Karvonsaroy

Qozogʻistondagi politsiya yoʻriqchilari YXHT treningida xavflarni profillashtirishni oʻrgandilar

Karvonsaroy

QARAGʻANDA – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) 13-dekabr, payshanba kuni politsiya xodimlarining yoʻriqchilari uchun moʻljallangan xavflarni profillashtirish boʻyicha uch kunlik trening mashgʻulotlarini yakunladi. Bu haqda YXHT saytida maʼlum qilingan.

Qozogʻiston xususiy sektori mutaxassislari IIV huzuridagi Qaragʻanda politsiya akademiyasining 30 nafar zobitiga “xavf profillari elementlari, olomon psixologiyasi, agressiv toʻdaga taʻsir oʻtkazishning psixologik va kommunikatsion usullarini tushuntirib berdilar”, deyiladi xabarda.

Politsiya xodimlari, shuningdek, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida jinoyatlarning oldini olish boʻyicha xavfsizlik tizimini ishlab chiqish va politsiya boʻlinmalari orasida axborot almashinuvini yaxshilashga qaratilgan amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdilar.

Trening Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining “xavfsizlikni mustahkamlash, hisobdorlikni oshirish va ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikka oid eng ilgʻor tajribani oʻrgatish” boʻyicha saʼy-harakatlari doirasida oʻtkazildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500