Karvonsaroy
Diplomatiya

Suriya muxolifati: Rossiya tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilolmaydi

Arman Kaliyev

Suratda Sharqiy G‘utadagi aholi zich joylashgan Kafr Baytna turar-joy hududiga bomba tashlanganidan keyingi vayronagarchiliklar aks etgan, Suriya, 16-mart. Bu hududga Rossiyaning ikkita Su-22 samolyoti yondiruvchi bombalar tashlashi oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va 200 nafar odam jarohatlangan. (Oq dubulg‘alilar/Twitter)

Suratda Sharqiy G‘utadagi aholi zich joylashgan Kafr Baytna turar-joy hududiga bomba tashlanganidan keyingi vayronagarchiliklar aks etgan, Suriya, 16-mart. Bu hududga Rossiyaning ikkita Su-22 samolyoti yondiruvchi bombalar tashlashi oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va 200 nafar odam jarohatlangan. (Oq dubulg‘alilar/Twitter)

OSTONA – Suriya muxolifatining muzokarachilari galdagi muzokaralarni Rossiyada o‘tkazish taklifini rad etganlar. Bunga Rossiyaning yillar davomida Suriyadagi tinch aholiga qarshi tartibsiz havo hujumlarini amalga oshirib kelgani va o‘z xalqiga qarata kimyoviy qurol qo‘llagan diktatorni qo‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Bu muzokaralarda ishtirok etuvchi kafil davlatlar – Rossiya, Turkiya va Eron keyingi uchrashuvni shu yilning iyul oyida Sochida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur qaror seshanba, 15-may kuni Ostonada o‘tgan Suriya muzokaralarining to‘qqizinchi davrasida qabul qilingan.

“Biz muzokaralar Ostonada va faqat Ostonada o‘tishini istaymiz. Agar kafil davlatlar navbatdagi uchrashuvni boshqa davlatda o‘tkazmoqchi bo‘lsalar, o‘zlari biladilar”, dedi Suriya muxolifati delegatsiyasi rahbari Ahmad Toma AFP nahsriga.

Suriya hukumati vakillari, muxolifat delegatsiyasi va boshqa ishtirokchilar 15-may kuni Ostonada Eron, Rossiya va Turkiya tomonidan tashkil etilgan tinchilik muzokaralarining umumiy kengashida qatnashdilar. (Stanislav Filippov/AFP)

Suriya hukumati vakillari, muxolifat delegatsiyasi va boshqa ishtirokchilar 15-may kuni Ostonada Eron, Rossiya va Turkiya tomonidan tashkil etilgan tinchilik muzokaralarining umumiy kengashida qatnashdilar. (Stanislav Filippov/AFP)

Qarshiliklardan so‘ng Rossiyaning bosh muzokarachisi Aleksandr Lavrentyev muzokara o‘tkaziluvchi mamlakatning “muhim emasligi” va boshqa guruhlar Sochidagi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini aytgan.

Rossiya suriyaliklarni o‘ldirmoqda

Rossiya Suriyaga oid tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb ta’kidladi Suriya muxolifatining yana bir a’zosi Yassir Abdul Rahim.

“(Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya hukumati qurolli kuchlari) odamlarni majburan ko‘chirmoqda va qo‘rqitmoqda”, degan Abdul Rahim Kursiv.kz nashri xabariga ko‘ra. Siz Suriya prezidenti Bashar Asadga bo‘ysunishingiz kerak, aks holda halok bo‘lasiz.”

Rossiya havo kuchlari ekstremistik guruhlarga qarshi kurash bahonasida maktab va shifoxonalarni bombardimon qilmoqda , dedi Abdul Rahim.

Yaqinda tayyorlangan hisobot bu da’volarni tasdiqlaydi: Suriyada Rossiya tarafidan amalga oshirilgan 7000 ta aviazarbaning 14 foizigina “Islom davlati” va boshqa ekstremistik guruhlarga qaratilgan, qolgan hujumlarda esa muxolifat kuchlari nishonga olingan.

“Rossiya o‘z pozitsiyasini, nima xohlayotganini aniqlab olishi kerak”, deb o‘z so‘zida davom etdi u.

“Rossiya Xmeymimdagi harbiy bazadan turib Suriya halqini qirishda davom etishni xohlaydimi? Agar bizni Sochiga muzokara o‘tkazishga chaqirsalar, biz u yerga bormaymiz”, dedi u Rossiya havo hujumlarini amalga oshirishda foydalanadigan bazani nazarda tutib.

Kuzatuvchi: Moskva nizoda neytral taraf emas

“Suriya muxolifati Ostonaga ishonadi, sababi Qozog‘iston – ikki o‘rtadagi neytral mamlakat va tomonlar uchun teng huquqli muloqot maydoni”, deydi ostonalik siyosatshunos Rasul Jumali.

Boshqa tomondan, Rossiya Suriyada 2015-yildan beri o‘z urushini olib bormoqda. Kreml, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashida o‘z veto huququdan foydalanib, Suriyada tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llanganini tergov qilinishiga to‘sqinlik qilgan edi.

Suriya muxolifati Suriya muammosi bo‘yicha Sochida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarni yanvar oyida boykot qilgan edi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

“Suriya muxolifatining bu qarori Rossiyaga nisbatan ishonchsizlik bilan izohlanmoqda. Rossiya nizolashayotgan tomonlardan biri, shu bois bu masalada neytral vositachi bo‘la olmaydi”, dedi Jumali.

“Muxolifatning Rossiya hududida o‘tkazilajak muzokaralardan qat’iyan bosh tortishi – uning Moskva siyosatidan butunlay hafsalasi pir bo‘lgani va Kremlni bu masalada vositachi sifatida ko‘ra olmayotganidan darak bermoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500