy tamoyillar ishlamaydi”, dedi u.

Suranchiyevaning taʼkidlashicha, YOII Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol oʻynamaydi.

2019-yilda iqtisodiyotni liberallashtirish siyosati tufayli Oʻzbekiston 13 milliard dollardan koʻproq xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, bu oʻtgan yildagiga nisbatan uch baravar koʻpdir.

Ayni vaqtda YOIIning yana bir aʼzosi boʻlgan Belarus ham Moskvaning oʻz sheriklariga nisbatan siyosatidan norozi.

21-yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ichki bozor ehtiyojlari uchun Rossiya neft importini 30-40 foizgacha qisqartirish niyatida ekanini aytdi, deb xabar beradi Reyter “Belta” saytiga tayanib.

Bundan oldin Lukashenko Moskva Minsk uchun “oʻta yuqori narxlar” belgilaganidan shikoyat qilgan edi.

2019-yil dekabr oyi oxirida u oʻz qoʻli ostidagilarga muqobil neft manbalarini topish vazifasini yuklagan. Oradan bir oy oʻtib, 20-yanvar kuni “Belneftexim” (Belarus neftь-kimyo davlat kontserni) Norvegiyadan 80 ming tonna neft sotib olinishi va u oy oxirigacha temiryoʻl orqali yetkazib berilishini maʼlum qildi.

Moskva asabiylashmoqda

Rossiya Markaziy Osiyodagi taʼsirini kengaytirishga qaratilgan choralar doirasida Oʻzbekistonni YOIIga jalb qilishga urinib koʻrdi, deydi Qozogʻistondagi Xavflarni baholash tahlil markazi direktori, olmaotalik Dosim Satpayev Karvonsaroy bilan suhbatda. Sababi, Moskva boshqa ikki qudratli davlat – AQSH va Xitoyning mintaqadagi faolligidan xavotirda.

2019-yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari va AQSH ishtirokida “C5+1” formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbir avgust oyida Nur-Sultonda va avvalroq Toshkentda boʻlib oʻtgan shu kabi uchrashuvlardan soʻng tashkil etilgan.

Satpayevning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo rasmiylari “C5+1” formatida, yaʼni AQSH ishtirokida tez-tez uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

“Bu Vashington va Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli masalalarda hamkorlik qilishdan birdek manfaatdor ekanligidan dalolat beradi”, dedi u.

Satpayevning soʻzlariga koʻra, Rossiya Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” infratuzilmaviy tashabbusi doirasida mintaqaviy loyihalarni keng miqyosda moliyalashtirish yuzasidan Pekin va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning kuchayishidan xavotirda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bizga bironta tashkilotning keragi sababi ular hech qanday muammolarimizni hal qilmaydi.

Javob berish

S5 1 uchrashuvlarida AQSHning ishtirok etishi shartmi? AQSHning Rossiyadan nimasi yaxshi?

Javob berish

Bu ittifoq bizga nega kerak, agar u faqat Rossiyaga foyda keltirsa?

Javob berish

Vaqt koʻrsatadi, ammo bundan yaxshi narsa chiqmaydi deb oʻylayman. Oldingidek ortda qolishda davom etamiz. Virusni oʻylab topgan AQSH bilan doʻstlashishimiz kerak. Bir tiyinga qimmat buyumlarni sotadigan Xitoy bilan ham. Barakalla! Mamlakat iqtisodiyotini siyosat bilan aralashtirmaslik kerak..

Javob berish

Qoʻshilmasin YOII KERAKMAS. QARSHIMAN. IQTISODIMIZ BARBOD BOʻLADI. ISHLAB CHIQARISHIMIZ TOʻXTAYDI. ISHSIZLIK YANADA KOʻPAYIB ROSSIYAGA ISHLAGANI KETADI. ROSSIYADA PATENTNI YOʻQ QILIB HAR BIR ISHCHI ISHIDAN NALOG TOʻLAB ISHLIYDI. BU YANADA (HOZIRGIDAN) KOʻPROQ TOʻLAYDI. ROSSIYANI OʻYINI YOMON, HAZILLASHISH YAXSHILIKKA OLIB KELMAYDI.

Javob berish

Xudoga shukr. Qoʻshilmaslik haqidagi xabar rost deb umid qilaman. Bundan keyin ham qoʻshilmaslik kerak.

Javob berish

Аллоҳим шундай ақлли,тадбирли Юртбошимиз борлигига Ўзингга беадад Шукр.

Javob berish

Biz YOII ga a'zo bolmasak ham unga a'zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmamiz rivojlanmokda. Birdaniga katta marralani ko'zlamasdan Muhtaram Prezidentimiz aytganday mamlakat ichkarisidagi muammolarni hal etaylik halqimizni ijtimoiy ta'minlanganlik darajasi ohirgi 3 yilda yahshi tomonga o'zgardi. Zamonaviy tehnalogiyalar va menejment sohasini chuqur uzlashtirib olaylik bilimimiz etarli bolsin keyin har qanday tashkilot bilan raqobatlashish imkoniga ega bo'lamiz.

Javob berish

Oʻzbekistonning YOII yoki har qanday boshqa ittifoqqa qoʻshilishiga qarshiman. Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida oʻzi rivojlanishi kerak. Bunga erishishi uchun unda hamma imkoniyat bor, odamlar ishlash va oʻqish niyatida; tabiiy resurslarimiz bor, xoh u oltin boʻlsin, qishloq xoʻjaligi boʻlsin yoki boshqasi boʻlsin. Iloji boricha koʻp ish joylari yaratilishi kerak. Boshida koʻp haq toʻlashmas, ammo bu vaqtincha boʻladi. Bu ishlar va mahsulotlar xorij valyutasini olib kela oladigan yalpi ichki mahsulotni rivojlantira oladigan raqobatbardosh, eksport uchun yaroqli boʻlishi kerak. Ish joyi ortadi, odamlar ish joylarini tanlay boshlaydilar, ish haqi ortadi va bizga ishlash uchun chetdan odamlar kela boshlaydi. Shu bilan birga, taʼlim ham muhim; u intizomli boʻlishi kerak. YOII siyosiy biznes ekanligini sizga aytishim mumkin. U xuddi sakkizta odam – Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va h.k. yashaydigan shaharchaga oʻxshaydi. Katta amaki ishchilaridan biri unga xoʻjayin boʻlib qolishini istamaydi, shunday boʻlib qolmasligi uchun butun jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Javob berish