Karvonsaroy

Turkmaniston BMTning terrorizmga qarshi kurash boʻyicha axloq kodeksiga qoʻshildi

Karvonsaroy

Nyu-York – 30-sentabr kuni Turkmaniston “Terrorizmdan xoli dunyoni barpo etish boʻyicha axloq kodeksi”ga qoʻshildi, deya xabar beradi AKIpress payshanba (3-oktabr) kuni Turkmaniston TIVga asoslanib.

Kodeks Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida mamlakat tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tomonidan imzolangan.

Ushbu chora Turkmanistonning terrorizmga qarshi kurash boʻyicha koʻp tomonlama hujjatlardagi majburiyatlarini bajarishga qatʼiy sodiqligining yana bir tasdigʻidir, dedi vazirlik.

BMTga koʻra, mazkur kodeks terrorizmga qarshi kurashni mintaqaviy va xalqaro darajada muvofiqlashtirishni taʼminlashga xizmat qiladi. Qozogʻiston tarafidan taklif etilgan kodeks takomillashtirilib, 2018-yil sentyabrda imzolashga hozirlangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500