https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/10/18/newsbrief-01
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda

Qozogʻistonga qaytarilgan va keyingi taqdirini kutayotgan 500 dan ortiq odamning 15 nafari qamoqqa hukm qilindi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Bu yil Suriyadan vataniga qaytarilgan 595 qozogʻistonlikning oʻn besh nafari “Islom davlati”ga (ID) aʼzolikda ayblanib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi, deyiladi Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasining (MHQ) payshanba (17-oktabr) kungi bayonotida.

15 kishining 10 nafari erkak va 5 tasi ayoldir. Qozogʻiston hukumati tomonidan oʻtkazilgan “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasi davomida 595 qozoq fuqarosi, shu jumladan 400 dan ortiq bola vataniga qaytarilgan.

Qaytganlardan yana 14 nafarining tergov jarayoni yakunlangan boʻlib, ularning bari IDning bitta boʻlinmasiga aʼzolikda gumon qilingan, deb xabar beradi MXQ. Ayni paytda ular sud jarayonini kutmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha