https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/07/22/feature-01
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda
| Xavfsizlik

Rossiyaning bomba hujumlari kuchayishi ortidan Suriyada tinch aholi orasidagi qurbonlar soni ortib bormoqda

Karvonsaroy va AFP

image

“Oq dubulgʻalilar” koʻngillilar guruhi aʼzolari va Suriyaning Maaret al-Nuʼmon shahri aholisi 22-iyul kuni Rossiya tarafidan berilgan havo zarbasidan soʻng, vayronalar ostidan tirik qolganlarni topishga urinmoqdalar. (Fayl)

MAARET AL-NUʼMON, Suriya – Rossiyaning dushanba (22-iyul) kungi havo hujumlari Suriya shimoli-gʻarbida 43 kishini oʻlimiga sabab boʻldi. Ushbu noxush hodisa urush tufayli vayronaga aylangan mamlakatda Rossiyaning bomba hujumlari kuchayib borayotgan vaqtda yuz bergan.

Taqriban 3 million kishilik aholiga ega Idlib viloyati bir oylik xalqaro otashkesim bitimi bilan himoyalangan boʻlishi kerak edi. Lekin, aprel oyi oxiridan bu hudud Suriya rejimi va uning ittifoqchisi Rossiya tomonidan faol bomba hujumlariga uchrab kelmoqda.

Zoʻravonlikning kuchayishi ortidan bu yerda 650 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 20 ga yaqin tibbiyot muassasalari vayron boʻlgan.

Zoʻravonlik va qochqinlar

BMT maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi uch oy ichida 330.000 odam zoʻravonliklardan qochib, ushbu hududni tark etgan.

image

28-may kuni Suriyaning Idlib viloyatida Rossiyaning havo hujumlaridan halok boʻlgan oʻgʻliga motam tutib yigʻlayotgan ota. (Fayl)

Suriya inson huquqlari observatoriyasi maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni ertalab Idlib viloyati, Maaret al-Nuʼmon shahridagi dehqon bozori va yon-atrofdagi hududlarga qarata berigan havo zarbalari natijasida 35 nafar tinch aholi vakili va shaxsi aniqlanmagan ikki odam halok boʻlgan.

Kamida 45 kishi jarohatlangan, ammo ularning aksari ogʻir ahvolda ekanligi, tirik qolganlar esa hali-hamon vayronalar ostida qolayotgani sababli, kuzatuvchilar ularning soni oshishi mumkinligini maʼlum aytganlar.

Qarorgohi Britaniyada joylangan observatoriya Suriya ichidagi manbalarga tayangan holda turi, joylashuvi, parvoz yoʻnalishi va ishlatilgan oʻq-dorilarga koʻra, havo zarbalari kimning samolyotlari tomonidan amalga oshirilganini aniqlashini aytgan.

AFP fotomuxbirining soʻzlariga koʻra, qonga belangan odamlar mahalliy aholi va qutqaruvchilar tomonidan toʻshaklardan yasalgan zambillarda olib ketilgan.

U yerda sochilib yotgan inson jasadini koʻrgan, uning jonsiz tanasi motosikl qoldiqlari orasida qolgan edi.

Koʻzlari yumuq va yuzi chang bilan qoplangan boshqa bir kishi esa uni ushbu hududdan olib chiqayotgan qutqaruvchilarning qoʻlidan ushlab olgan.

Oʻtgan hafta Suriya rejimi va Rossiyaning jangovar samolyotlari tomonidan Maar Shurin qishlogʻiga uyushtirilgan hujum ortidan halok boʻlgan 10 kishi – urushning keyingi qurbonlari boʻlishgan.

Idlib janubidagi oʻsha qishloqda uchta yosh bola halok boʻlgan. Eng koʻp qurbonlar soni 16-iyul kuniga toʻgʻri keldi.

Hujum qishloq markazidagi masjid yaqinida yuz berdi, uning zarbasi doʻkonlar va rastalarni vayron qilgan, deb xabar beradi AFP nashri.

Idlib va Hama atrofidagi qolgan qishloqlar va shaharchalar shiddatli bomba hujumlari ostida qoldi, deb xabar bergan observatoriya.

Havo hujumlari bilan bir qatorda koʻp joylar ularga qarshi chiqqan Suriya rejimi kuchlari tomonidan ham oʻkqa tutilgan, dedi idliblik faol Musab Assaf.

Yaradorning koʻpchiligi ogʻir ahvolda edi, dedi u.

Qirgʻinbarot

Jarohatlanganlarning ahvoli tibbiy muassasalarning yetishmovchiligi sababli yanada ogʻirlashdi, dedi Assaf. Havo hujumini amalga oshirgan uchuvchilar atayin hudduddagi shifoxonalarga zarba berganlar.

Bunday zoʻravonliklar koʻpchilikning Rossiyani Suriyada terrorchilarga qarshi kurash bahonasida qirgʻin olib borayotganlikda ayblashiga asos boʻlmoqda.

18-iyul kuni Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Idlibdagi tibbiy muassasalarga hujumni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga qarshi chiqdi.

Natija BMTning gumanitar masalalar boʻyicha rahbari Mark Loukokning uchrashuvdan keyingi noyob bayonotiga sabab boʻldi.

“Qirgʻinni toʻxtatish kerak”, dedi u.

Hujjat loyihasida “shifoxona va boshqa tibbiy muassasalar”, jumladan, 10-iyul kuni Maarat milliy shifoxonasiga uyushtirilgan hujum borasida xavotir bildirilgan.

Shifoxona bu hududdagi eng yiriklaridan biri va uning manzili fuqarolik obʼektlarini chetlab oʻtishga qaratilgan BMTning “nizolarga qarshi kurash mexanizmi” orqali baham koʻrilgan.

1-iyuldan beri “kamida olti shifoxona, beshta maktab, uchta suv taʼminoti stansiyasi, ikkita novvoyxona va tez yordam xizmatiga zarar yetkazilgan yoki yoʻq qililgan”, dedi Loukok uchrashuvdan soʻng.

Havo hujumlari “butun boshli qishloqni vayronaga aylantirib, kimsasiz qilib qoʻydi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
9
Yo‘q
Fikrlar 4
Siyosat
Captcha

Ruslar oʻz jinoyatlari uchun hali juda koʻp marta javob beradilar.

Javob berish

Uydirma! Inglizlar dezinformatsiya tarqatishda davom etmoqda

Javob berish

Rossiya qatliomni davom ettirmoqda

Javob berish

Senga ishonish kerakmi, Putinning fohishasi?

Javob berish