Karvonsaroy

2019-yilda Qozogʻiston universitetlariga 53 mingdan ortiq grantlar ajratildi

Karvonsaroy

NUR-SULTAN – Qozogʻiston hukumati 2019-yilda bakalavr yoʻnalishida oliy maʼlumot olishni istaganlar uchun 53 mingdan ortiq grant ajratdi. Bu haqda 19-iyun kuni AKIpress axborot agentligi mamlakat taʼlim va fan vaziri Asxat Aymagambetovga asoslanib xabar bergan.

Hukumat magistr yoʻnalishida taʼlim olishni istovchilar uchun 2018-yildagi kabi 13000 ta grant ajratadi, dedi Aymagambetov matbuot anjumanida.

Shuningdek, doktorantura uchun 2312 ta grant ajratiladi, dedi u.

Aymagambetovning soʻzlariga koʻra, vazirlik abituriyentlarni qancha grant ajratilgani, raqobat qanday ekanligi va topshiriladigan hujjatlar haqida xabardor qiladi.

Bu yilgi grantlarning aksariyati texnik mutaxassisliklar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, ayrim ijtimoiy fanlarni oʻqitish uchun ham mablagʻ ajratiladi, dedi Aymagambetov.

Xalq taʼlimi ekstremizmga qarshi kurash vositalaridan biri hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻistonda taʼlim olish qanday tartibga amalga oshiriladi? Shu toʻgʻrisida batafsil bilmoqchiman.

Javob berish